F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

 
 
Jo‘valar (valslar) – ikkita gorizontal tarzda parallel o‘rnatilgan va bir – biriga 
qarab aylanuvchi ichi bo‘sh silindrlar (valiklar)dan tarkib topgan mashina bo‘lib, u 
plastik va qovushqoq-elastik materiallarga ishlov berishga mo‘ljallangan. 
Jo‘valarda polimerlardan yarim mahsulot va buyum olish jarayoniga, jo‘valash 
(valslash) deyiladi. Polimerlarni jo 
valash deganda, ularni valiklarda yoyilishi tushuniladi. 
Aralashtiruvchi va varaqalanuvchi jo‘valarning ko‘rinishi: 
1-valiklar; 2-poydevor; 3- rostlovchi vint; 4-tayanch plita; 5-oldingi 
podshipnikning korpusi; 6-valiklarni aylantiruvchi shesternya; 7-oxirgi 
podshipnikning korpusi; 8-ko‘ndalang temir; 9-shikastlanishlardan muhofaza 
qiluvchi mexanizm tortqisi; 10-cheklovchi strelka. 
Polimerlarni 
jadal 
aralashtiriladigan, 
plastikatsiyalanadigan 
va 
gomogenlashtiradigan jo‘valarga, plastikatsiyalanuvchi jo‘valar deb ataladi. 
Materiallarni aralashtirish mana shu ikkala silindrlar orasidagi bo‘shliqqa amalga 
oshiriladi. O‘z o‘qi atrofida aylanuvchi ichi bo‘sh silindrlarga, valiklar deb ataladi. 


13 
Odatda, valiklar cho‘yandan tayyorlanadi, ularning tashqi sirti silliqlanadi 
(sirtining tozalik sinfi 
𝛻7 – 𝛻9 ni tashkil etilishi mumkin). 
Valiklar shestrenyalarga biriktirilgan bo‘ladi. Maxsus vintlar yordamida 
valiklar orasidagi masofa o‘zgartirilishi mumkin. Demak, jo‘valanadigan 
materialning qalinligi valiklar orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi. 
Valiklar o‘zgaruvchan tok elektr yuritmasi (dvigateli) yordamida harakatga 
keltiriladi. Jo‘valarning yuklash hajmiga qarab, elektr yuritma 15 kVt dan 158 kVt 
gacha elektr quvvatini sarflanishi. 
Jo‘valarning tuzilishi va qo‘llanish sohalariga qarab, ularni 3 guruhga bo‘lish 
mumkin. 
1. Laboratoriyada qo‘llaniladigan jo‘valar. Ulardagi valiklarning diametri 225 mm 
dan kichik bo‘ladi. 
2. Mikrojo‘valar. Ulardagi valiklarning diametri 40 mm, uzunligi esa 140 mm ni 
tashkil etadi. 
3. Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan jo‘valar. Ulardagi valiklar diametri 300 mm 
dan 800 mm gacha bo‘lishi mumkin. 
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, hozirgi paytda mingdan ortiq polimer 
materiallari va polimer turlari mavjud bo‘lib, ularni qayta ishlash uchun 20 dan 
ortiq asosiy va maxsus qayta ishlash usullari ishlab chiqilgan. Ular orasida 
presslash usuli alohida o‘rin egalaydi. Sanoat miqyosida birinchi fenoplastlardan 
(1907 yilda AQSH da poliformaldegid (bakelit) dan va 1913 yilda Rossiyada 
karbolitdan) buyum olishda presslash usulidan qo‘llaganlar. 
Presslash – polimer va rezina qorishmalaridan buyum olish usuli bo‘lib, unda 
material issiqlik va bosim ta’sirida plastik deformatsiyalanadi va qolip shaklini 
olib, buyumga aylanadi. Presslash, odatda, bo‘shlig‘ining konfiguratsiyasi buyum 
konfiguratsiyasiga mos keluvchi pressqoliplarda amalga oshiriladi. Pressqoliplar 
press plitalari orasida joylashtiriladi va ularning asosiy vazifalari kerakli bosimni 
hosil qilish va buyumga shakl berishdan iboratdir.
Pressqolipga joylashtirilgan sovuq yoki oldindan qizdirib olingan material 
presslash 
haroratigacha qizdiriladi va u presslash bosimi ta’sirida 
deformatsiyalanib, qolip bo‘shlig‘ini to‘ldiradi va zichlanadi.
Presslash usulidan foydalanib, reaktoplastlardan, rezina qorishmalaridan va 
termoplastlardan turli xossalarga ega buyumlar olish mumkin. Reaktoplastlarni 
presslashda polimer makromolekulalari orasida kimyoviy reaksiya kechib, fazoviy 
to‘rlar hosil bo‘ladi va ularning qotib qolishi tufayli buyum shakllanadi. Rezina 
qorishmalarini presslashda esa vulqonlanish jarayonlari kechib, makromolekulyar 
zanjirlar o‘zaro tikiladi va fazoviy to‘rlar hosil bo‘ladi. Termoplastlarni 
presslashda materialni shishalanish haroratidan kichik haroratlargacha sovutish 
natijasida buyum shakllanadi.


14 
Presslash jarayonlarini quyidagi 3 ta ko‘rsatgichlar ifodalaydi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling