F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

1. Polimer materialini tashqi omillar (deformatsiyalovchi kuch, harorat, bosim, 
UB-nurlanishlar, radiatsiya) ta’sirida modifikatsiyalash usullari. 
2.  Polimer materialini ichki omillar (to‘ldirgichlar, barqarorlashtirgichlar, 
plastifikatorlar, tizim hosil qiluvchilar, antistatiklar, antipirenlar, bo‘yatgichlar, 
moylovchi 
moddalar, 
qotirgichlar 
va 
boshqa 
moddalar) 
ta’sirida 
modifikatsiyalash usullari. 
3. Polimer materialini bevosita qayta ishlash jarayonida yoki kompozitsiyani 
tayyorlash bosqichida modifikatsiyalash usullari. Masalan, polimer kukunlarini 
yoki granulalarini oldindan qizdirib (termik ishlov berib), namligini me’yoriga 
keltirish ham modifikatsiyalash usullarining bir turidir. Boshqa misol. 
Buyumning estetik ko‘rinishini (rangini) o‘zgartirish maqsadida kerakli 
bo‘yatgichlarni kompozitsiya tarkibiga kiritish ham modifikatsiyalashning bir 
turidir. Boshqa misol. Bosim, harorat va deformatsiyalanish tezligini, qizdirish 
va sovutish tezligini (kristallanish tezligini), qotirish tezligini o‘zgartirib, tizimi 
va xossalari tubdan o‘zgargan buyumlar olish mumkin. 


86 
Modifikatsiyalash 2 xil bo‘lishi mumkin. 
1. Polimer tuzilishini modifikatsiyalash, ya’ni strukturaviy modifikatsiyalash. 
2. Kimyoviy modifikatsiyalash. 
Makrozanjirlarning 
kimyoviy 
tuzilishini 
saqlab 
qolib, 
polimerning 
ustmolekulyar tuzilmalarini (lamellalarni, mikrofibrilalarni, pachkalarni, 
sferolitlarni va h.) o‘zgartirish usuliga, tuzilishni modifikatsiyalash deb ataladi. 
Polimer molekulalarining turli joylashuvi natijasida hosil bo‘ladigan 
tuzilmalarga, ustmolekulyar tuzilmalar deb ataladi. SHuni alohida ta’kidlash 
kerakki, polimer pardasini bir yoki ikki o‘q bo‘ylab tortib cho‘zganimizda, 
makrozanjirlarining kimyoviy tuzilishi o‘zgarmaydi, ammo makromolekulalar 
ta’sir etuvchi kuch yo‘nalishiga qarab orientirlanadi. Bu esa pardaning 
orientirlash yo‘nalishiga mustahkamligini oshiradi. Demak, bu bilan 
makromolekula tuzilmalarini o‘zgartirib, polimer materialini modifikatsiyalash 
natijasida mustahkamligini oshirishga erishish mumkin. Boshqa misol. Polimer 
materiali tarkibiga yuqori dispersli mineral to‘ldirgichlarni kiritish uning 
kimyoviy tarkibini o‘zgartirmaydi, chunki ular orasida kimyoviy bog‘lar emas, 
balki vodorod va Van-der-Vaals bog‘lari ko‘proq hosil bo‘ladi, ustmolekulyar 
tuzilmalar va ularning o‘lchamlari tubdan o‘zgaradi va natijada mustahkamlik 
va deformatsion xossalari keskin o‘zgarib ketishi mumkin. Polimer materiali 
yuqori elastiklik xossasini yo‘qotib, mo‘rt materialga aylanib qoladi, zichligi
toza (to‘ldirilmagan) polimerga nisbatan oshadi. Demak, ushbu xossalarga 
polimerni 
modifikatsiyalash 
natijasida 
erishish 
mumkin. 
Dastlabki 
makromolekulalarga kimyoviy bog‘lar bilan birikadigan moddalarni qo‘shish va 
makrozanjirlar orasida kovalent bog‘lar sistemasini yaratishga, kimyoviy 
modifikatsiyalash deyiladi. Masalan, ionlanuvchi nurlanishlar ta’sirida polimer 
materiallari parchalanadi (destruksiyalanadi) yoki ular orasida tizimlanish yuz 
beradi, ya’ni makromolekulalar orasida ko‘ndalang kimyoviy bog‘lar hosil 
bo‘ladi. Karbozanjirli polimerlarda, odatda, ionlanuvchi nurlanishlar ta’sirida 
tizimlanish yuz beradi. Tarkibida galogen atomlari saqlangan polimerlarda esa, 
aksincha, destruktiv jarayonlar kuchayadi. Makromolekulalar tarkibidagi 
tizimlanishlar mustahkamlikni oshiradi, destruktiv jarayonlar esa uni 
pasaytiradi. Qotirgichlar, moylovchi moddalar, tizim hosil qiluvchi moddalar, 
plastifikatorlar va turli sirt faol moddalarni polimer materiali tarkibiga kiritish 
yo‘li bilan tizimi va kimyoviy tarkibi bitkul o‘zgargan modifikatsiyalangan 
polimerlarni hosil qilish mumkin. Bularning barchasi modifikatsiyalash usullari 
sirasiga kiradi. 


87 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling