F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari
Taqrizchilar: Buxoro Davlat Universiteti “Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasi profesori.t.f.d. M.R.Amonov. Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti “Charm, mo’yna buyumlari texnologiya va dizayni” kafedrasi dotsenti.t.f.n А.А.Hаyitоv. 4 MUNDARIJA 2.1.1. Kirish. Polimerlarni turli usullar yordamida qayta ishlab buymolish sanoatining tarixi va uning rivojlanish tendensilari………………………………..….5 2.1.2. Polimerlardan olinadigan plastik massalarning sinflanishi…………………..16 2.1.3. Polimerlarni qayta ishlash usullarining sinflanishi…………………..…..…...26 2.1.4. Termoplastik polimerlar asosida plastmassa buyumlar olish usullarining uziga xosligi………………………………………………………...……………….50 2.1.5. Termoreaktiv polimerlar asosida plastmassa buyumlar olish usullarining o’ziga xosligi…………………………….………………………………………………….56 2.1.6 Plastmassalar tarkibi va har bir komponentning vazifalari………………..….61 2.1.7. Plastmassalardan zamonaviy usullar orqali buyum olishda polimerlarning fizik va mexanik xossalarining ta’siri va ahamiyati……………………………....67 2.1.8. Plastmassa buyumlarining ekspluatatsion xususiyatlari. ..…………………..87 Foydalanilgan dabiyotlar ro’yxati.................................................................103 5 2.1.1. KIRISH. POLIMERLARNI TURLI USULLAR YORDAMIDA QAYTA ISHLAB BUYUM OLISH SANOATINING TARIXI VA UNING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI. Polimerlarni qayta ishlash bu yakunlovchi etap bo‘lib undan buyum olish va bu buyum konkret talablarga javob bera olishi kerak. SHuning uchun har hil usullar kashf qilish bilan bir qatorda yangi polimer materiallar ishlab chiqarildi. Agar tarixga ko‘z tashlasak, XIX asrning o‘rtalarida kauchukni vulkanizatsiyalash uchun uskunalar, sellyulozani atsetillash va nitrolash usullari paydo bo‘ldi. SHundan taxminan 100 yil keyin plastmassalarni qayta ishlash usullari, ularni takomillashtirish va bu usullarni fizik-kimyoviy asosida modellashtirish yuzaga kela boshladi va natijada yangi ‘’Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’ fanining yaratilishiga asos bo‘ldi. Polimerlarni qayta ishlash texnologiyasiga rezina materiallar olish, lok-bo‘yoq tayyorlash, kimyoviy tolalarni shakllash jarayonlari kiradi. Bular ichida plastmassalarni qayta ishlash (va buyumlar olish) texnologiyasi asosiy o‘rinni egallaydi. Bu yo‘nalishni ilmiy jihatdan asoslab borish 1952 yilda boshlangan (Berndardm va Mak-Kelvi tomonidan). Hozirgi paytda plastmassani qayta ishlash sanoati yangi usullar va uskunalarga asoslangandir. Individual polimerlar polimerkompozitlar va polimerlar aralashmasi bilan almashtirilib borilayapti. Bularning natijasida materiallarning hossalari kengaymoqda va ulardan xalq iste’mol buyumlaridan tortib to harbiy va kosmik texnikada qo‘llaniladigan detallarni olish imkoniyatlari yaratilmoqda. Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasiga quyidagi jarayonlar kiradi: 1. Kimyoviy tarkibni o‘zgartirish, polimerga to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar kiritish va termomexanik ishlov berish. 2. Olingan materialni shakllash va plastmassadan buyum olish. Buyum konstruksiyasi ilmiy jihatdan asoslangan va konkret ekspluatatsiya sharoiti hisobga olingan holda ishlash qobilyatiga ega bo‘lishi shart. SHunday qilib polimerlarni qayta ishlash texnologiyasi o‘z ichiga turli jarayon va uskunalarni olib, polimerlarning zaruriy (foydali) hossalarini yaxshilash va ularni tayyor buyumga aylantirish jarayonlaridan iboratdir. Polimerlarni qayta ishlaganda ular deformatsiyaga uchraydi, ularda kimyoviy reaksiyalar ketishi mumkin hamda fizik hossalarining qaytmas tarzda o‘zgarishini kuzatish ham mumkin. Plastmassalarni qayta ishlashning texnik usullariga quyidagilar kiradi: bosim asosida quyish, ekstruzitsiyalash, kalandrlash, pigmentlarni polimerlarga aralashtirish, polimer plyonka yuzasini modifikatsiyalash va boshqalar. Bosim ostida quyish, ekstruziyalash usullari keng tarqalgan va unumli usullar bo‘lib, ularda polimerlarning oqimini kuzatish mumkin, ya’ni bunda ularning fizikaviy va kimyoviy hossalari o‘zgarmaydi. Termoreaktiv materiallarni presslashda, polimer plyonka yuzasiga gaz alangasi yoki koronnыy razryad ta’sir qilishi natijasida materialda kimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Kristallanish darajasi orqali makromolekularning orientatsiyalanishini rostlash, tekstil tolalari va plyonkalar ishlab chiqarishda mexanik hossalarini yaxshilash 6 mumkin. Bunday holda materiallarda fizik hossalarning qaytmas tarzda o‘zgarishi sodir bo‘ladi va oqish jarayonida kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘lmaydi. Polimerni qayta ishlashda reologiya fani katta rol o‘ynaydi, chunki polimerlarni qayta ishlash protsesslarida deformatsiyalanish va oquvchanlik alohida o‘rin olgan. Polimerlarni qayta ishlashda kristallanishni, polimerlarning dielektrikligini hisobga olish lozim. SHuningdek, polimer yuzasida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarni, issiqlik o‘tkazish hossalarini ham e’tiborga olish kerak. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida plastmasslarni qayta ishlashda yarim avtomat va avtomatlashgan liniyalarni qo‘llash, mikroprotsessorli texnikani va sanoat robotlarini keng qo‘llash hozirgi kun talabidir. Plastmassalarni qayta ishlash usuli bilan olingan buyumlarga yaxshi dekorativ ishlov berish, pardozlash va ularni bozorbop qilish, hamda buyumni qaysi sohada qo‘llashni texnik-iqtisodiy asoslab berish kerak. Har bir polimerdan qanday buyum yoki mahsulot ishlab chiqarish kerakligini va shu mahsulotga bo‘lgan talabni yaxshi o‘rganish lozim. Polimerlarni plastmassa, rezina-texnik buyumlar, lok-buyoq va tolalarga qayta ishlashda xom ashyoni yaxshi tanlab olish va buning uchun o‘z navbatida bu polimerlarning hossalarini, tuzilishini va qayta ishlash jarayonida o‘zgarishlarini yaxshi bilish kerak. Plastmassa va rezina-texnik buyumlarini ishlab chiqishda chiqindilar hosil bo‘lishi mumkin (ayniqsa, reaktoplastlarda, revulkanizatsiyaga uchragan kauchuklarda), bularni yoqish, suvga tashlash yoki erga ko‘mish yaramaydi (masalan, polietilentereftalatdan tayyorlangan idishlarni). Buning uchun har bir korxona o‘zining ekologik tadbirini ishlab chiqishi lozim. Bu tadbirlarda chiqindini kamaytirish, uni qayta ishlash, ifloslangan havoni tozalash va h.k. lar aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Bugungi kunda O‘zbekistonda polimerlarni qayta ishlash korxonalari va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar quyida keltirilgan: 1. Oxangaronlenplast: PVX, PE lardan linoleum, truba, plyonka, santexnik buyumlar olayapti. 2. Angren rezina-texnika zavodi: kauchuklardan rezina tayyorlab ulardan keng iste’mol tovarlari va texnika uchun kerakli bo‘lgan buyumlar ishlab chiqarayapti. 3. Jizzax plastmassa zavodi: 1972 yilda ishga tushgan bo‘lib, sobiq ittifoqda eng yirik korxonalar qatoriga kirgan. SHu kunda 15000 tonna polietilendan qishloq xo‘jaligi uchun plyonka olish liniyasi ishlab turibdi va 8-10 ming tonna polietilendan truba ishlab chiqarish sexi mavjud. Bu liniyada diametri 300 mm-lik gaz va suv quvurlari olish imkoniyatiga ega. 4. Toshkentda bir qancha plastmassalarni qayta ishlash korxonalari bor. Bularga “Sovplastital” QK, “Spetspolimerdrenaj”, “GSKB po irrigatsii” maxsus rezina-texnika zavodi, deraza romini yasaydigan (PVX kompozitsiyasidan) quyosh nuridan saqlaydigan uskunalar tayyorlovchi zavod va boshqalar mavjud. Qarshi shaxridagi “Temoplast” zavodi yiliga 10 ming tonnadan ortiq PE va PVX materiallarini qayta ishlash imkoniyatiga ega. Bulardan asosan gaz va suv uchun trubalar, plyonkalar olish mumkin. 7 Farg‘ona vodiysidan bu sohada Farg‘ona va Andijon shaxarlaridagi zavodlarni misol keltirish mumkin. Polimerlar ishlab chiqarish, taxminan, 1970 yillardan boshlangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda “Navoiyazot” zavodida poliakrilnitril, poliakrilatlar, Farg‘onada har hil furan smolalari, poliamid-6, atsetilsellyuloza, Namanganda KMS va nihoyat, 2000 yilda ishga tushadigan SHo‘rtangaz kompleksida polietilen (yiliga 125 ming tonna) ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Mazkur kursning vazifasi bo‘lg‘usi mutaxassislarni plastmassalarni qayta ishlashda qo‘llaniladigan har hil zamonaviy metodlar bilan tanishtirish va ularni fizik- kimyoviy va texnologik asoslari nimadan iborat ekanligini tushuntirishdir. Plastmassani qayta ishlash texnologiyasi mustaqil ilmiy-texnologik yo‘nalishdir va bu kurs boshqa fanlar «Sintetik va tabiiy yuqori molekulyar birikmalar kimyoviy texnologiyasida qo‘llaniladigan xom ashyo va materiallar», «Sintetik va tabiiy yuqori molekulyar birikmalar kimyoviy korxona jihozlari va loyihalash asoslari» fanlari bilan chambarchars bog‘langandir. Fanni mohiyatini quyidagi keltirilgan jadvallar bilan tushuntirish mumkin: - Plastmassalarning real mustahkamligini oshirish uchun undan buyum olish texnologiyasi sharoitlarini to‘g‘ri tanlash va uni amalda qo‘llash katta ahamiyatga ega. - Plastmassa va an’anaviy materiallarni hossalari bo‘yicha taqqoslash natijalari va plastmassalarning afzaligi jadvalda ko‘rinib turibdi. - Mutaxassisning (bakalavrning) vazifasini nimadan iboratligi jadvalda tushuntirilgan. 8 AYRIM POLIMERLARNING NAZARIY ERISHISHI MUMKIN BO‘LGAN VA HAQIQIY (TEXNIK) MUSTAHKAMLIGI Polimer Mustahkamlik, MPa Nazariy erishishi mumkin bo‘lgan haqiqiy (texnik) PE 26-27 4,0-6,5 0,2 PP 11-12,5 2-3,5 0,3-0,65 PAN 15,5-16 2,4-2,7 0,46-0,56 PVC 14-17 2,7-4 0,11-0,16 PVA 22-23 4-6 - PET 21-22 3,5-6 0,5-1 TAC 8-13 1,4-3,5 - Grafit 122-138 101-117 4 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling