F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

 
 
Plastmassa va boshqa materiallarning ekspluatatsion xossalarini taqqoslash 
+ yaxshi ko‘rsatkichlar - yomon 
ko‘rsatkichlar 
Ko‘rsatkichlar 
Plastmassalar 
Metall 
Beton 
SHisha 
Keramika 
YOg‘och 
Past zichlik 






Kimyoviy bardoshlilik 




+ (-) 

Dielektrik xossasi 






Teploizolyasion xossasi 









SHaffofligi (optik xossasi) 






Zarbbardoshligi 






Antifriksion xossasi 






Qattiqligi 






Oquvchanlikka qarshiligi 






YUqori ishchi temperaturasi 






YOng‘inga chidamligi 
- (+) 





Bo‘yaluvchanligi 






Buyum olishni iqtisodiy 
samaradorligi 






Qayta ishlashda energiya sarfi 








10 
Plastmassadan buyum olish uchun qilinadigan ishlarning bosqichlari 
№ 
Bosqichlar 
Kim bajaradi 
1. Buyumni ekspluatatsiya qilish shartlarini analizi; 
plastmassadan olingan buyumni ekspluatatsiya qilish uchun 
qo‘yiladigan talablar. 

2. Plastmassaning eksplutatsiya talablaridan kelib chiqqan holda 
turini aniqlash 
1, 2 
3. Plastmassadan buyum olish uchun qayta ishlash usulini 
tanlash. 

4. Qayta ishlab beradigan uskunaning tipi va o‘lchamini 
aniqlash. 

5. Plastmassaning bazaviy markasini tanlash. 
1, 2 
6. Texnologik moslamani konstruksiyalash. 
1, 4 
7. Konkret plastmassadan buyum olish texnoloogiyasini ishlab 
chiqish. 

8. Olingan buyumni konkret ekspluatatsiya sharoitida ishlash 
qobiliyatini aniqlash. 
1, 5 
9. Plastmassadan olingan buyumning texnik-iqtisodiy 
samaradorligini aniqlash. 
1, 5 
10. Texnologik moslamani tayyorlab uni tekshirib sozlash. 
4, 3, 2 
11. Buyumning tajriba partiyasini ishlab chiqish, uni stendlarda 
tekshirib ko‘rish va plastmassani to‘g‘ri tanlanganligi 
to‘g‘risida xulosa chiqarish 
1, 2, 3, 4, 5 
1 – buyumni konstruksiyalash bo‘yicha mutaxassis 
2 – prlastmassani qo‘llash bo‘yicha mutaxassis 
3 – plastmassani qayta ishlash bo‘yicha mutaxassis 
4 – moslamani konstruksiyalash bo‘yicha mutaxassis
5 – iqtisodchi mutaxassis. 
Ko‘pgina termoplastlar ekstruziyalash usulida qayta ishlanib, ulardan turli 
diametrli shlang va quvurlar, profilli buyumlar, pardalar, varaqalar, o‘tkazgichlarni 
izolyasiyalovchi qoplamalar, namlikdan muhofazalovchi qoplamalar, oziq – ovqat 
mahsulotlarini o‘rash pardalari, ko‘p qatlamli o‘rash materiallari, qog‘oz, folga va 
gazlamalar bilan birga qayta ishlangan kombirinlangan yoki dublirlangan pardalar, 
ichi bo‘sh buyumlar (idishlar, “baklashka”lar, bankalar, o‘yinchoqlar va boshka 
buyumlar) ishlab chiqariladi. 
Polimerlarni ekstruziyalash usulida qayta ishlashning afzalligi shundaki, 
birinchidan, bu usulda qayta ishlash jarayoni uzluksiz va barqaror kechadi; 
ikkinchidan, bu usulda aniq o‘lchamga ega bo‘lgan yuqori sifatli buyumlar olish 
mumkin; uchinchidan, ishlash samaradorligi yuqori; to‘rtinchidan, ekstruziyalash 
usuli o‘zining universialligi va tejamkorligi bilan boshqa qayta ishlash usullaridan 


11 
farq qiladi; beshinchidan, ekstruziyalash jarayoni avtomatlashtirilgan va uni 
rostlash oson. 
Ekstruziyalash jarayoni ekstruderlarda amalga oshiriladi. 
Ekstruder – qayta ishlash mashinasi bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida katta siljish 
deformatsiyasi va ichki ishqalanish kuchlari bajarilgan ish hisobiga, shuningdek 
tashqi qizdirgichlardan olinadigan issiqlik hisobiga materialni qizdirish, 
aralashtirish, plastikatsiyalash va gomogenlash, uni shakl beruvchi kallak orqali 
uzluksiz siqib chiqarish uchun kerakli gidrostatik bosim hosil qilish imkonini 
beradi. 
Olinadigan buyumning shakli va turiga qarab, ekstruderlar ekstruzion kallaklar, 
puflash qurilmalari, qizdiruvchi va sovutuvchi qurilmalar, buyumni tortib oluvchi 
qurilmalar, o‘rab oluvchi va kesib oluvchi qurilmalar, buyum qalinligini o‘lchovchi 
asboblar va boshqa jihozlar bilan ta’minlanadi. 
Ekstruderlar bir chervyakli, ikki chervyakli, uch chervyakli, plunjerli va 
kombinirlangan bo‘lishi mumkin. 
Polimerlarni qayta ishlash sanoatida bir chervyakli ekstruderlardan ko‘proq 
qo‘llaniladi. 
Ikki va uch chervyakli ekstruderlar asosan materialni plastikatsiyalovchi 
plastikatorlar sifatida qo‘llaniladi. Ular polimer tarkibiga kiruvchi to‘ldirgichlar, 
barqarorlashtiruvchi moddalar, bo‘yatgichlar va boshqa qo‘shimcha moddalarni 
aralashtirishda va polimerni plastikatsiyalashda qo‘llaniladi. Ko‘p chervyakli 
ekstruderlardan esa, birinchi navbatda, granulalanuvchi qurilmalarda qo‘llaniladi. 
Hozirgi paytda polimer suyuqlanmalarini qayta ishlashda chervyaksiz diskli 
ekstruderlardan ko‘proq ishlatiladi. YUqori bosim talab etilmaganda va 
kompozitsiyani yaxshiroq aralashtirish talab etilganda, diskli ekstruderlardan 
foydalanish yaxshi samara beradi.
Ftoroplastlarni qayta ishlashda asosan plunjerli ekstruderlardan qo‘llaniladi. 
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, bir va ikki chervyakli ekstruderlar, nafaqat 
buyum olishga, balki kompozitsiya komponentlarini aralashtirishda, ularni 
plastikatsiyalashda, granulalashda boshqa yordamchi jarayonlarni amalga 
oshirishga ham keng ishlatiladi.
Ekstruderlarni tasniflashda chervyaklarning soni, ularning aylanish chastotasi, 
qayta ishlanuvchi dastlabki materialning agregat holati, ish organining 
konstruksiyasi, o‘rnatilgan holati va uning qaysi maqsadlarda qo‘llanilishi inobatga 
olinadi. 
1. CHervyaklarning soniga qarab, ekstruderlar 2 xil bo‘lishi mumkin: bir 
chervyakli va ko‘p chervyakli ekstruderlar. 
2. CHervyakning aylanish chastotasiga qarab, ekstruderlar 2 xil bo‘lishi mumkin: 
kichik tezlik bilan va yuqori tezlik bilan ishlaydigan ekstruderlar. 
3. Qayta ishlanuvchi dastlabki materialning agregat holatiga qarab, ekstruderlar 2 
xil bo‘lishi mumkin: materialni plastikatsiyalanadigan va plastikatsiyalanmaydigan 
ekstruderlar. 


12 
4. Ish organining konstruksiyasiga qarab, ekstruderlar 3 xil bo‘lishi mumkin: 
chervyakli silindrli, chervyakli konusli va diskli ekstruderlar. 
5. Ish organining o‘rnatilgan holatiga qarab, ekstruderlar 2 xil bo‘lishi mumkin: 
gorizontal va vertikal ekstruderlar. 
6. Qaysi maqsadlarda qo‘llanilishiga qarab, ekstruderlar 2 xil bo‘lishi mumkin: 
umumiy va maxsus ekstruderlar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling