F.i.sh. ___________________________guruhi____________
1. Orttirma nisbat qo’shimchasi –dir haqida bildirilgan qaysi hukm xato?
A) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga dimo –tir tarzida qo’shiladi
B) jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga doim –dir tarzda qo’shiladi.
C) kesimlik qo’shimchasi va gumon olmoshini hosil qiluvchi –dir qo’shimchalari bilan omonim hisoblanadi.
D) orttirma nisbat qo’shimchasi, shakl yasovchi qo’shimcha hisoblandi
2. Bo’lishlilik shkli orqali bo’lishsizlik ifodalangan gapni toping.
A) Men xalqni aldamoqchi emasman!
B) Yordam bersangiz, kolxozni ko’tarish uchun kuch-quvvatimni ayrmidim?!
C) Tez orada uncha-muncha mexanikka gap bermay qo’yadi u …
D) Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi.
3. Fe’lga xos so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni toping.
A) fe’l yasovchi qo’shimchalar
B) zamon qo’shimchalari
C) nisbat qo’shimchalari
D) mayl qo’shimchalari
4. Uni ancha erkalatib qo’ygan edilar. Ushbu gapdagi erkalatib fe’li qaysi nisbat shaklida?
A) o’zlik nisbat
B) birgalik nisbat
C) aniq nisbat
D) majhul nisbat
5. Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo’lishsizlik shakli bilan omonim bo’lolmaydi?
A) qaynotma (sho’rva)
B) sochma (o’q)
C) suzma
D) qo’llanma
6. Quyidagi gapda fe’l nisbatini aniqlang.Go’dak bo’lib o’tgan voqeani qiynala-qiynala bayon qildi.
A) bosh (aniq) nisbat
B) o’zlik nisbat
C) majhul nisbat
D) orttirma nisbat
7. Orttirma nisbat qo’shimchalaridan iborat qatorini ko’rsating.
A) –tir, -giz, -ish, -il, -sat.
B) –in, -ish, -sa
C) –ir, -iz, -ar, -t, -dir.
D) –t, -gaz, -sh, -qaz, -il
E) –qiz, -tir, -ir, -l, -lan.
8. Quyidagi gapda majhul nisbatdagi fe’l shakli qaysi sintaksik vazifada kelmoqda? Biror chaqirim yurilsa, bu yo’l katta guzarga olib chiqadi.
A) ega
B) kesm
C) to’ldiruvchi
D) hol
Do'stlaringiz bilan baham: |