F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari
bu erda m - kukunsimon materialning massasi, kg; 200 - maxsus silindrning hajmi, m 3 . SHuni alohida takidlash kerakki, materialning solishtirma hajmi qanchalik kichik bo‘lsa, to‘kmaning zichligi shunchalik yuqori bo‘ladi, undan sifatli buyum olish qulay va uni qayta ishlash oson bo‘ladi. Zichlanish koffitsienti (K) qoliplash va presslash paytida qoliplanadigan material hajmining o‘zgarishini ifodalaydi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi: T c K bu erda ρ c - suyuqlanmaning zichligi, kg/m³; ρ t - materialning to‘kma zichligi, kg/m³. Kukunsimon, tolali va granulalangan materiallarni pressqoliplarda qayta ishlash uchun ularning zichlanish koeffitsientlarini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega. Pressqoliplarning yuklash hajmini hisoblash uchun materialning zichlanish koeffitsientidan qo‘llaniladi. Odatda, kattiq polimer materiali suyuqlanma holatiga o‘tganda, uning hajmi kamayadi. Materialni ekstruziyalash yoki bosim ostida quyish paytida shnekning meyorlash mintaqasi suyuqlanma bilan doimiy (uzluksiz) ravishda to‘lib turishi uchun yuklash mintaqasining hajmi meyorlash mintaqasi hajmiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Mana shu hajmlarning o‘zaro nisbati zichlanish koeffitsienti (K) orqali aniqlanadi. Ammo shnek o‘lchamlarini hisoblash uchun zichlanish koeffitsientidan 1,5 marotaba katta bo‘lgan siqilish koeffitsienti yoki darajasi (K s ) dan qo‘llaniladi. 66 Siqilish koeffitsienti yoki darajasi (K s ) siqilish mintaqasida paydo bo‘ladigan havo yoki uchuvchan moddalarini chetlashtirish maqsadida kuchlarni zaxiralash uchun va suyuqlanmani yanada zichlantirish uchun kerak bo‘ladi. Siqilish koeffitsienti yoki darajasi bosimga, zarrachalarning shakli (kukunsimon, granula, kub, biser va h.) ga bog‘liq bo‘lib u 2,7- 4,7 atrofida o‘zgarishi mumkin. G‘ovak polimer materiallari uchun ularning hajmiy massasini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega. G‘ovak polimerlar va ko‘pikli plastiklar, odatda, havo yoki gaz bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Ularning hajmiy massasini aniqlash uchun namuna massasi analitik tarozida aniq o‘lchanadi, uning hajmi esa, mikrometr yoki shtangensirkul yordamida chiziqli o‘lchamlarni o‘lchash yo‘li bilan hisoblanadi. Materialning hajmiy massasi quyidagi formula bilan hisoblanadi (kg/m 3 ): m bu erda m- namunaning massasi, kg; v- namunaning hajmi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling