F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- (“bomba”si)
bu erda η – suyuqlanmaning samarali qovushqoqligi, N•s/m 2 ; G – porshendagi yuklama, N; ρ – suyuqlanmaning zichligi, kg/m 3 ; M – suyuqlanmaning oquvchanlik ko‘rsatgichi, kg/10 daq. Uchinchidan, SOK ni aniqlash – materialni maqbul qayta ishlash rejimi (T, R, ekstruziyalash tezligi) ni tanlash imkonini beradi. To‘rtinchidan, barcha polimer turlarini SOK lariga qarab, ularni qayta ishlash usullarini belgilab berish mumkin. Masalan, SOK < 2 g/10 daq. ni tashkil etgan poliolefinlar (ZYUPE, PP) (yuklama 21,6 N, harorat 190 0 С yoki 230 0 С da aniqlangan) presslash usulida qayta ishlashga tavsiya etiladi. SOK = 0,2 – 1,0 g/ 10 daq. ni tashkil etadigan poliolefinlar ekstruziyalash usulida, SOK = 1 – 4 g/10 daq. ni tashkil etadigan poliolefinlar esa bosim ostida quyish usulida qayta ishlashga tavsiya etiladi. SOK > 5 g/10 daq. ni tashkil etadigan polimerlar tola hosil qiluvchilar bo‘lib, tolalar ularning suyuqlanmalaridan olinadi. SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, qayta ishlash haroratini (suyuqlanma haroratini) va siljish kuchlanishini (yuklamani) o‘zgartirish yo‘li bilan SOK ni va suyuqlanmaning qovushqoqligini kerakli darajada o‘zgartirish mumkin. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, polimer kompozitsiyalarini tayyorlash va ularni qayta ishlash jarayonlari hamda bosqichlarini faqatgina bitta texnologik xossa yordamida ifodalab bo‘lmaydi, balki ularning majmui bilan aniqlanadi. Albatta, qayta ishlash jarayonlarning turli bosqichlarida u yoki bu ko‘rsatgich yoki xossa alohida ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin, ammo polimerning, xususan, uning asosida olingan kompozitsiyalarning texnologik xossalarini ifodalovchi yagona universal va ishonchli ko‘rsatgich mavjud emas. Bundan tashqari, polimer kompozitsiyalarini tayyorlash va ularni qayta ishlash uchun faqatgina texnologik xossalarini aniqlash etarli emas. Texnologik xossalar va ularning real qayta ishlash rejimida o‘zgarishini aniqlash va standartlashtirilgan ko‘rsatgichlar asosida ushbu o‘zgarishlarni hisoblash tenglamalarini ilmiy asoslab berish katta amaliy ahamiyatga ega. Masalan, hozirgi paytda, termoplastlar guruhiga mansub bo‘lgan polimer materiallarining reologik xossalarini (qovushqoqlik xossalarini) yagona standartlashtirilgan ko‘rsatgichi – suyuqlanmasining oquvchanlik ko‘rsatgichi (SOK) hisoblanadi. Materialning issiqqa chidamliligini aniqlash uchun, oxirgi yillarda, “issiqqa chidamlilik vaqti” yoki “induksiya vaqti” aniqlanadi. Uni aniqlash uchun viskozimetrning rezervuari (“bomba”si) da yoki ekstruzion plastometrda polimer qayta ishlash harorati ta’sirida saqlanadi va samarali (effektiv) qovushqoqligining keskin pasayib ketish vaqti aniqlanadi. Agar suyuqlanmaning oquvchanlik ko‘rsatgichi (SOK) katta bo‘lsa, molekulyar massa va qovushqoqligining pasayganidan dalolat beradi. Aksincha, SOK kichik bo‘lsa, materialning cho‘zilishdagi mustahkamligi oshadi. 85 Polimerlarning cho‘zilishdagi mustahkamligining suyuqlanmalarining oquvchanlik ko‘rsatgichi (SOK) ga bog‘liqligi: 1 – chiziqli zichligi past polietilen; 2 – zichligi past polietilen. Polimer materiallarining tizimi va xossalarini turli vositalar va usullar yordamida maqsadli o‘zgartirishga, modifikatsiyalash deyiladi. Oddiyroq qilib aytganda, modifikatsiyalash deganda, polimer materialiga yoki undan olingan buyumga yangi xossalarni berish, dastlabki foydali xossalarini saqlagan holda keraksiz sifatlar va nuqsonlarni bartaraf etish tushuniladi. “Polimerlar fizikasi va kimyosi” kursida polimer materiallarining turli modifikatsiyalash usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Polimer materialini modifikatsiyalashni shartli ravishda 3 guruhlarga bo‘lish mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling