F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


  O‘zgarmas bosimda aniqlangan issiqlik sig‘imi:  c p = p


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

1. 
O‘zgarmas bosimda aniqlangan issiqlik sig‘imi: 
c
p
=
p
 
 
2. 
O‘zgarmas hajmda aniqlangan issiqlik sig‘imi: 
=(
)
ϑ


73 
bu erda N va
U
- mos ravishda entalpiya va ichki energiya. 
C

va C
ϑ
o‘zaro quyidagicha bog‘liq: 
C
p

=
 
bu erda α - hajmiy kengayish harorat koeffitsienti; 
- izotermik siqish koeffitsienti
V - hajm; 
T - harorat.
Agar polimer namunasida harorat ta’sirida tizim o‘zgarishlari kuzatilmasa, 
unda -50
0
С dan to 200 

С gacha bo‘lgan haroratlar oralig‘ida C

chiziqli 
o‘zgarib boradi. Qattiq polimerlar uchun harorat koeffitsienti 
o‘rtacha 3• 
10
-3
ga, suyuqlanmalar uchun esa 1,2• 10
-3
ga teng bo‘ladi. 
SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, xona harorati (25 
0
C) da C
p
ning 
qiymati barcha polimerlar uchun bir xil emas, chunki ularning kimyoviy tarkibi, 
tizimi, tuzilishi va kristallik darajasi issiqlik sig‘imiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, uning qiymati polietilen uchun 49,6 J/(mol•K) ga, ataktik va izotaktik 
polipropilenlar uchun mos ravishda 68,3 va 90,7 J/(mol• K) ga, politetraftoretilen 
uchun 96,6 J/(mol• K) ga, polistirol uchun 128,2 J/(mol• K) ga, polimetilmetakrilat 
uchun 138,6 J/(mol• K) ga, poli - ε - kaproamid uchun 164,2 J/(mol• K) ga va 
polietilentereftalat uchun esa 218,4 J/(mol• K) ga teng.
SHuni ham alohida eslatib o‘tish kerakki, harorat shishalanish haroratidan past 
bo‘lganda, ham amorf va ham kristall holatlarida bo‘lgan polimerning issiqlik 
sig‘imi bir xil qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Amorf polimerlar shishalanish 
holatidan yuqori elastiklik holatiga o‘tganda, issiqlik sig‘imi sakrashsimon oshib 
boradi. Mana shu holatni kristall polimerlarning shishalanishi paytida ham kuzatish 
mumkin. Rezinani to‘ldirgichlar bilan to‘ldirish issiqlik sig‘imini pasaytiradi. 
Polimerning issiq elementlardan sovuq elementga issiqlikni ko‘chirish 
qobiliyatiga, uning issiqlik o‘tkazuvchanligi deyiladi. 
Issiqlik oqimi
𝓆 va harorat gradienti gradT orasidagi mutanosiblik
koeffitsienti λ issiqlik o‘tkazuvchanlikni ifodalaydi: 
𝓆 = - λ gradT  


74 
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti Vt/(m•K) o‘lchov birligi bilan 
o‘lchanadi. 
Qattiq polimerlarning issiqlik o‘tkazuvchanligini tushuntirishda qattiq 
dielektriklar uchun ishlab chiqilgan nazariyadan qo‘llaniladi. Ushbu nazariyaga 
asosan, issiqlik o‘tkazuvchanlik jismni tashkil etuvchi zarrachalarning issiqlik 
tebranishlari tufayli elastik to‘lqinlar (fononlar) ning tarqalishiga va sochilishiga 
bog‘liq.
Harorat past bo‘lganda fononlarning o‘rtacha erkin yugirish uzunligi atom va 
molekulalar orasidagi masofaga nisbatan katta ekanligi tufayli uning kattaligini 
quyidagi 2 ta o‘zaro ta’sirlanishlar asosida izohlash mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling