F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

S
F


bu erda F-namunaga ta’sir etuvchi mexanik kuch, N; 
S-namunaning ko‘ndalang kesim yuzasi, m
2.

Namunaning tashqi mexanik kuch ta’siridagi deformatsiyasi quyidagi formula 
bilan hisoblanadi (%): 
0
0
0
0
0
0
0
100
100






l
l
l
l
l

 
bu erda 
0
l
-namunaning boshlang‘ich o‘lchami, mm; 
l
- deformatsiyalangan 
namunaning o‘lchami, mm.
Namunani egilish paytidagi kuchlanishi quyidagi formula bilan hisoblanadi ( 
MPa): 
2
2
3
bh
PL


bu erda P- namunani eguvchi mexanik kuch, H; 
L- tayanchlar orasidagi masofa, mm; 
b- namunaning eni (kengligi), mm; 
h-namunaning qalinligi, mm. 
SHuni alohida
ta’kidlash kerakki, polimer materialining mexanik xossalari 
relaksatsion xarakterga ega ekanligi tufayli sinash rejimi (davomiyligi) ga qattiq 
rioya qilinadi. Hozirgi paytda shunday sinash mashinalari yaratilganki, ularda 
sinash davomiyligi 0,5-2,0 daqiqadan oshmaydi va ular termostat bilan 
jihozlangan. Bu esa polimer materiallarini turli haroratlarda sinash imkonini 
beradi. Bundan tashqari, uzuvchi mashinalarning harakatlanuvchi qisqichlarining 
tezligi 1, 5, 25, 50, 100 va 500 mm/daq. ni tashkil eitishi mumkin. Bu tezliklar
polimerning mo‘rtligidan tortib, elastik holatigacha sinash imkonini beradi. 
Polimer materialining qattiqligini aniqlash usullari 
Polimerning qattiqligi deganda, ma’lum o‘lchamga ega bo‘lgan qattiq jismning 
(masalan, sharikcha yoki prizmaning) uning yuzasiga kirishiga ko‘rsatiladigan 
qarshiligi tushuniladi.
Polimer buyumlarining qattiqligini turli usullarda aniqlash mumkin. Ko‘pgina 
holatlarda berilgan yuklama ostida namuna yuzasiga indentorning statik kirishi 
usulidan qo‘llaniladi. Ba’zan esa, aksincha, indentorning o‘zgarmas tezligida 
izning chuqurligi belgilanadi va namunaga ta’sir etuvchi yuklama aniqlanadi. 
Diametri (5±0,5) mm ni tashkil etgan, toblangan po‘latdan tayyorlangan, 
sayqallangan sharikni namunaga bosish yo‘li bilan polimerning qattiqligi 
aniqlanadi. YUzasi 10x10 mm va qalinligi 4 mm ni tashkil etgan aylana (disk) yoki 
kvadrat shaklidagi namuna po‘lat plitaning ustiga qo‘yiladi va sharik (indentorni) 
sekin-asta namuna yuzasiga tushiriladi. 5 s dan so‘ng, yuklamani oshirib borib, 
maxsus moslama yordamida indentor namuna yuzasiga 2-3 s bosiladi. So‘ng, 


93 
yuklama 30 s o‘zgarmas holda saqlanadi (DavST 4670-77). YUklamani olib 
tashlagandan so‘ng, sharikni kirish chuqurligi h aniqlanadi.
Qattiqlikni aniqlash uchun, avvalo, nisbatan kichikroq yuklama ta’sirida 
namuna yuzasiga identorning boshlang‘ich holati o‘rnatiladi. So‘ngra, asosiy 
yuklama yuklanib, namuna uning ostida saqlanadi, identorning namunaga kirish 
chuqurligi aniqlanadi, keyin asosiy yuklama olib tashlanadi. SHuni alohida 
ta’kidlash kerakki, polimerning qattiqligini aniqlash usullari identorning shakli 
(sharikcha, konuscha, prizmacha) ga, yuklamaning kattaligiga, yuklash vaqti 
(davomiyligi) ga va izning chuqurligiga qarab bir-biridan farq qiladi. 
Polimer buyumlarining qattiqligini quyidagi 2 usullarda aniqlash mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling