F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

 
 
 
 


61 
2.1.6. PLASTMASSALAR TARKIBI VA HAR BIR KOMPONENTNING 
VAZIFALARI. 
Agregat holatidan qat’i nazar, barcha moddalar gazsimon, suyuq va qattiq 
holatda polimer tarkibiga kiritilishi mumkin. Bu bilan polimerlar boshqa 
materiallar (metallar, sopol va b.) dan keskin farq qiladi. Polimer materiali 
tarkibiga kiritiladigan asosiy qo‘shimcha moddalar (ingredientlar) guruhiga 
quyidagilar kiradi. 
1. To‘ldirgichlar. 
2. Plastifikatorlar. 
3. Barqarorlashtiruvchi moddalar (stabilizatorlar). 
4. Bo‘yatgichlar (ranglovchi moddalar). 
5. Tikuvchi agentlar. 
6. Vulqonlanuvchi agentlar. 
7. Qotirgichlar (qotiruvchi moddalar). 
8. Tizim hosil qiluvchi moddalar. 
9. G‘ovak hosil qiluvchi moddalar. 
10. Antipirenlar. 
11. Antistatiklar. 
12. Antimikroblar. 
Polimer materialidan buyum olish uchun undan “toza” shaklda kam qo‘laniladi. 
Buning asosiy sabablari shundan iboratki, birinchidan, polimerning issiqqa 
chidamliligi past, ikkinchidan, qovushqoqlik koeffitsienti quyi molekulyar 
birikmalarga nisbatan nihoyatda yuqori. SHuning uchun texnologik, fizik – 
mexanik hamda fizik – kimyoviy xossalarini yaxshilash, ishga chidamliligini 
oshirish va mahsulot narxini pasaytirish maqsadida polimer tarkibiga boshqa 
polimerlar 
yoki 
nopolimer 
materiallar 
(masalan, 
to‘ldirgichlar, 
barqarorlashtiruvchi moddalar, antistatiklar, ranglovchi moddalar, yumshatuvchi 
moddalar va b.) kiritiladi. Termoplastlar yoki reaktoplastlar asosida olingan 
kompozitsion materiallar (kompozitlar) ga, plastik massalar yoki qisqacha 
plastmassalar deb ataladi. Kauchuklar asosida olingan kompozitlarga, rezina 
qorishmalari deyiladi. 
Metallar, sopol va boshqa konstruksion materiallarga qaraganda polimerlar 
quyidagi afzalliklarga ega. 
1. Plastmassalarning zichligi 0,9 – 2,2 g/sm
3
atrofida bo‘lib, ular 
alyuminiyga nisbatan 2 marotaba, po‘lat, mis va qo‘rg‘oshinga nisbatan 5 – 7 
marotaba engildir. Plastmassalarning shunday turlari ham borki, ular 
g‘ovakplastlar va ko‘pikplastlar deb ataladi.Ularning hajmiy massasi 0,02 – 0,1 
g/sm
3
atrofida bo‘lib, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,039 Vt/(m.K) ni 
tashkil etadi. 


62 
2. 
Plastmassa 
buyumlarining 
mexanik 
mustahkamligi 
metallarning 
mustahkamligidan ancha kichikdir. Ammo ularning solishtirma mustahkamligi 
(ya’ni, mustahkamligining zichligiga nisbati) ba’zi bir po‘lat buyumlarnikiga 
nisbatan yuqoridir. Quyidagi 1.3 - jadvalda shishaplastlar, yog‘och – qatlamli 
plastiklar va yuqori sifatli po‘lat buyumlarning zichligi, mexanik mustahkamligi 
va solishtirma mustahkamligi keltirilgan. 
3. Ma’lumki, ko‘pgina metall va po‘lat buyumlari namlik, suv, bug‘, ishqor, tuz va 
kislotalarning suvli eritmalarida chidamli emas: ular ushbu muhitlarda tez 
zanglaydi (ya’ni, korroziyaga uchraydi) va shuning uchun ulardan foydalanish 
muhlati uncha uzoq emas. Ammo PE, PP, PMMA, PVX, ftroplast (teflon) va ular 
asosida olingan kompozitsion materiallar nafaqat suvli muhitlarda, balki 
uglevodorodlar, ishqor, tuz va kislotalar muhitida yuqori kimyoviy chidamlikka 
ega. Ular gidrofob materiallar bo‘lib, namlikni o‘ziga shimib olmaydi va kimyoviy 
tajovuzkor muhitlarda yuqori chidamlikka ega ekanliklari bilan boshqa 
konstruksion materiallardan aynan mana shu xossalari tufayli ajralib turadi.
Polimer va uning tarkibidagi komponentlarning texnologik xossalarini aniqlash 
va ularning mohiyati. 
Polimer va uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning asosiy texnologik
xossalarini quyidagi ko‘rsatgichlar ifodalaydi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling