F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


Presslanadigan material va pressqolipning dastlabki haroratlari. 2


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

1.Presslanadigan material va pressqolipning dastlabki haroratlari.
2. Presslash harorati.
3. Materialga ta’sir etuvchi solishtirma bosim.
Ushbu ko‘rsatgichlar presslanadigan materialning tabiatiga,turiga, tarkibidagi 
qo‘shimcha moddalarga, ularning miqdoriga va boshqa omillarga chambarchas 
bog‘liq bo‘lib, ular keng miqyosga o‘zgarishi mumkin. Xususan, presslash bosimi 
0,01 MPa dan 250 MPa gacha o‘zgarishi mumkin. Reaktoplastlar va rezina 
qorishmalarini qayta ishlashda pressmaterialning qotish tezligi va rezinaning 
vulqonlanish tezligi, termoplastlarni qayta ishlashda esa shakllangan buyumni 
sovutish tezligi presslash rejimiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, polimerlarni bosim ostida quyish usulida 
qayta ishlashdan oldin, polimerning molekulyar massasiga, suyuqlanmasining 
qovushqoqligi va oquvchanlik ko‘rsatgichi (SOK) ga alohida e’tibor beriladi. 
SOK lari 2 - 30 g/10 daq. ni tashkil etgan termoplastlar bosim ostida quyish 
usulida qayta ishlanishi mumkin. SOK ning keng miqyosda o‘zgarishi polimer 
materialining kimyoviy tarkibiga, tuzilishiga va xossalariga chambarchas bog‘liq. 
Masalan, SOK = 1 - 4 g/10 daq ni tashkil etadigan poliolefinlar bosim ostida 
quyish usulida qayta ishlashga tavsiya etiladi. Quyuma polimerlar uchun SOK = 
0,7 - 7,0 g/10 daq. ni tashkil etishi mumkin. SOK = 0,3 - 0,7 g/10 daq. ni tashkil 
etgan kam oquvchan PE lar quvurlarni ulash elementlari (fitinglar), armaturalar 
(jo‘mraklar qopqog‘i, surilma qopqoqlar (zadvijkalar) va boshqa buyumlar ishlab 
chiqarishda qo‘llaniladi, chunki ular og‘ir sharoitlarda qo‘llanishga mo‘ljallangan. 
Molekulyar massasi kichik va SOK lari yuqori (2 – 20 g/10 dak), ya’ni, qayta 
ishlash paytida yuqori oquvchanlikka ega bo‘lgan PE lar yupqa devorli va tashqi 
ko‘rinishi yaltiroq buyumlar olishda qo‘llaniladi. 
SHuni ham inobatga olish kerakki, bosim ostida quyish usulida kam oquvchan 
(SOK = 2-7 g/10 dak) termoplastlardan ham buyum olish mumkin, ammo ularning 
oquvchanligini oshirish uchun xom-ashyo (granulalar) yuqoriroq haroratlarda 
qayta ishlanishi lozim Bunda issiqlik destruksiya jarayonlari kuchayib, buyumning 
sifati va xossalari salbiy tomonga o‘zgarib ketishi mumkin. 
Qayta ishlash jarayonida harorat va siljish kuchlanishi (yuklama) ni 
o‘zgartirish yo‘li bilan suyuqlanmaning qovushqoqligini va oquvchanlik 
ko‘rsatgichini kerakli darajada o‘zgartirish mumkin.
Mustahkamligi yuqori buyumlar (shpritslar, o‘rash va qadoqlash materiallari
laboratoriya jihozlari uchun detallar) olishda SOK = 0,2 -2,0 g/10 daq. ni tashkil 
etgan PP dan qo‘llaniladi. Boshqa turdagi buyumlar ishlab chiqarish uchun SOK 
lari katta PP markalaridan qo‘llaniladi. 
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, bosim ostida quyish usulida qayta ishlash 
uchun polimer materiallari va ular asosida hosil qilingan kompozitsiyalarni tanlab 
olishda, asosan ularning qovushqoqligiga alohida e’tibor beriladi. CHunki xaddan 
tashqari qovushqoq material bilan qolipni to‘ldirish qiyin va yuqori bosim va 


15 
haroratlar ta’sirida u kuyib ketishi ham mumkin. Zero, termoplastlarni bosim 
ostida quyish usulida qayta ishlash jarayonlari yuqori bosim va haroratlar ostida 
kechadi. SHuning uchun suyuqlanmaning oquvchanlik ko‘rsatgichi (SOK) 
materialni qayta ishlashga yaroqliligini aniqlab berishga etarli emas. 
Hozirgi paytda quyish mashinalarida spiralsimon kanallari kalibrlangan qolip 
yordamida materialning oquvchanligi aniqlanadi. Buning uchun material qolipga 
ma’lum bosim ostida purkab beriladi va «oqish yo‘li» ning uzunligi, ya’ni kuyma 
spiralning uzunligi l
c
aniqlanadi. Poliolefinlarni spiralsimon kanallarda aniqlangan 
«oqish yo‘li» ning uzunligi l
c
suyuqlanmaning haroratiga va purkab berish 
bosimiga chiziqli bog‘liq bo‘lib, purkab berish davomiyligi (tezligi) ning 
logarifmik funksiyasidir. l
c
qolipning haroratiga uncha sezilarli bog‘liq emas, 
ammo unga qolip kanallarining geometrik o‘lchamlari kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
SHuning uchun amalda materialning quyish qoliplarini to‘ldirish qobiliyati ni 
aniqlashda, nafaqat l

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling