F. F. Bellinsgauzen va M. P. Lazarev tomonidan Antarktida kashf etildi. 1823-1825-yillarda O. E. Kotsebu Dunyo okeani bo‘ylab ekspeditsiyada marjon orollarining kelib chiqishini o‘rgandi, fizik E. Lens esa chuqurlikni o‘lchas


Download 284.96 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi284.96 Kb.
#1375035
Bog'liq
18-mavzu XIX-XXI asrlarda geografiyaning rivojlanishi Reja-fayllar.org


22.03 guruh talabasi
Mamatqulov Dilshodbek
Iqtsodiy va ijtmoiy geografiya fanidan mustaqil ishi
XIX-XXI asrlarda geografiyaning rivojlanishi

Reja


1. XIX-XX asrda geografiya
2. Hozirgi davr geografiyasi
3. XIX-XXI asrlarda geografiyaning rivojlanishi

XIX asr va XX asrning 1-yarmida geografiyaning rivojlanishi. Bu bosqichga kelib milliy geografiya jamiyatlari tashkil etilishi boshlandi. Jumladan, Fransiya (1821), Germaniya (1828), Buyuk Britaniya (1830), Rossiya (1845), Turkistonda esa 1897-yilda tuzilgan. Ko‘pgina davlatlar tomonidan yirik ilmiy tadqiqot ekspeditsiyalari uyushtirildi. 1821-yil F.F.Bellinsgauzen va M.P.Lazarev tomonidan Antarktida kashf etildi. 1823–1825-yillarda O.E.Kotsebu Dunyo okeani bo‘ylab ekspeditsiyada marjon orollarining kelib chiqishini o‘rgandi, fizik E.Lens esa chuqurlikni o‘lchash uchun birinchi bor batometrni qo‘lladi D.Livingston Afrikaning ichki qismlarini o‘rgandi. P.P.Semyonov-Tyanshanskiy boshchiligida O‘rta Osiyoning ichki hududlari o‘rganildi. R.Piri 1909-yilda Shimoliy qutbni, R.Amundsen esa 1911-yilda Janubiy qutbni zabt etdi. A.Gumboldt Yevropa, Amerika, Osiyoga ekspeditsiya uyushtirib, juda ko‘p ma’lumotlar to‘pladi. O‘simliklarning kenglik zonalligi va balandlik mintaqalanishi qonuniyatini aniqladi. Mazkur ma’lumotlarni umumlashtirgan bir necha jildlik "Tabiat manzarasi”, "Kosmos” kabi yirik asarlarini yozdi. Gumboldt tabiatni bir butun, qat’iy qonuniyatli va uzluksiz rivojlanadigan tizim sifatida qarab yangi geografiyani yaratdi. Bu geografiyaning vazifasi tabiatni rivojlanishda va bir butun, yaxlit hosila sifatida o‘rganish, tabiatdagi qonuniyatlarni aniqlash, jism va hodisalar orasidagi aloqadorliklarni, o‘zaro ta’sir va bog‘liqliklarni ochish va boshqalardir. D.Livingston Afrikaning ichki qismlarini o‘rgandi. P.P.Semyonov-Tyanshanskiy boshchiligida O‘rta Osiyoning ichki hududlari o‘rganildi. R.Piri 1909-yilda Shimoliy qutbni, R.Amundsen esa 1911-yilda Janubiy qutbni zabt etdi. A.Gumboldt Yevropa, Amerika, Osiyoga ekspeditsiya uyushtirib, juda ko‘p ma’lumotlar to‘pladi. O‘simliklarning kenglik zonalligi va balandlik mintaqalanishi qonuniyatini aniqladi. Mazkur ma’lumotlarni umumlashtirgan bir necha jildlik "Tabiat manzarasi”, "Kosmos” kabi yirik asarlarini yozdi. Gumboldt tabiatni bir butun, qat’iy qonuniyatli va uzluksiz rivojlanadigan tizim sifatida qarab yangi geografiyani yaratdi. Bu geografiyaning vazifasi tabiatni rivojlanishda va bir butun, yaxlit hosila sifatida o‘rganish, tabiatdagi qonuniyatlarni aniqlash, jism va hodisalar orasidagi aloqadorliklarni, o‘zaro ta’sir va bog‘liqliklarni ochish va boshqalardir.Ch.Layel tomonidan yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. V.V.Dokuchayev tomonidan tabiat zonalligi ta’limoti, A.A.Grigorev tomonidan geografik qobiq ta’limoti, V.A.Vernadskiy tomonidan biosfera ta’limoti yaratildi.Ch.Layel tomonidan yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. V.V.Dokuchayev tomonidan tabiat zonalligi ta’limoti, A.A.Grigorev tomonidan geografik qobiq ta’limoti, V.A.Vernadskiy tomonidan biosfera ta’limoti yaratildi.Bu bosqichning asosiy natijalari: geografiya jamiyatlari tuzildi. Shimoliy va Janubiy qutblar zabt etildi va dunyo xaritasida noma’lum bo‘lgan hududlar qolmadi. Ilmiy geografiya vujudga keldi. Okeanograf ya fani shakllandi. Meteorologik va gidrologik stansiyalar bunyod etildi. Atmosfera va okeandagi harakatlarning mohiyati ochib berildi. Yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. Bir necha ta’limotlar: tabiat zonalligi, geografik qobiq, biosfera ta’limotlari yaratildi.Bu bosqichning asosiy natijalari: geografiya jamiyatlari tuzildi. Shimoliy va Janubiy qutblar zabt etildi va dunyo xaritasida noma’lum bo‘lgan hududlar qolmadi. Ilmiy geografiya vujudga keldi. Okeanograf ya fani shakllandi. Meteorologik va gidrologik stansiyalar bunyod etildi. Atmosfera va okeandagi harakatlarning mohiyati ochib berildi. Yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. Bir necha ta’limotlar: tabiat zonalligi, geografik qobiq, biosfera ta’limotlari yaratildi.Hozirgi zamon bosqichi. Geografi ya fan-texnika inqilobi ta’sirida jadal rivojlanmoqda. Bu bosqichda geografi ya fanining rivojlanishidagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: geografi k tadqiqotlarda modellashtirish va tajriba usullari, geografi k axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalari, kosmik usullar keng qo‘llanilmoqda. Kosmik usullar yordamida aylanasimon tuzilmalar, atmosfera harakatlari, okean suvi aylanma harakati va chuqurdagi suvlarning ko‘tarilish jarayonlari aniqlandi. Insonning tabiatga ta’siri kuchayib, hatto geografi k qobiq doirasidan tashqariga chiqib ketdi. Shu munosabat bilan tadqiqotlar lokal (mahalliy) muammolar bilan bir paytda global muammolarga ham o‘z diqqatini qaratmoqda. Fanda tabaqalanish, ya’ni geografi k fanlar ichida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, landshaftshunoslikning ichida amaliy landshaftshunoslik, antropogen landshaftshunoslik kabi bo‘linishlar yuzaga keldi. Shuningdek, turdosh fanlar bilan “oraliqda” yangi yo‘nalish va fan tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan, geografi ya bilan tibbiyot oralig‘ida tibbiyot geografi yasi, geografi ya bilan tarix, fi lologiya oralig‘ida joy nomlarini o‘rganuvchi toponimika fani vujudga keldi.Hozirgi zamon bosqichi. Geografi ya fan-texnika inqilobi ta’sirida jadal rivojlanmoqda. Bu bosqichda geografi ya fanining rivojlanishidagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: geografi k tadqiqotlarda modellashtirish va tajriba usullari, geografi k axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalari, kosmik usullar keng qo‘llanilmoqda. Kosmik usullar yordamida aylanasimon tuzilmalar, atmosfera harakatlari, okean suvi aylanma harakati va chuqurdagi suvlarning ko‘tarilish jarayonlari aniqlandi. Insonning tabiatga ta’siri kuchayib, hatto geografi k qobiq doirasidan tashqariga chiqib ketdi. Shu munosabat bilan tadqiqotlar lokal (mahalliy) muammolar bilan bir paytda global muammolarga ham o‘z diqqatini qaratmoqda. Fanda tabaqalanish, ya’ni geografi k fanlar ichida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, landshaftshunoslikning ichida amaliy landshaftshunoslik, antropogen landshaftshunoslik kabi bo‘linishlar yuzaga keldi. Shuningdek, turdosh fanlar bilan “oraliqda” yangi yo‘nalish va fan tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan, geografi ya bilan tibbiyot oralig‘ida tibbiyot geografi yasi, geografi ya bilan tarix, fi lologiya oralig‘ida joy nomlarini o‘rganuvchi toponimika fani vujudga keldi. Geografiya eng qadimgi va hamisha navqiron fanlardan biri. Geografik kashfiyotlar, g‘oya va bilimlarning rivojlanish xususiyatlariga asoslanib, bu fanning tarixida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin.Qadimgi yoki antik davr bosqichi. Ibtidoiy odamlarning o‘zi yashab turgan joyni o‘rganish, yashash uchun qulay, tabiiy resurslarga boy joylarni topish va tasvirlashga bo‘lgan intilishlari asnosida dastlabki Geografik bilimlar to‘planib borgan. Er.avv. 2-ming yillikda finikiyaliklar O‘rta dengizdan Gibraltar bo‘g‘izi orqali suzib o‘tib, Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab Hindistongacha suzib borganlar. Shu paytdan Osiyo va Yevropa nomlari paydo bo‘lgan.


Bu davrda yunonlar va rimliklar o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan hududlarni tasvirlab yozish bilan birga xaritalarini ham tuzdilar. Gomer er.avv.XII asrda O‘rta dengiz va uning atrofini tasvirlovchi dunyo xaritasini tuzdi. Pifagorning shogirdlari er.avv. VI asrda Yerning sharsimonligini aytdilar. Aristotel, er.avv.IV asrda, Yerning sharsimonligini, issiqlik mintaqalari mavjudligini mantiqiy jihatdan isbotladi. Olamning markazida Yer turadi degan geotsentrik nazariyani ilgari surdi. Eratosfen er.avv. III asrda birinchi bo‘lib Yerning kattaligini o‘lchadi va "Geografika” nomli kitobini yozib, geografiya fanining mustaqil fan bo‘lib chiqishiga asos soldi. Eramizning II asrida Ptolemey 8 jildlik "Geografiya” asarini yozdi va xaritalarni tuzishda kartograf ya proyeksiyalar va daraja to‘rini ixtiro qildi, dastlabki "Atlas” ni yaratdi. Shu davrda Strabon ham 17 jilddan iborat "Geografiya” asarini yozdi. Bu bosqichning asosiy natijalari: geografiya fani vujudga keldi va "geografiya” nomli kitoblar yozildi, dunyo xaritalari tuzildi, geografik koordinatalar va daraja to‘ri ixtiro qilindi, Yerning sharsimonligi mantiqiy isbotlandi va o‘lchamlari aniqlandi.
O‘rta asrlar bosqichi.  Bu davrda geografiya, umuman, ilm-fan, asosan Sharqda, xususan, O‘rta Osiyo, Misr, Eronda rivojlandi. Geografiya fani, asosan o‘lkashunoslik, kartografiya, geodeziya yo‘nalishida rivojlandi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy IX asrda Yerning sharsimon ekanligini isbotlab, uning o‘lchamlarini nisbatan aniq o‘lchadi. "Surat-al-Arz” nomli kitob yozib, Sharq geografiyasiga asos soldi.
Geografiya fanining rivojida Abu Rayhon Beruniyning xizmati beqiyos. Uning geografiyaga oid 22 ta asari bo‘lib, shundan 12 tasi geodeziya, 4 tasi kartografiya, 3 tasi iqlimshunoslik, 3 tasi mineralogiyaga oid va hozirgi kunda ham dolzarb hisoblanadi. U yasagan globus esa Yerning sharsimonligini isbotlash va tushuntirishda, Shimoliy yarimshar tabiatini o‘rganishda tengi yo‘q manba bo‘lgan. U yunon va rim olimlaridan farq qilib olamning geliotsentrik tuzilishi nazariyasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.
Abdurazzoq Samarqandiy Hindistonga sayohat qilib, Eron, Pokiston, Arabiston dengizi haqida boy ma’lumotlar to‘pladi. Ahmad Farg‘oniy astronomiya, iqlimshunoslik gidrologiya fanlariga oid asarlar yaratdi. U Nil daryosining suv sarfini o‘lchaydigan "Nilometr” asbobini yaratib, daryolarning suv sarfini o‘lchash va unga bog‘liq ishlarni to‘g‘ri rejalashtirishga asos yaratdi. Umar Xayyom tomonidan ko‘plab xaritalar tuzildi. Yoqut Hamaviy geografik lug‘at – o‘sha davrdagi geografik bilimlar ensiklopediyasini tuzdi.Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma” asari orqali geografiya faniga katta hissa qo‘shdi.
Bu davrda yevropaliklar ham sayohatlar uyushtirib, geografik bilimlarning boyishiga sezilarli hissa qo‘shdilar. 982-yil Erik Rauda Grenlandiyani, uning o‘g‘li Leyve Eriksson esa Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy sohillarini o‘rgandi. 1271–1295-yillarda venetsiyalikMarko Polo Xitoyga safar uyushtiradi va uning ma’lumotlari Ptolemeyning xaritasida tasvirlanmagan joylarni to‘ldiradi. 1466–1472-yillarda A.Nikitin Hindistonga sayohat qilib "Uch dengiz osha sayohat” asarini yozadi.Bosqichning asosiy natijalari: Yerning shakli va o‘lchamlari aniqroq o‘lchandi, geodeziya, kartografiya, gidrologiya, iqlimshunoslik fanlari shakllandi va rivojlandi, o‘lkashunoslik va mamlakatshunoslikka bag‘ishlangan yirik asarlar yozildi, Sharq, xususan, O‘rta Osiyo geografiyasiga asos solindi.
Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi. XV asrning 2-yarmiga kelib, Yevropada tabiiy resurslar va xomashyoga boy deb hisoblangan Hindiston va Xitoyga yangi yo‘llarni topish ishlari boshlandi. Natijada "Buyuk geografik kashfiyotlar” qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar  asosan 3 ta yo‘nalishda olib borildi: 1) janubiy – Afrika bo‘ylab; 2) g‘arbiy – Atlantika okeani orqali; 3) shimoliy – Yevrosiyoning qutbiy o‘lkalari va shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab.
Ushbu bosqich 1492-yil ispaniyalik Xristofor Kolumbning Amerikaga 1-sayohatidan boshlanadi. X.Kolumb Amerikaga jami 4 marta borib, har safar yangi-yangi orollarni kashf etishiga qaramay, u yerlarni Hindiston emasligini bilmagan. 1499–1501-yillari Amerigo Vespuchchi Janubiy Amerika qirg‘oqlarini tekshirib, bu yerlar Hindiston emas, yangi yerlar ekanligini yozadi. 1507-yilda M.Valdzemuller "Kosmografiyaga kirish” nomli asarida bu yangi yerlarni "Terra Amerika” deb nomlaydi. Keyinchalik Merkator o‘zi tuzgan xaritalarida har ikki materikni ham shu nom bilan ataydi.
1498-yili portugaliyalik Vasko da Gama ekspeditsiyasi Afrikani aylanib o‘tib, Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochdi. 1519–1521-yillarda ispaniyalik Fernan Magellan ekspeditsiyasi dunyo bo‘ylab sayohatini amalga oshirdi. Natijada Yerning sharsimonligi amalda isbotlandi va Dunyo okeanining yaxlitligi ma’lum bo‘ldi.XVI asrda Angliya va Gollandiyalik sayyohlar ham Hindiston va Xitoyga dengiz yo‘lini ochish maqsadida shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishlarda ekspeditsiyalar o‘tkazdilar. Natijada Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy qirg‘oqlari va ko‘plab orollar o‘rganildi. Lekin dengiz yo‘lini ochishga muvaffaq bo‘linmadi. Shu ningdek, Amerikaning ichki o‘lkalarini, ya’ni angliyaliklar – AQSH hududini, fransuzlar – Kanada hududini tekshirdilar.
XVI asrning oxirlaridan boshlab Janubiy Osiyo, Avstraliya va Okeaniya hududlari ingliz va gollandlar tomonidan tekshirilib, zabt etila boshlandi. 1605-yilda golland sayyohi Yanszon Avstraliya materigini kashf qildi. So‘ngra 1641–1643-yillarda A. Tasman materikni aylanib chiqdi.
Shu davrda rus sayyohlari Sibir, Uzoq Sharq, Yevrosiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy qirg‘oqlarini, Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismigacha bo‘lgan hududlarni o‘rganib, xaritaga tushirdilar va tasvirlab yozdilar. 
Yuqorida aytilgan va boshqa o‘nlab ekspeditsiyalarda to‘plangan ma’lumotlar geografik bilimlarning kengayishiga va takomillashuviga olib keldi. 1544-yilda S. Myunsterning "Kosmografiya”, 1650-yili golland olimi B.Vareniusning "Umumiy geografiya” nomli asari bosilib chiqdi. G.Merkator xaritalarning matematik asosini, kartografik proyeksiyalarni ishlab chiqdi. Bularning bari ilmiy geografiya rivojlanishi uchun asos bo‘ldi.
Bu bosqichning asosiy natijalari: Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya materiklari kashf etildi; Yerning sharsimonligi va Dunyo okeanining uzluksiz, yaxlitligi amalda isbotlandi; ilgari noma’lum bo‘lgan Tinch okeanining mavjudligi va uning eng katta okean ekanligi, Yer yuzining katta qismi quruqlik emas, suvlikdan iboratligi aniqlandi.
Ilmiy geografik ishlar bosqichi. XVII asrga kelib fanlarning rivoj lanishida keskin ildamlash ro‘y berdi. Geografiyada maxsus ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Bunday ekspeditsiyalardan eng muhimlari: 1725–1741-yillarda V.Bering va A.Chirikov boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi, 1785–1788-yillarda J.Laperuz rahbarligidagi fransuz ekspeditsiyasi, 1768–1779-yillarda J.Kuk boshchiligidagi 3 marotaba dunyo bo‘ylab ingliz ekspeditsiyasi. Bu ekspeditsiyalar tomonidan Kuril orollari, Kamchatka va Chukotka yarimorollari, Osiyoning shimoliy qirg‘oqlari, Afrika va Janubiy Amerikaning ichki qismlari, Avstraliyaning sharqiy sohillari, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya, Janubiy Georgiya, Jamiyat, Gavayi, Kuk va boshqa orollar o‘rganildi.Yerning ichki qismlari, tektonik harakatlar haqidagi bilimlarning to‘planishi bilan tabiiy geografiyadan geologiya ajralib chiqdi, Yer yuzasi relyef, yer usti va osti suvlari, iqlim, shamollar, o‘simliklar haqidagi bilimlarning kengayishi esa geomorfologiya, gidrologiya, meteorologiya va geobotanika fanlarining mustaqil fan darajasida rivojlanishiga olib keldi. Ushbu bosqichda ilmiy ishlar, ko‘pincha o‘rganilgan yerlarning geografik tavsifga bag‘ishlangan bo‘lib, yangi kitoblar va xaritalar ishlangan.Bu bosqichda bir qancha nazariya va gipotezalar, kitoblar yaratildi. Bular: Kant-Laplasning kosmogonik nazariyasi; Pallasning geologik qatlamlarning yoshi haqidagi nazariyasi; Leybnitsning tog‘ hosil bo‘lishida vulqon harakatlari gipotezasi; M. Lomonosovning "Yer qatlamlari haqida”, "Atmosfera hodisalari haqida” kitoblari, Kantning "Tabiiy geografiyadan ma’ruzalar” kitobi va boshqalar.Bu bosqichning asosiy natijalari: Yer yuzining turli qismlari ilmiy o‘rganildi; fanda yangi nazariya va gipotezalar yaratildi; kartografik proyeksiyalar va relyefni tasvirlashning yangi usullari ixtiro qilindi; yirik asarlar va kitoblar yaratildi, geografiya fanining tarkibida bir qancha mustaqil fanlar rivojlandi. XIX asr va XX asrning 1-yarmida geografiyaning rivojlanishi. Bu bosqichga kelib milliy geografiya jamiyatlari tashkil etilishi boshlandi. Jumladan, Fransiya (1821), Germaniya (1828), Buyuk Britaniya (1830), Rossiya (1845), Turkistonda esa 1897-yilda tuzilgan. Ko‘pgina davlatlar tomonidan yirik ilmiy tadqiqot ekspeditsiyalari uyushtirildi. 1821-yil F.F.Bellinsgauzen va M.P.Lazarev tomonidan Antarktida kashf etildi. 1823–1825-yillarda O.E.Kotsebu Dunyo okeani bo‘ylab ekspeditsiyada marjon orollarining kelib chiqishini o‘rgandi, fizik E.Lens esa chuqurlikni o‘lchash uchun birinchi bor batometrni qo‘lladi. D.Livingston Afrikaning ichki qismlarini o‘rgandi. P.P.Semyonov-Tyanshanskiy boshchiligida O‘rta Osiyoning ichki hududlari o‘rganildi. R.Piri 1909-yilda Shimoliy qutbni, R.Amundsen esa 1911-yilda Janubiy qutbni zabt etdi.
A.Gumboldt Yevropa, Amerika, Osiyoga ekspeditsiya uyushtirib, juda ko‘p ma’lumotlar to‘pladi. O‘simliklarning kenglik zonalligi va balandlik mintaqalanishi qonuniyatini aniqladi. Mazkur ma’lumotlarni umumlashtirgan bir necha jildlik "Tabiat manzarasi”, "Kosmos” kabi yirik asarlarini yozdi. Gumboldt tabiatni bir butun, qat’iy qonuniyatli va uzluksiz rivojlanadigan tizim sifatida qarab yangi geografiyani yaratdi. Bu geografiyaning vazifasi tabiatni rivojlanishda va bir butun, yaxlit hosila sifatida o‘rganish, tabiatdagi qonuniyatlarni aniqlash, jism va hodisalar orasidagi aloqadorliklarni, o‘zaro ta’sir va bog‘liqliklarni ochish va boshqalardir. Ch.Layel tomonidan yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. V.V.Dokuchayev tomonidan tabiat zonalligi ta’limoti, A.A.Grigorev tomonidan geografik qobiq ta’limoti, V.A.Vernadskiy tomonidan biosfera ta’limoti yaratildi.Bu bosqichning asosiy natijalari: geografiya jamiyatlari tuzildi. Shimoliy va Janubiy qutblar zabt etildi va dunyo xaritasida noma’lum bo‘lgan hududlar qolmadi. Ilmiy geografiya vujudga keldi. Okeanograf ya fani shakllandi. Meteorologik va gidrologik stansiyalar bunyod etildi. Atmosfera va okeandagi harakatlarning mohiyati ochib berildi. Yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. Bir necha ta’limotlar: tabiat zonalligi, geografik qobiq, biosfera ta’limotlari yaratildi.Hozirgi zamon bosqichi. Geografiya fan-texnika inqilobi ta’sirida jadal rivojlanmoqda. Bu bosqichda geografiya fanining rivojlanishidagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: geografik tadqiqotlarda modellashtirish va tajriba usullari, geografik axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalari, kosmik usullar keng qo‘llanilmoqda. osmik usullar yordamida aylanasimon tuzilmalar, atmosfera harakatlari, okean suvi aylanma harakati va chuqurdagi suvlarning ko‘tarilish jarayonlari aniqlandi. Insonning tabiatga ta’siri kuchayib, hatto geografik qobiq doirasidan tashqariga chiqib ketdi. Shu munosabat bilan tadqiqotlar lokal (mahalliy) muammolar bilan bir paytda global muammolarga ham o‘z diqqatini qaratmoqda.
Fanda tabaqalanish, ya’ni geografik fanlar ichida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, landshaftshunoslikning ichida amaliy landshaftshunoslik, antropogen landshaftshunoslik kabi bo‘linishlar yuzaga keldi. Shuningdek, turdosh fanlar bilan "oraliqda” yangi yo‘nalish va fan tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan, geografiya bilan tibbiyot oralig‘ida tibbiyot geografiyasi, geografiya bilan tarix, filologiya oralig‘ida joy nomlarini o‘rganuvchi toponimika fani vujudga keldi. Geografiya yoki joʻgʻrofiya (yunoncha Geo (γη) yoki Geya (γαια) — "Yer" hamda grafein (γραφειν) — "tasvirlamoq" yoki "yozmoq yoxud "xaritalamoq") — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini Geografiya soʻzi bilan ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194 yillarda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9— 10-asrlardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida „surati arz“, „etti iqlim“, „Kitob almasolik valmamolik“ („Mamlakatlar va masofalar kitobi“) iboralari qoʻllanilgan. 19-asrda va 20-asr boshlarida oʻzbek tilida Geografiya arabcha talaffuz bilan „jugʻrofiya“ shaklida yozilgan. Keyinroq Geografiya shakli rasmiy tus oldi. Hoz. davrda „Geografiya“ oʻrniga „Geografiya fanlari sistemasi“ iborasini qoʻllash ilmiy jihatdan toʻgʻriroqdir.
Geografiya fanlari sistemasi 3 asosiy tarmoqqa boʻlinadi: a) tabiiy, yaʼni tabiiy geografik fanlar — ularga tabiiy geografiya (umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani oʻz ichiga oladi), geomorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyatsiologiya, geokriologiya, tuproklar Geografiyasi va biogeografiya kiradi; b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va regional iqtisodiy Geografiya, xoʻjalik tarmoqlari Geografiyasi (sanoat Geografiyasi, qishloq xoʻjaligi Geografiyasi, transport Geografiyasi va b.), aholi Geografiyasi, siyosiy Geografiya; v) haritagrafiya. Undan tashqari Geografiyaga mamlakatshunoslik, tibbiy Geografiya, rekreatsiya va harbiy Geografiyaham kiradi. Keyingi yillarda, koinotni oʻrganish rivojlanishi bilan selenografiya (Oy Geografiyasi), kosmos yershunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik kemadan turib Yer yuzasining suratini olish va haritasini tuzish usullari ham yaratildi. Geografiya eng qadimgi fanlardandir. Odamzod paydo boʻlgandan keyin muayyan davr oʻtgach, tabiiy muhit bilan jamiyatning oʻzaro munosabatlari natijasida, ovchilik, yerni ishlash va savdo-sotiq ehtiyojlariga koʻra yaqin-uzoq masofalarga borib kelish, tevarak-atrofni bilish va turli-tuman xalklar oʻrtasida oʻzaro muomala qilish boshlangan. Odamlar ilmiy-amaliy maqsadlarda dengiz yoʻllarini va joylarning tabiatini, xoʻjaligi va xalqlarini oʻrganib turganlar. Shu yoʻllar bilan geografik maʼlumotlar toʻplangan, devor va toshlarga bitilgan, qogʻozga yozilgan. Mil. av. qadimgi dunyoning madaniyat markazlarida (Turon, Shimoliy Hindiston, Xitoy, Bobil va Ossuriya, Misr va Yunonistonda) dastlabki ilmii xulosalarga erishildi. Doira 360 gradusga boʻlindi, sutka 24 soat deb belgilandi, geografik kenglik va uzunlik ifodalari yuzaga keldi. Yer shar shaklida degan fikr maydonga keldi (yunon olimlari Fales, Pifagor, Eratosfen va Aristotel), dastlabki globus va ibtidoiy harita yasaldi (Anaksimandr), dunyo qitʼalariga nom berildi. Iskandariyalik matematik va geograf Eratosfen (mil. av. 3-asrda) Yer aylanasining uzunligini oʻlchab koʻrgan va Yer meridianining (hoz. oʻlchov birligida) 39816 km ligini aniqlagan. Bu esa haqiqiy uzunligiga ancha yaqindir. Yer yuzida issiq, moʻʼtadil va sovuq mintaqalar borligi, yaʼni geografik zonallik tushunchasi ham qadimgi dunyo Geografiyasining nazariy yutuqlaridandir. Oʻsha davrda baʼzilar Yer yuzida suvlik koʻp desalar, boshqalar, aksincha, quruqlik koʻp der edilar. Shuningdek, Quyosh bilan Yerning munosabati xususida ham ikki mulohaza boʻlgan. Ayrim olimlar (ayniqsa Ptolemey) olamning markazini Yer hisoblab, Quyosh va sayyoralar esa uning atrofida aylanadi (geotsentrik nazariya) desalar, boshqa olimlar geliotsentrik nazariyani ilgari surdilar, yaʼni olamning markazi Quyoshdir, Yer va b. sayyoralar uning atrofida aylanadi deganlar. Aleksandr (Iskander Makduniy)ning Eron, Turon va Hindistonga yurishlari hamda finikiyaliklarning Oʻrta dengiz va Afrika tevaragidagi suzishlari geografik tasavvurlarni birmuncha kengaytirdi. Umuman, yunon olimlari Sharqdagi ilm-fan markazlarining yutuqlaridan xabardor boʻlganlar va ulardan oʻz asarlarida foydalanganlar. Strabon (mil. av. 63 yil — mil. 21 yil) dunyo Geografiyasidan 17 jildli kitob yezdi (2 jildi umumiy Geografiya, 8 jildi — Yevropa, 1 jildi — Afrika, 6 jildi — Osiyo), Klavdiy Ptolemey (90—168 yillar) Geografiya va haritagrafik proyeksiyalarga doyr 8 jild kitob yezdi. Turonlik va eronliklarning muqaddas kitobi Zend Avestoda ayrim geografik maʼlumotlar bor. Unda dunyodagi mamlakatlar — Eronvej, Sugd, Muru (Marv), Baxdi (Baqtriya), Nisoim (Jan. Turkmenistan), Hoʻruyu (Xirot), Hafta Hendu (Yetti Hindiston) va b. tilga olingan, baʼzilari taʼriflangan.
Oʻrta asrlarda vizantiyalik Zemarx (6-asr) Sharqiy Dashti Qipchoqqa sayohat qildi, normanlar (skandinaviyaliklar) 9—10-asrlarda Atlantika okeanining shimolida suzib, Islandiya, Grenlandiya va Shimoliy Amerikagacha safar qildilar, rus pomorlari Shimoliy Muz okeanidagi ayrim orollarni oʻzlashtira boshladilar. 13-asr oʻrtalarida Fransiya qiroli Lyudovik IXning elchisi sifatida Oʻrta Osiyoga Rubruk kelib ketdi, italiyalik Plano Karpini Mongoliyagacha yetib bordi. Oʻrta asrlarda yevropaliklarning geografik tasavvurlariga eng katta taʼsir etgan voqea — Marko Poloning 25 yil davom etgan Xitoy sayohati (13-asr oxiri) boʻldi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida madaniyatning yuksalishi, bir qancha mustaqil davlatlarning barpo etilishi, savdo-sotiq avj olishi natijasida Turkiya, Iroq, Eron, Hindiston va Movarounnahrda Geografiya fani ancha rivoj topdi. Uning eng yirik namoyandalaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy (8-asr oxiri — 9-asr oʻrtalari) Geografiyaga doyr „Surat ul-arz“ kitobini yezdi. Unda dunyodagi 537 shaharning koordinatalari va qisqacha izohi berilgan. Aslida bu kitob kattagina bir geografik atlasning izohnomasi boʻlgan. Xorazmiy bu kitobini yozishda Ptolemeyning „Geografiya“ asaridan qisman foydalangan. Bu bilan qadimgi dunyo Geografiyasining merosi saqlab qolindi. 9-asrdan eʼtiboran arab va fors tillarida yaratilgan barcha geografik asarlar Xorazmiy kitobiga asoslangan. Shunday qilib, Xorazmiy butun Sharq Geografiyasining asoschisi boʻlib qoldi. Ahmad Fargʻoniy (9-asr) va Abu Abdulla Jayxoniy (9—10-asr)lar ham geografik asarlar yaratishdi. Fargʻoniy Misrdagi Nil daryosi suvining sathini kuzatish uchun Qohira shahri yonida „miqyos jadidi“ — nilometrni yaratganini alohida taʼkidlash lozim. Bundan tashqari Quyosh tutilishi, Yerning yumaloq shaklda ekanligini isbotlagan. Yerning oʻlchamlari toʻgʻrisida hoz. zamon maʼlumotlariga juda ham yaqin boʻlgan kattaliklarni ishlab chiqqan. Abu Zayd ibn Sahl Balxiy (850—934) „Suvor ulaqolim“ („Iqlimlar surati“) geografik asarini yozib, unga koʻpgina haritalarni ilova qildi, Abu Zayd asarini eronlik Istahriy va Ibn Havqal yana kengaytirib, „Kitob almasolik valmamolik“ asarini yozdilar. 10-asrda yashagan arab geograflari Masʼudiy va Muqaddasiylar, 12-asr olimi Idrisiy oʻz zamonasi ahdini dunyo Geografiyasi bilan tanishtirishda katta xizmat qildilar. Sharq Geografiyasi faniga Beruniy va Ibn Sinoning taʼsiri juda katta boʻldi. Beruniyning barcha yirik asarlari („Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“, „Hindiston“, „Mineralogiya“, „Geodeziya“, „Maʼsud qonuni“) koʻp jihatdan Geografiyaga taalluqli. Beruniy Sharqda birinchi boʻlib globus yasadi, „Maʼsud qonuni“ kitobida 603 joyning geografik koordinatalarini aniqlab yozdi, boshqa bir kitobiga dunyo haritasini ilova qildi. Beruniy Hindistonda turib, Yer aylanasining uzunligini oʻlchadi. „Geodeziya“ kitobida Amudaryoning oqimi oʻzgargani va Qoraqum choʻlining paydo boʻlishini tasvirladi va h. k. U nazariy jihatdan ilk bor gʻarbda, Atlantika okeani ortida katta quruqlik mavjudligini taʼkidlagan. 5 asrdan soʻng yevropaliklar bu quruqlikning Amerika qitʼasi ekanligini kashf etganlar. 11-asrda balxlik Nosir Hisrav 7 yil davomida sayohat qilib, 15 ming km yoʻl bosdi — Movarounnahrdan Afrika shim.gacha, Arabiston va Hindistongacha sayohat qilib, „Safarnoma“ kitobini yozdi. Maxmud Koshgʻariy Markaziy Osiyodan Kichik Osiyo yarim orolgacha kezib, turkiy qabilalarning tili, urf-odatlari, shaharlari, daryo-koʻllari, togʻyaylovlarini tasvirlagan „Devonu lugʻotit turk“ asarini yozib qrldirdi. Kitobga dunyo haritasi ham ilova qilingan. 13-asr boshida Marv sh.da (hoz. Turkmanistonning Mari sh.dan 30 km sharada) yashagan Abdulla Yoqut Hamaviy „Mujam ul-buldon“ geografik lugʻatini yozgan. Shimoliy afrikalik (marokashlik) arab Ibn Battuta 14-asrning eng mashhur sayyohidir, u 25 yil mobaynida 100 ming km dan ortiq masofani kezib chiqdi — Arabiston ya. o., Hindiston, Xitoy, Sumatra o., Movarounnahr, Janubiy Yevropa va Sahroi Kabirni sayohat qildi. 15-asr boshlarida Samarqand rasadxonasida temuriy hukmdor Mirzo Ulugʻbek rahbarligida astronomik va geografik jadvallar tuzi l di. Ali Qushchi Samarqandda va Istanbulda geografik asarlar yozdi. 16-asr boshida Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga kelib, mashhur tarixiy-geografik asar — „Boburnoma“ni yaratdi. 15-asr oʻrtasi — 17-asrda Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida deyarli barcha materiklarning shakli belgilandi, yer yuzasining katta qismi tadqiq qilindi, nomaʼlum mamlakatlarning tabiati va xoʻjaligi haqida maʼlumotlar olindi. 17-asrning 1- yarmida yashagan gollandiyalik geograf B. Vareniusning „Umumiy geografiya“ kitobi oʻsha davrning eng yirik geografik asari boʻldi. Varenius birinchi boʻlib Yer haqidagi bilimlar sistemasidan umumiy geografiya va xususiy regional geografiyani ajratdi. 16—17-asrlarda haritagrafiya boʻyicha katta muvaffaqiyatlarga erishildi, haritagrafik proyeksiyalar ishlab chiqildi (Geografiya Merkator). 18-asr oxiri va 19-asr davomida Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliyaning ichki rayonlarida geografik tadqiqotlar olib borildi. 19—20-asrlarda Markaziy Osiyoda ilmiy tadqiqotlar qilindi.
Tabiiy geografiya. Oʻzbekistonda, bu-tun Oʻrta Osiyodagi kabi, oʻlkaning ta-biiy sharoiti hamda tabiiy resurslarini kompleks tadqiq etish va geografik gʻoyalarning bu jarayon bilan bevosita bogʻliq holda rivojlanishi 4 asosiy ilmiy yoʻnalishda amalga oshib, takomillasha bordi. Bular: qiyosiy-tasviriy, tabiiy-tarixiy, ekologik-geografik va regional landshaftshunoslik yunalishlaridir.
Oʻrta Osiyoda tabiiy-geografik tadqiqotlarning qiyosiy-tasviriy (tasviriy geografiya) yoʻnalishi 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshida vujudga keldi. Turli hududlarning geografik tasvirini yaratishda P. P. Semyonov-Tyanshanskiy, I. V. Mushketov, A. P. Fedchenko. V. A. Obruchev, V. I. Masalskiy va L. S. Berg kabi rus tabiatshunoslari hissa qoʻshdilar. Bu yoʻnalish N. L. Korjenevskiyning qiyosiy-tasviriy geografik tadqiqotlarida oʻz ifodasini topdi. Respublikada bu ilmiy yoʻnalishda N. G. Mallitskiy, O. Yu. Poslavskaya, N. D. Dolimov, M. Q. Qoriyev, O. A. Moʻminov koʻp yillar ilmiy faoliyat koʻrsatib, oʻlkaning turli qismlari va butun Oʻzbekistonni tabiiy geografik tasvirlashga munosib hissa qoʻshdilar.
Oʻzbekistonda geografik tadqiqotlarningtabiiy- tarixiy yoʻnalishi 20- a. boshida oʻlkani ruslar tomonidan oʻrganish jarayonida shakllandi. Bu ilmiy yoʻnalish turli hududlar tuproq va oʻsimlik qoplamini landshaftlar fonida majmuali oʻrganish metodikasi va metodologiyasiga asoslangan va uning yirik markazi Oʻrta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika instituti edi.
Ekologik-geografik yoʻnalish 1920—30yillarda shakllandi.
Bu yoʻnalishning vakillari ekolog va geograflar D. N. Kashkarov (1878— 1941)va Ye. P. Korovin (1891-1963) edi. Oʻrta Osiyo choʻllari va baland togʻlari oʻziga xos tabiiy kompleks va „hayot makoni“ sifatida qiyosiy ekologik va geografik jihatdan oʻrganildi. Bu maktabning ilmiy gʻoyalarini yangi yuqori bosqichga koʻtarishda Oʻzbekiston akademiklari zooekolog T. 3. Zohidov va botanik-geograf hamda ekolog Q. 3. Zokirovlar salmokli hissa qoʻshdi. T. 3. Zohidov choʻllar ekologik biotsenologiyasi, Q. 3. Zokirov esa Oʻrta Osiyo fitoekologiyasi, oʻsimlik qoplamini ekologik toifalashtirish hamda integral balandlik mintaqalari (choʻl, adir, togʻ, yaylov)ni ajratish masalalari boʻyicha oʻz yoʻriqnomalarini yaratdilar.
Regional landshaftshunoslik yoʻnalishi yuqoridagi uch kompleks yoʻnalish va koʻplab tarmoq geografik yoʻnalishlarning sintezi sifatida vujudga keldi. Bu yoʻnalishga doyr ilk tadqiqotlar 1929—30 yillarda olib borildi. Oʻrta Osiyo kompleks tabiiy-tarixiy rayonlashtirildi va ayrim yirik hududlarning landshaft haritalari tuzildi. 1943-yil Oʻrta Osiyoning ekologik tamoyillar asosida majmuali geografik rayonlashtirish konsepsiyasi va sxemasi yaratildi. 1950-yillar oxiridan Oʻrta Osiyoni tabiiy rayonlashtirish va landshaft haritalarini yaratish bilan Oʻrta Osiyo davlat universitetining geograf olimlari shugʻullandilar. 1960—70 yillarga kelib, Oʻzbekistonda mahalliy landshaftshunos olimlarning safi shakllandi. Ular Moskva (P. B. Baratov, A. A. Rafikov, M. U. Umarov, P. N. Gʻulomov, A. Mamatov, B.O. Baxriddinov, O. Raxmatullayev, S. Abdullayev, I. Abdugʻaniyev), Sankt-Peterburg (A. Saidov, M. Rasulov, Sh. Ergashev, T. Rahimov, Yu. Sultonov), Lvov (L. Alibekov, T. Jumaboyev), Voronej (A. Abdulqosimov), Boku (S. A. Nishonov), Ashxobod (I. Nazarov), Qozon (T. Ollonazarov) va Toshkent (Sh. S. Zokirov, I. A. Hasanov, A. Zayniddinov, A. Soatov) landshaftshunoslik maktablariga mansubdirlar. Ularning har biri muayyan hududlarni rayonlashtirish va landshaft xususiyatlarini tahlil qilish, tabiiy resurslarni baholash bilan shugʻullandilar. Meliorativ geografiya (A. A. Rafiqov, I. A. Hasanov), rekreatsiya geografiyasi (3. Mahamatillayev, A. Zokirov), landshaftlar rekultivatsiyasi (H. Vahobov) va geokimyosi (I. N. Stepanov, Oʻ. Abdunazarov, H. Maʼsudov) boʻyicha ham tadqiqotlar oʻtkazdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tarkibidagi Geografiya ilmiy tadqiqot boʻlimi 1958-yildan boshlab geografik tadqiqotlar olib bordi.
Tabiiy geografiya, landshaftshunoslik va ekologiyaga doyr tadqiqotlar Toshkent sh.dan tashqari Samarkand (L. Alibekov, A. Abdulkrsimov. O. Rahmatullayev), Jizzax (S. A. Nishonov), Fargʻona (O. Yu. Sultonov, A. Maqsudov, I. Abdugʻaniyev), Buxoro (I. Nazarov), Qarshi (A. Mamatov, S. Abdullayev) va b. shaharlarda ham olib boriladi.
Geomorfologiya. Oʻzbekistonda geomorfologiya va u bilan bogʻliq toʻrtlamchi davr shakllanishi geomorfolog Yu. A. Skvorsov va geolog N. P. Vasilkovskiylar nomi bilan, Respublika geomorfologiyasining keyingi yutuqlari geograf-geomorfologlardan — O. Yu. Poslavskaya, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin, M. M. Mamatqulov, E. D. Mamedovlarning koʻp yillik tadqiqotlari bilan bogʻliq.
Meteorologiya va iqlimshunoslik. Bu soha boʻyicha respublikada mumtoz iqlimshunoslik (klimatografiya), sinoptik meteorologiya va dinamik iqlimshunoslik, mikroiqlimshunoslik, agrometeorologik hamda agroiqlimshunoslik, bioiqlimshunoslik va shahar iqlimshunosligi ilmiy yoʻnalishlari vujudga keddi.
Mikroiqlimiy va agrometeorologik tadqiqotlar 20-yillarda Mirzachoʻlda voha iqlimini oʻrganishga doyr ishlar bilan boshlandi. 1950- yillardan Oʻrta Osiyo davlat universitetida agrometeorologiya, yerga yaqin havo qatlamlari fizikasi boʻyicha muntazam tadqiqotlar olib borildi va unda L. N. Babushkin, A. T. Muqminova, M. A. Orifxonova kabi koʻplab meteorolog hamda iqlimshunoslar ishtirok etdi. Agrometeorologik va agroiqlimiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga S. A. Sapojnikova, F. A. Muminov, D. Matmurodov, A. S. Hasanov, A. Abdullayev kabi tadqiqotchilar ham munosib hissa qoʻshdilar.
Sinoptik meteorologiya va dinamik ikdimshunoslikka doyr ishlar Toshkentda V. A. Jorjio, V. A. Bugayevlar faoliyati (1930—60 yillar) bilan bogʻliq.
B. A. Ayzenshtat Oʻrta Osiyo landshaftlari, xususan qumli choʻllarning balansini oʻrganish bilan shugʻullandi.
Gidrologiya. Oʻrta Osiyo gidrologiyasi bilan E. M. Oldekop va L. K. Davidovlar, 1950—70 yillarda togʻ gidrologiyasi bilan V. L. Shuls shugʻullandi. U Oʻrta Osiyoni geografik-gidrologik tamoyillar asosida rayonlashtirdi va oʻlka suv oqimining asosiy qonuniyatlarini bayon etdi. V. L. Shulsning rahbarligida L. I. Shalatova, I. R. Alimuhamedov gidrolog tadqiqotchilar yetishib chikdi.
Oʻrta Osiyo gidrologiyasi boʻyicha ilmiy ishlar O. P. Shcheglova va uning shogirdlari G. Ye. Glazirin, A. R. Rasulov, R. S. Saidova, F. Hikmatov va b.ning faoliyati bilan bogʻliq.
Respublikada sel oqimlarini geografik va gidrologik oʻrganish bilan F. K. Kocherga, P. M. Karpov, T. Mustafaqulov, R. G. Vafin, V. P. Pushkarenko, S. Toʻlaganov va A. Saidovlar shugʻullandilar.
Gidrologik tadqiqotlar majmuida daryo oʻzanidagi dinamik jarayonlarni oʻrganish S. T. Altunin va A. M. Muhamedov rahbarligida amalga oshirildi.
1960-yillardan R. A. Alimov, A. 3. Zohidov, V. P. Svetitskiy, N. I. Zudina va b. obikor yerlar suv balansi va tuz rejimini oʻrganish boʻiicha ishlar olib bordilar.
Xoʻjalikka xizmat koʻrsatish nuqtai nazaridan gidrologik bashorat boʻiicha oʻtkazilgan tadqiqotlar P. M. Mashukov va 3. V. Jorjiolar nomi bilan bogʻliq. Gidrologik jarayonlarni modellashtirish muammolari boʻyicha Yu.N. Ivanov, Yu. M. Denisovning tadqiqotlari diqqatga sazovor. Obikor dehqonchilik bilan bogʻliq gidrologiya muammolari ham olimlarning diqqat markazida boʻldi (G. N. Trofimov, N. K. Lukina, Ye. M. Vidineeva, Q. Domlajonov va b.).
N. L. Korjenevskiy 1930-yil Oʻrta Osiyo muzliklarining katalogi (jadvali)ni yaratdi va koʻpgina togʻ muzliklarini birinchi boʻlib tavsifladi. Keyinchalik Oʻzbekistonda G. Ye. Glazirin, V. G. Konovalov, V. F. Suslov, A. S. Shchetinnikov, V. Nozdryuxin, A. A. Kreyter, M. A. Nosirov, A. Akbarov kabi glyatsiolog mutaxassislar yetishib chiqdi.
Oʻrta Osiyo koʻllarini oʻrganishga olimlardan N. L. Korjenevskiy, L. A. Molchanov, N. G. Mallitskiy, A.M. Nikitin va b. hissa qoʻshdilar.
Oʻzbekistonda gidrometeorologik tadqiqotlarning asosiy markazlari V.A. Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo regional gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituta (Toshkent), Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Geologiya va geofizika hamda Suv muammolari institutlaridir.
Ilmiy va amaliy gidrologik tadqiqotlar asosan gidrometriya, suv eroziyasi va oʻzan jarayonlarini oʻrganish (A. R. Rasulov, T. Joʻrayev, S. R. Saidova, M. Mirziyotov, F. Xikmatov), gidrokimyo (E. Chembarisov, K. Domlajonov), gidroekologiya (A. Nazarov, A. Abdurahmonov, 3. Sirliboyeva), gidromelioratsiya (Sh. Yunusov, E. Joʻrabekov) va irrigatsiya tarixi (A. Razzoqov), suv resurslarini oʻrganish (Sh. Murodov, S. Karimov, U. Tursunov), muzlikshunoslik (M. A. Nosirov, A. Akbarov), koʻlshunoslik (O. Nuriddinov) kabi yoʻnalishlar boʻyicha muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Tuproqlar geografiyasi. 1920-yil Oʻrta Osiyo universiteti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika institutida tuproqshunos N. A. Dimo rahbarligida tuproq qoplami geografik landshaftlarning tarkibiy qismi va koʻzgusi, ayni vaqtda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosi hamda resursi sifatida oʻrganildi.
Regional tuproqshunoslikning xilmaxil muammolari ustida A. M. Rasulov, A. Maksudov, H. Maqsudov va A. Neʼmatov, J. S. Sattorov va L. Tursunovlar tadqiqotlar olib borgan.
Oʻzbekistonda geografik tuproqshunoslik Oʻrta Osiyo tuproqlarini geografik, ekologik va geokimyoviy jihatdan oʻrganish asosida rivojlandi (Oʻ. Abdunazarov, H. Maʼsudov, L. Kamolov va b.).
Biogeografiya. Biogeografik tadqiqotlar maktabining asoschilari zoolog D. N. Kashkarov bilan botanik Ye. P. Korovindir.
Oʻzbekistonda biogeografik tadqiqotlar ayni vaktda ularning ikki asosiy tarmogʻi — botanik geografiya va zoogeografiya yoʻnalishlarida ham shakllandi. 1920—40 yillarda oʻlka oʻsimliklari va hayvonoti geografik-ekologik oʻrganildi (M. P. Popov, R. I. Abolin, Ye. P. Korovin, P. A. Baranov, I. A. Raykova, M. M. Sovetkina, I. I. Granitov).
Oʻzbekistonda botanik geografiyaning rivojlanishi va milliy ilmiy kadrlarni yetishtirishda akademik K- 3. Zokirov va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi I. I. Granitov salmoqli hissa qoʻshdilar.
1950-yillardan boshlab oʻsimliklar geografiyasi, ekologiyasi va fiziologiyasi boʻyicha oʻzbek botaniklaridan — M. M. Orifxonova, P. Q. Zokirov, X.
M. Oxunovning ilmiy asarlari bosilib chiqdi. Shuningdek, botanik-geografik ilmiy tadqiqotlar rivojiga D. K. Saidov, M. M. Nabiyev, T. A. Odilov, O. X. Hasanov, A. I. Usmonov, Oʻ. Pratov, S. S. Soatovlar ham muayyan hissa qoʻshdilar.
Hayvonlar geografiyasiga doyr tadqiqotlarni Oʻzbekistonda zooekolog D. N. Kashkarov va zoogeograf N. A. Bobrinskiylar olib bordi. Oʻzbekiston zoogeografiyasining keyingi rivoji T. 3. Zohidov, I. I. Kolesnikov, R. N. Meklenbursev, H. Solihboyev, Gʻ. S. Sultonov, V. P. Kostin, G. I. Ishunin va b.ning ilmiy faoliyati bilan bogʻliq.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. Respublikada iqtisodiy va demogra-fik tadqiqotlar 1920-yillardan boshlangan. Iqtisodchi hamda geograflar G. N. Cherdansev, N. N. Kojanov, N. K. Yaroshevich, Yu. I. Poslavskiy, A. I. Golovin va b. iqtisodiy rayonlashtirishning nazariy va amaliy muammolari, Oʻrta Osiyo ishlab chiqaruvchi kuchlarini hududiy joylashtirish hamda ri-vojlantirish masalalari, aholi va qishloq aholi turar joylarini mufassal oʻrganish muammolari bilan shugʻullandilar.
50-yillarda 3. M. Akramov, K. N.Bedrinsev, K. I. Lapkinlar qishloq xoʻjaligini iqtisodiy tahlil qildilar.

Xulosa


20-asrda Turkistonda geografiya taʼlimi rivojlandi. M. Behbudiyning „Qisqacha umumiy geografiya“ (1902), „Aholi geografiyasiga kirish“ (1903), Fotih Karimning „Geografiya“ (1914), Muhammad Aminkarimiyning „Jugrofiyai riyoziy“ (1914), Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlining „Yer yuzi“ (1915), N.I. Balashovning „Turkiston geografiya oʻqumligi“ (1922) darsliklari nashr etildi. 1930 yildan1990 yilgacha umumiy taʼlim maktablarida faqat Oʻzbekiston tabiiy va iqtisodiy geogr.si mahalliy mualliflar yozgan darslik va qoʻllanmalar asosida oʻqitildi. G.ni oʻqitish metodikasi boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, darsliklari nashr qilindi. Geografiyaga oid O. Ibrohimovning „Geografiya terminlari“ (1935), M. Bektemirov va Saidrasulovning „Qisqacha ruscha-oʻzbekcha geografiya terminlari lugʻati“ (1940), N, Dolimov va b.ning „Geografik terminlarning qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻati“ (1953), H.H. Hasanovning „Geografik terminlar lugʻati“ (1964), S. Qorayev, P. Gʻulomov, R. Rahimbekovning „Geografik terminlar va tushunchalar izohli lugʻati“ (1979) yaratildi. Bu davrda oliy geog. taʼlimi ham ancha rivojlandi. davlat universitetlari va pedagogika institutlarida Geografiya fakultetlari ochildi. Oliy maktablar uchun Geografiyadan darslik va oʻquv qoʻllanmalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi hamda yangilari yozildi. Geografiya taʼlimining yangi davlat standarti, oʻquv dasturlari ishlab chiqildi. Bir qancha yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, geografik terminlar lugʻati va haritalar yaratildi.

Adabiyotlar


1. Preobrajenskiy V. S. i dr., Geografiya v menyayushemsya mire. Vek XX. M., 1997, 274 s;
2. Hasanov H., Oʻrtaosiyolik geograf va sayyohlar, T., 1964; Qoriyev M., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiney, 2-nashr, T., 1968.
3. Ziyovuddin Akramov, Asomiddin Rafitsov, Shuhrat Azimov.[1]
Download 284.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling