F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


 Polimerlarning harorat o‘tkazuvchanligi.  2


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

 1. Polimerlarning harorat o‘tkazuvchanligi. 
2. Polimerlarning issiqlik ta’sirida kengayishi. 
3. Polimerlarning issiqlik sig‘imi. 
4. Polimerlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi. 
O‘zgaruvchan (nostatsionar) haroratlar sharoitida issiqlik oqimi 
ta’sirida haroratning tarqalish tezligiga, harorat o‘tkazuvchanlik deyiladi. 
Harorat o‘tkazuvchanlik polimerning issiqlik o‘tkazuvchanligiga to‘g‘ri 
proporsional bo‘lib, zichligi va solishtirma issiqlik sig‘imiga teskari 
proporsionaldir. Polimerning harorat o‘tkazuvchanligi quyidagi formula bilan 
aniqlanadi (m
2
/s): 
α =
bu erda λ - polimerning issiqlik o‘tkazuvchanligi; 
C

- o‘zgarmas bosimda solishtirma issiqlik sig‘imi; 
ρ - polimerning zichligi. 
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, metallar va ular asosida olingan 
qotishmalarga nisbatan polimerlarning harorat o‘tkazuvchanligi nihoyatda 
kichikdir. Masalan, poliizopren va polietilenoksidning harorat o‘tgazuvchanligi 
0,90•10
-7
m
2
/s ga teng. Harorat o‘tkazuvchanlik polistirol uchun 0,99•10
-7
m
2
/s, 
polidimetilsiloksan uchun 1,08•10
-7
m
2
/s, organik shisha (polimetilmetakrilat) 
uchun 1,19•10
-7
m
2
/s, polivinilxlorid uchun 1,21•10
-7
m
2
/s, va zichligi past 
polietilen uchun 1,40•10
-7
m
2
/s ni tashkil etadi. Harorat oshishi bilan 
shishasimon amorf polimerlar va kristall tizimga ega bo‘lgan polimerlarning 
harorat o‘tkazuvchanligi pasayib boradi. Harorat polimernig suyuqlanish 
haroratiga tenglashganda esa kristall polimerlarning harorat o‘tkazuvchanligi 
eng kichik qiymatiga erishadi. Harorat yumshayish haroratiga tenglashganda, 
amorf shishasimon polimerlarning harorat o‘tkazuvchanligi keskin pasayadi.
SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, polimer suyuqlanmalarining harorat 
o‘tkazuvchanligi haroratga bog‘liq emas. Bundan tashqari, polimerning 
molekulyar massasi va kristallik darajasi uning harorat o‘tkazuvchanligiga 
kuchli ta’sir ko‘rsatilishi mumkin. Polimerning molekulyar massasi va kristallik 
darajasi oshganda, uning harorat o‘tkazuvchanligi ham oshadi. Polimer 


71 
makromolekulasida yondosh zanjirchalar (o‘rinbosarlar) uzunligining oshishi 
bilan vinil qatoridagi polimerlar suyuqlanmasining harorat o‘tkazuvchanligi 
pasayadi. 
Polimer 
tarkibiga 
kiritiladigan 
plastifikatorlar 
va 
makromolekulalarning tikish darajasi ham harorat o‘tkazuvchanlikka kuchli 
ta’sir ko‘rsatadi. 
 
Polimerning issiqlik ta’sirida kengayishini miqdoriy jihatdan tavsiflash 
uchun uning hajmiy kengayish harorat koeffitsienti α va chiziqli kengayish
harorat koeffitsienti β ni aniqlash kerak bo‘ladi: 
α = 
p
β = 
p
bu erda V - namunaning hajmi; 
Ɩ- berilgan yo‘nalishda namunaning chiziqli o‘lchami; 
T – harorat; 
R- namunani o‘zgarmas bosim ostida isitilganini ifodalaydi. 
Issiqlik ta’sirida hajmiy kengayish harorat koeffitsienti va chiziqli kengayish 
harorat koeffitsienti 1/

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling