F eruz hukmronlik qilgan davr g’oyatda alg’ov-dalg’ov bo’lib, xonliklar orasida o’zaro nizo kuchli edi. Buxoro amirligi, Qo’qon xonligi, Xiva xonligi orasida birlik yo’q edi


Download 1.02 Mb.
bet2/9
Sana26.03.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1297876
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Qo'qon xonligi - o'zbek xonliklaridan biri (18–19-asrlar). Poytaxti – Qo'qon. O'zbeklarning minglar urug'idan bo'lgan Shohruxbiy 1709-yilda asos solgan. Bu xonlik tarkibiga dastlab Qo'qon, Namangan, Marg'ilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib, Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida (1746-yil) qalmoqlar Farg'ona vodiysiga hujum qilib, O'sh, Andijon, Marg'ilon shaharlarini egallab, Qo'qonni qamal qilgan. Qo'qonliklarga yordamga kelgan O'rtepa hokimi Fozilbiy qo'shinlari bilan birgalikda ularni Farg'ona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norbo'tabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun ko'targan g'alayonlari bostirilgan. Mamlakatda sug'orish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xo'jaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik bo'ladi.
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimbek hukmronligi davrida Qoʻqonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islohot oʻtkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham eʼtibor kuchaytirilgan. 1805-yil davlat rasman Qo'qon xonligi deb eʼlon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810-yil Qoʻqonda "Olimxon Toshkentda oʻldi", degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qoʻqonga yoʻl oladi, biroq u Oltiqush mavzeida otib oʻldirilgan.
Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari koʻrilgan. 1815-yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817-yil esa Oʻratepa bosib olingan. Sirdaryo boʻyida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sugʻorish inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga eʼtibor berilgan. Xususan, Qoʻqon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan. Mozorlar tartibga solingan. Umarxon hukmronligi davrida Qo'qon xonligida fan, adabiyot, sanʼat nisbatan yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini – mashhur oʻzbek shoirasi Nodirabegimning xizmati katta boʻlgan. Umarxonning oʻzi ham "Amiriy" taxallusi bilan oʻzbek va tojik tillarida gʻazallar yozgan. Umarxon vafotidan soʻng uning 12 yoshli oʻgʻli Muhammad Alixon taxtga oʻtirgan. Xon yosh boʻlganligi uchun davlatni dastlabki davrda onasi Nodirabegim boshqargan. Nodirabegim madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga intilgan.1826-yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh koʻtargan musulmon aholiga yordam berish uchun qoʻshin tortib borilgan. Natijada Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonning 6 ta shahri (Oqsuv, Qashqar, Yorkend, Xoʻtan va boshqalar) dan soliq olish huquqini Qo'qon xonligiga berishga majbur boʻlgan. Bu 1832-yilgi Pekin shartnomasida batafsil oʻz ifodasini topgan
Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Janubiy Olay togʻ etagidagi Qorategin, Darvoz, Shugʻnon, Roʻshon, Vohon bekliklarini boʻysundirgan. Bu davrda xonlikda sugʻorish ishlari ancha yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham ancha yaxshilangan. Buxoro amiri Nasrullo (qarang Nasrullaxon) bilan yuz bergan urushda (1840-yil) Muhammad Alixon yengilib, Xoʻjandni amir Nasrulloga topshirishga va oʻzini uning noibi deb tan olishga majbur boʻlgan. Ammo Buxoro – Qoʻqon munosabatlari bundan keyin ham keskinlashgan. Natijada 1841-yil noyababr oyida Muhammad Alixon oʻz ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan amir Nasrullo Qoʻqonga bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu qirgʻinbarot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori mansabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan Qo'qon xonligi Buxoro noibi tomonidan boshqarila boshlangan. Amir noibi Qo'qon xonligi aholisiga ogʻir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842-yil yozda qoʻqonliklar qoʻzgʻolon koʻtaradi, amir Nasrulloga sodiq kishilarning koʻpchiligini oʻldiradilar va Norboʻtabiyning ukasi Hojibekning oʻgli Sheralini xon qilib koʻtarishadi. Buni eshitgan Buxoro amiri Qoʻqonga qoʻshin tortib oʻz hukmronligini qayta oʻrnatish uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga majbur boʻlgan. Natijada qoʻldan ketgan koʻpgina hududlar (Xoʻjand, Toshkent) yana Qo'qon xonligi ixtiyorida qoladi. Sheralixonning (1842–1845) taxtga oʻtirishida koʻmakchi va xayrixoh boʻlgan qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar bilan shugʻullangan va xon qoʻshinlarining tarkibini koʻproq qipchoq yigitlari bilan toʻldirgan. Musulmonqul oʻz mavqeidan foydalanib, Sheralixonga oʻz taʼsirini oʻtkazishga intilgan. Ammo xon bunga yoʻl qoʻymaslikka intiladi. Musulmonqul xondan norozi boʻlib, boshqalarning qoʻli bilan suiqasd uyushtirishga harakat qilgan. 1845-yil Oʻshda xonning soliq siyosatiga qarshi qoʻzgʻolon boshlanadi. Musulmonqul qoʻzgʻolonni bostirishga ketganida, uning sheriklari Olimxonning oʻgʻli Murodbekni Qoʻqonga taklif qilib taxtga oʻtqazganlar. Sheralixon oʻldirilgan. Taxtni saqlab qolish uchun Murodxon oʻzini Buxoro amirining noibi deb tan olishga majbur boʻlgan. Musulmonqulni mingboshi lavozimida qolganligi haqida farmon chiqaradi va uning Qoʻqonga qaytishini talab qiladi. Musulmonqul esa Oʻshdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qoʻqonga kelib, Murodxonni oʻldirib, yosh Xudoyorni xon deb eʼlon qiladi (qarang Xudoyorxon). Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda oʻzi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Natijada Musulmonqulga qarshi xonlik hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan boʻshatiladi. Musulmonqul oʻz mavqeini tiklamoqchi boʻlib, ruslar bilan aloqa oʻrnatishga intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853-yil bahorida maxfiy uchrashadi. Musulmonqulning rus qoʻmondoni vakili bilan uchrashgani va hokimiyatni oʻz qoʻliga olmoqchi boʻlganligidan xabar topgan oʻzbek va qirgʻiz zodagonlari (Muhammad Niyoz Qushbegi, Muhammad Rajab Qoʻrboshi, Muhammad Yoqubbek qushbegi va boshqalar) qipchoqlardan qutulish yoʻlini axtarib Xudoyorxonni oʻzlari tarafga ogʻdirib, 1853-yil qipchoqlar qirgʻinini boshlab yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan. Biroq Qo'qon xonligida oʻzaro taxt uchun kurashlar tinchimagan, yuqoridagi harbiy amaldorlar Xudoyorxonga qarshi fitna tayyorlaganlar, biroq u muvaffaqiyatsiz chiqqan (qarang Yoqubbek). Qisqa vaqt ichida xonlar bir necha marta almashgan (1852–62 yillarda Sheralixonning oʻgʻli Mallaxon, 1862–1863 yilda Shohmurodxon, 1863-yil may-iyunda yana Xudoyorxon, 1863-yil iyul – 1865-yillarda Mallaxonning oʻgʻli Sulton Sayidxon xon boʻlgan).
1865-yil Qoʻqonda qipchoq va qirgʻizlar Xudoyqulbekni tantanavor ravishda xon deb eʼlon qiladilar. U atigi 14 kungina xonlik qiladi, soʻngra barcha xazinani va qimmatbaho narsalarni olib, Qashqarga qochib ketgan. Xudoyorxon hech qanday qarshiliksiz Qoʻqon taxtini qayta egallagan (1865– 1875). Bunday beqaror ichki vaziyatdan foydalangan Rossiya Qo'qon xonligiga qarshi istilochilik harakatlarini boshlab yuborgan. Natijada 1853–1865 yillar davomida Oqmachit, Toʻqmoq, Pishpak, Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkentni va ularning atrof hududlarini bosib oladi. 1867-yil 14 iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini taʼsis etdi va Oʻrta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan turkiston general-gubernatorligini tashkil qildi. Chorizm bosqini tufayli Qo'qon xonligi chegaralari ancha qisqarib ketdi. Xazinaga tushadigan daromadlar keskin kamaydi. Xon xazinani toʻldirish uchun yangidan qoʻshimcha soliqlar joriy etdi. Xalq bundan norozi boʻlib 1871-yil Soʻxda gʻalayon koʻtaradi. Bu gʻalayon qurolli qoʻzgʻolonga aylanib ketdi. Oʻrta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan "Poʻlatxon" qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi. Rus qoʻshinlari qoʻzgʻolonchilarni yengdilar va Poʻlatxon asirga olindi. U 1876-yil 1 mart oyida Margʻilon shahrida dorga osiladi. Chor qoʻshinlari Qo'qon xonligini bosib olib, xonlikni rasman bekor qiladilar va oʻrniga Fargʻona viloyatini taʼsis etadilar.
Davlat tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qo'qon xonligida quyidagi mansablar mavjud boʻlgan: mingboshi, otaliq, shayx ul-islom, qozikalon, qushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik ogʻasi, inoq, shigʻovul, toʻqsoba, miroxur, qoravulbegi va boshqalar.
Qo'qon xonligida mavjud boʻlgan harbiy unvonlar quyidagicha boʻlgan: mingboshi – odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, oʻnboshi, zambarakchi va boshqalar ham bo’lgan. Bulardan tashqari, boshqa harbiy mansablar ham boʻlgan. Qoʻqonda yashagan sarboz va toʻpchilar faqat alohida vazifadagi noib, dodxohning doimiy tasarrufida boʻlganlar. Urush davrida noib, dodxoh oʻz qismiga harakatdagi qoʻshinning hamma sarbozlarini qabul qilgan, unga vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan amiri lashkar (bosh qoʻmondon)ga topshirardi.
19-asrning 1-yarmida Qo'qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning soʻl sohili bilan Qorategin oraligidagi Qoʻqon viloyati; Sirdaryoning oʻng sohilidan to Olatovgacha boʻlgan Namangan viloyati; Xoʻjand shahri; Xoʻjand bilan Toshkent orali-gʻidagi Oʻratepa viloyati. Xonlikning eng shimoliy viloyati Turkiston, Betpaqdala sahrolariga borib taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga Olay hududi, Balxash koʻli bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oraligʻidagi yerlar kirardi. Billurtogʻning gʻarbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Koʻlob, Shugʻnon singari bir qator togʻli tumanlar ham Qo'qon xonligiga tegishli edi. Bu yerlarni qoʻqonliklar 19-asrning 30-yillarida boʻysundirishgan boʻlsa-da, ular tez-tez qoʻldan-qoʻlga, koʻproq Buxoro amiri ixtiyoriga oʻtib turardi.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qo'qon xonligi aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Chorizm qoʻshinlari uning shim.gʻarbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Fargʻona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxminan 2 mln.ga tushib qoladi. Aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etgan. Shuningdek, tojiklar, qirg‘izlar va qashqar (uyg‘ur)lar ham yashashgan. Yashash tarziga ko‘ra, aholi o‘troq, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilardan iborat edi.
Iqtisodiy tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qo'qon xonligining aholisi, asosan, oʻzbeklar, tojiklar, qirgʻizlar, qozoqlar, uygʻurlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Qo'qon xonligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish turli xil boʻlgan. Xonlikka qarashli boʻlgan yerlar am-lok yerlar, vaqf yerlari, mulki xi-roj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar oʻrtasida yakka dehqon xoʻjaligi ham rivojlangan. Oʻz yerlaridan ajralgan kambagʻal dehqonlarning koʻpchiligi yirik yer egalari qoʻlida chorakorlik qilganlar. Yerning bahosi uning unumdorligi va qanchalik suv bilan taʼminlanganligiga qarab belgilangan. Xonlar sugʻorish tarmoqlari katta daromad manbai boʻlganligi sababli maʼlum darajada ularni saqlashga, sugʻorish inshootlarini yanada kengaytirishga yaxshi eʼti-bor berishgan. Qo'qon xonligida koʻplab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bogʻ-dorchilik hamda pillachilik taraqqiy etgan. Hunarmand-kosibchilik mazmunan boy va serqirra boʻlgan. Bular: misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, harbiy qurol ishlab chiqarish, sopol va koʻzagarlik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqimachilik, doʻppichilik, kashtachilik, koʻpriksozlik, temirchilik va shahrik.
Bulardan tashqari, xonlikda yer osti boyligi ham maʼlum darajada qazib olingan. Ammo ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. Mas, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan qimmatga tushardi. Qo'qon xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga ham olib chiqilar edi va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu soha maʼlum darajada rivojlana borgan.
Savdo-sotiq Qo'qon xonligi hayotida katta va muhim oʻrin egallagan. U ichki va tashqi savdoga boʻlingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, qad. davrdan beri oʻzaro koʻchmanchi chorvador, oʻtroq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi oʻzining ehtiyojlarini asosan oʻz xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan.
Qo'qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afgʻoniston, Eron va ayniqsa, Rossiya bilan boʻlgan tashqi savdo katta oʻrinni egallagan. Rossiya bilan olib borilgan savdo munosabatlari Qo'qon xonligi qishloq xoʻjaligi ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi va rus madaniyatining baʼzi jihatlari aholi turmush tarziga kira boshladi. Qo'qon xonligi Rossiyaning xom ashyo bazasiga va tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga uchra-shiga sabab boʻldi.
Qoʻqon, Margʻilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, boʻz va boshqalar) toʻqilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik tarmoqlarida xoʻjalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yaroqlar, zargarlik buyumlari, qogʻoz va boshqa nar-salar ishlab chiqarilgan. Yer osti boyliklaridan neft, oltin, kumush, mis, rux, temir, qoʻrgʻoshin va boshqa ham maʼlum miqdorda qazib olingan. Xonlikda paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bogʻdorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan.
Qo'qon xonligidan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta va ipak matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va boshqa mahsulotlar keltirilgan.
Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qoʻqon xonligining 18–19-asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy oʻzgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. 19-asrda Qo'qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda oʻsib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning oʻziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari sheʼriy yoki qisman sheʼriy yoʻlda yozildi. Bu esa qoʻqonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, oʻzlari ham sheʼriyatda qalam tebratganliklarini koʻrsatadi. Mas, "Tarixi jahonnamoyi" (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Roʻzi Muhammad soʻfi oʻgʻli), "Shohnoma" (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), "Shohnomayi Umarxoniy" (Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiy, u Fazliy Namangoniyning "Zafarnoma" asarini nasriy qilib yozgan). "Muntaxab at-tavorix" (Xoʻja Muhammad Hakimxon-toʻra bin Sayid Maʼsumxon), "Tarixi Shohruxiy" ("Tarixi sayyidi Xudoyorxon", Mullo Niyoz Muhammad Xoʻqandiy Niyoziy bin Mullo bin Ashur Muhammad Xoʻqandiy), "Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxoʻja ibn Qorixoʻja), "Shohnoma" (Mahzun Ziyovuddin Xoʻqandiy), "Jangnomai Xudoyorxon" (Shavqiy Namangoniy) va boshqa
19-asr boshlarida shakllangan Qoʻqon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta oʻrin tutgan. Qoʻqon hukmdorlarining qator namo-yandalari temuriylar anʼanasini davom ettirib, oʻzlari ham ilm-maʼri-fat bilan shugʻullanib, bu sohani rav-naq topdirishga katta saʼy-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qoʻqon xonlaridan Umarxon (1810–22) va muhammad Alixon (1822–41) davrlari yaqqol ajralib turadi.
Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qoʻqon xoni Umarxon), Boqixontoʻra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xoʻqandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxoʻja oʻgʻli), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuham-mad Yormuhammad oʻgʻli Pisandiy, Fazliy Namangoniy, Gʻoziy singari shoirlar xalq ichida mashhur edilar.
Qoʻqon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda oʻzbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur oʻzbek shoiralari isteʼdodi keng rivoj topdi. Mas, Dilshod otin, Zebuniso, Zinnat, Moh-zoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayricha ahamiyatga molik-dir.
Qoʻqon adabiy muhitining samarali taʼsiri oʻlaroq bu yurtdan keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa yetuk badiiy soʻz sanʼatkorlari yetishib chiqdilar va oʻz xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar.
Umuman olganda, 19-asrning oʻrtalariga kelib, Oʻrta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixshunoslik bilan bir qatorda mat., tibbiyot, geogr., astro-nomiyaga oid hamda diniy asarlar yara-tildi. Bu xonliklarda miniatyura va xattotlik sanʼati ham oʻz oʻrniga ega. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qoʻgʻirchoq teatri, masxa-rabozlik, ayniqsa, bastakorlik bir-muncha rivojlandi.
Qo'qon xonligining barcha bekliklarida madrasa, maktab va qorixonalar mavjud edi. Madrasalarda ham diniy, ham dunyoviy fanlar boʻyicha tanilgan mudarrislar, olimlar bor boʻlganligi uchun ham bu yerga turli mamla-katlardan koʻplab talabalar kelib oʻqishgan.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling