F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari
50 2.1.4. TERMOPLASTIK POLIMERLAR ASOSIDA PLASTMASSA BUYUMLAR OLISH USULLARINING O’ZIGA XOSLIGI. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, buyumning shakllanishi paytida qovushqoq – oquvchan yoki qisman yuqorielastik holatda, buyumdan foydalanish paytida esa shishasimon yoki kristallangan holatda bo‘lgan polimerlar plastmassa negizini tashkil etadi. Qizdirilganda qo‘ndalang kimyoviy bog‘lar hosil qilmaydigan va aniq bir haroratda yumshab, qattiq holatdan plastik holatga o‘tadigan polimerlarga, termoplastik polimerlar yoki qisqacha termoplastlar deb ataladi. Termoplastlar harorat ta’sirida yumshab qoladilar va qovushqoq – oquvchan holatga o‘tib, sovutilganda buyum shaklini olib qotib qoladilar. Suyuqlanish – qotib qolish jarayonlari qaytuvchandir. Ularga qayta – qayta ishlov berganda, buyum shaklini olish qobiliyatlari saqlanib qoladi, fizik holatlari o‘zgaradi, ammo kimyoviy o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Termoplastlarni erituvchi suyuqliklarda eritib, ulardan elim, tola, parda va varaqalar olish mumkin. PE, PP, PS, PVX, PK, PB, PMMA, PA, ftoroplastlar va ularning va qorishmalari termoplastlardir. Termoreaktiv polimerlar yoki qisqacha reaktoplastlar, boshlang‘ich holatda oligomerlardir. Qizdirilganda, ular qovushqoq – oquvchan holatga o‘tadilar. YUqori haroratda kimyoviy ishlov berilganda, ularning molekulalari reaksiyaga kirishish qobiliyatiga ega bo‘ladilar va yuqori zichlikka ega bo‘lgan uch o‘lchovli to‘rsimon tizimlar hosil qiladilar. SHuning uchun ular erituvchilar ta’sirida erimaydigan, qizdirilganda suyuqlanmaydigan, mo‘rt va qayta ishlov berilmaydigan bo‘lib qoladilar, ya’ni ularning qotib qolish jarayonlari qaytmasdir. Oddiy xona sharoitida ham, qizdirilganda ham, o‘z – o‘zidan reaksiyaga kirishish qobiliyatiga ega bo‘lgan oligomerlar ham reaktoplastlar guruhiga kiradi. Fenolformaldegidlar, mochevinformaldegidlar, poliefirlar va epoksid qatronlari va boshqalar reaktoplastlardir. SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi paytda monomerlardan va reaksiyaga kirishish qobiliyatiga ega bo‘lgan oligomerlardan yarimmahsulotlar (polufabrikatlar) olish bosqichini o‘tmay, kimyoviy shakl berish usullari yordamida buyum olish texnologik jarayonlari rivojlanib bormoqda. Ushbu usul bilan allil monomerlariga, to‘yinmagan poliefir qatronlariga, uretan hosil qiluvchi monomerlarga ishlov berilib, polimer materiallari ishlab chiqariladi. Kimyoviy shakl berish usullaridan foydalanib, poliamid, poliuretan va akril qatronlaridan buyum olish mumkin. Aslida, bosim ostida quyish mashinasi (termoplastavtomatlar) 2 qismdan iborat bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling