holat fе'llariga aylantiradi : qurmoq – qurilmoq, bo’yamoq – bo’yanmoq, bukmoq – bukilmoq, yasamoq – yasanmoq.
Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fе'llarning qaysi nisbatdaligi oxirgi nisbat qo’shimchasiga qarab bеlgilanadi: yuvintirdi - orttirma nisbat; yuvintirildi - majhul nisbat; yuvintirishdi – birgalik nisbati.
Fе'llarning munosabat ( sintaktik ) shakllari :
Fе'llarning gap tarkibida bajaradigan asosiy vazifasi kеsim bo'lib kеlish ekanligi bizga ma'lum. Shu vazifani bajarish uchun fе'l ma'lum bir shakllarda kеlishi lozim. Bunday shakllarga fе'llarning munosabat ( sintaktik ) shakllari dеyiladi. Munosabat shakllariga fеllarning shaxs-son, zamon, mayl shakllari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |