F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

 
 
bu erda η – suyuqlanmaning samarali qovushqoqligi, N•s/m
2

G – porshendagi yuklama, N; 
ρ – suyuqlanmaning zichligi, kg/m
3

M – suyuqlanmaning oquvchanlik ko‘rsatgichi, kg/10 daq. 
Uchinchidan, SOK ni aniqlash – materialni maqbul qayta ishlash rejimi (T, R, 
ekstruziyalash tezligi) ni tanlash imkonini beradi. To‘rtinchidan, barcha polimer 
turlarini SOK lariga qarab, ularni qayta ishlash usullarini belgilab berish 
mumkin. Masalan, SOK < 2 g/10 daq. ni tashkil etgan poliolefinlar (ZYUPE, 
PP) (yuklama 21,6 N, harorat 190 
0
С yoki 230 
0
С da aniqlangan) presslash 
usulida qayta ishlashga tavsiya etiladi. SOK = 0,2 – 1,0 g/ 10 daq. ni tashkil 
etadigan poliolefinlar ekstruziyalash usulida, SOK = 1 – 4 g/10 daq. ni tashkil 
etadigan poliolefinlar esa bosim ostida quyish usulida qayta ishlashga tavsiya 
etiladi. SOK > 5 g/10 daq. ni tashkil etadigan polimerlar tola hosil qiluvchilar 
bo‘lib, tolalar ularning suyuqlanmalaridan olinadi. SHuni ham alohida ta’kidlash 
kerakki, qayta ishlash haroratini (suyuqlanma haroratini) va siljish kuchlanishini 
(yuklamani) o‘zgartirish yo‘li bilan SOK ni va suyuqlanmaning qovushqoqligini 
kerakli darajada o‘zgartirish mumkin. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, polimer 
kompozitsiyalarini tayyorlash va ularni qayta ishlash jarayonlari hamda 
bosqichlarini faqatgina bitta texnologik xossa yordamida ifodalab bo‘lmaydi, 
balki ularning majmui bilan aniqlanadi. Albatta, qayta ishlash jarayonlarning 
turli bosqichlarida u yoki bu ko‘rsatgich yoki xossa alohida ahamiyatga molik 
bo‘lishi mumkin, ammo polimerning, xususan, uning asosida olingan 
kompozitsiyalarning texnologik xossalarini ifodalovchi yagona universal va 
ishonchli ko‘rsatgich mavjud emas. Bundan tashqari, polimer kompozitsiyalarini 
tayyorlash va ularni qayta ishlash uchun faqatgina texnologik xossalarini 
aniqlash etarli emas. Texnologik xossalar va ularning real qayta ishlash rejimida 
o‘zgarishini aniqlash va standartlashtirilgan ko‘rsatgichlar asosida ushbu 
o‘zgarishlarni hisoblash tenglamalarini ilmiy asoslab berish katta amaliy 
ahamiyatga ega. Masalan, hozirgi paytda, termoplastlar guruhiga mansub 
bo‘lgan polimer materiallarining reologik xossalarini (qovushqoqlik xossalarini) 
yagona standartlashtirilgan ko‘rsatgichi – suyuqlanmasining oquvchanlik 
ko‘rsatgichi (SOK) hisoblanadi. Materialning issiqqa chidamliligini aniqlash 
uchun, oxirgi yillarda, “issiqqa chidamlilik vaqti” yoki “induksiya vaqti” 
aniqlanadi. Uni aniqlash uchun viskozimetrning rezervuari (“bomba”si) da yoki 
ekstruzion plastometrda polimer qayta ishlash harorati ta’sirida saqlanadi va 
samarali (effektiv) qovushqoqligining keskin pasayib ketish vaqti aniqlanadi. 
Agar suyuqlanmaning oquvchanlik ko‘rsatgichi (SOK) katta bo‘lsa, molekulyar 
massa va qovushqoqligining pasayganidan dalolat beradi. Aksincha, SOK kichik 
bo‘lsa, materialning cho‘zilishdagi mustahkamligi oshadi. 


85 
Polimerlarning cho‘zilishdagi mustahkamligining suyuqlanmalarining 
oquvchanlik ko‘rsatgichi (SOK) ga bog‘liqligi: 1 – chiziqli zichligi past 
polietilen; 2 – zichligi past polietilen. 
Polimer materiallarining tizimi va xossalarini turli vositalar va usullar 
yordamida maqsadli o‘zgartirishga, modifikatsiyalash deyiladi. Oddiyroq qilib 
aytganda, modifikatsiyalash deganda, polimer materialiga yoki undan olingan 
buyumga yangi xossalarni berish, dastlabki foydali xossalarini saqlagan holda 
keraksiz sifatlar va nuqsonlarni bartaraf etish tushuniladi. 
“Polimerlar fizikasi va kimyosi” kursida polimer materiallarining turli 
modifikatsiyalash usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Polimer materialini 
modifikatsiyalashni shartli ravishda 3 guruhlarga bo‘lish mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling