F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’
Massa (blok) da polimerlanish. 2
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari
1. Massa (blok) da polimerlanish.
2. Eritmada polimerlanish. 3. Emulsiyada polimerlanish. 4. Qattiq fazada polimerlanish. 5. Suspenziyada polimerlanish. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi paytda jahon miqyosida olinadigan polimerlarning 3/4 hissasi aynan polimerlanish usullari yordamida hosil qilinadi. 24 Polikondensatlanish – bu almashinish reaksiyasi bo‘lib, yuqori molekulyar birikmalarni sintez qilish usulidir. Polikondensatlanish jarayonida qo‘shimcha moddalar (masalan, suv, ammiak, HCI va b.) ajralib chiqishi mumkin va shuning uchun hosil bo‘lgan polimerning tarkibi monomerning tarkibidan farq qiladi. Monomer molekulalari boshqa monomerlar bilan reaksiyaga kirishishi uchun kamiga ikkita funksional guruhga (OH, COOH, CI, NH 2 va b.) ega bo‘lishi kerak. Polimerlarning kelib chiqishiga qarab, quyidagi 3 guruhlarga bo‘lish mumkin. 1. Tabiiy polimerlar. Ularni tabiat yaratgan bo‘lib, bu guruhga kauchuk, guttapercha, sellyuloza, kraxmal, oqsillar va boshqalar kiradi. 2. Sun’iy polimerlar. Ular tabiiy polimerlarga kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan olinadi. Bu guruhga sellyulozaning efirlari, xlorkauchuk va boshqalar kiradi. 3. Sintetik polimerlar. Ular polimerlanish va polikondensatlanish usullari yordamida monomerlardan hosil qilinadi. Bu guruhga PE, PP, PS, PVX, PU va boshqalar kiradi. Bundan tashqari, makromolekulani asosiy zanjirining tuzilishiga qarab, polimerlar quyidagi 2 ta asosiy turlarga bo‘linadi. 1.Gomozanjirli polimerlar. Ularning asosiy zanjiri bir xil atomlardan (masalan, ugleroddan, selendan, oltingugurtdan va b.) tashkil topgan bo‘ladi. Ularning orasida asosiy zanjiri uglerod atomlaridan tashkil topgan karbozanjirli polimerlar keng tarqalgan. Bunday polimerlarga, organik polimerlar deb ataladi. PE, PVX, PMMA va boshqalar karbozanjirli organik polimerlarga misol bo‘la oladi. 2.Geterozanjirli polimerlar. Geterozanjirli (“getero” – har xil) polimerlarning asosiy zanjiri turli element atomlari (uglerod, kremniy, kislorod, azot) dan tashkil topgan bo‘ladi. Agar makromolekulaning asosiy zanjirida ugleroddan tashqari anorganik element atomlari mavjud bo‘lsa, unda bunday polimerlarga, elementoorganik polimerlar deyiladi. Poliefirlar, poliamidlar, mochevinformaldegidlar, sellyuloza va kremniy organik polimerlar elementoorganik geterozanjirli polimerlarga misol bo‘la oladi. Agar polimer makromolekulasining asosiy zanjirida va yonlama radikallarida organik element atomlari mavjud bo‘lmasa, unda bunday polimerlarga, anorganik polimerlar deyiladi. Plastik oltingugurt, bor, poliselen, politellur polimerlari anorganik polimerlardir. 25 Bundan tashqari, polimerlarga ishlov berish, ularni qizdirish va buyumni shakllantirish usullariga qarab, polimerlar quyidagi 3ta asosiy guruhlarga bo‘linadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling