F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud


Download 0.68 Mb.
bet119/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:
о Ma’lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallami eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.
о Egallash yoki o’ziashtirish zarur bo’lgan materiallami ko’rib idrok qilish yordamida esda olib qolish.
о Materiallami harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.
о Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko’rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta'sir etuvchilar yordamida aks ettirish.
Mana shu yo’llar orqali eshitish, ko’rish, eshitish harakat, kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq yoki qaysi biri bo’sh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda olib qolishda assosiasiyalaming ahamiyati muhimdir. Buning uchun esda olib qolish jarayonining bog’lanishlari paydo bo’lish sur'atini aniqlash maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi:

  • Sabab oqibat bog’lanish.

  • Bo’lakva yaxlit munosabati.

  • Qarama-qarshilik munosabati.

176

  • Inkor etish holati.

  • Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi.

Esda olib qolish inson faoiiyatining xususiyatig3 bevosita bog’liqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samara h' bo’lishi mumkin. A.A.Smimovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo’yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib berish unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan.
Maxsus vositalar va oqilona usullami qo’llash orqaii esda olib qolish sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnov o’tkazgan tajribasida shuni ko’rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlaming tavsivasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o’zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar va talabalar bu usullami mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ulami muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda o’quv faoliyati ishtirokchilari materiaini bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bos?ichida qotib qolishi mumkin, bu hoi aqliy o’sishga qarama-qarshidir.
Shu narsani alohida ta’kidlab o’tish kerakki, o’quv materiallarining ma’nosiga tushunib esda olib qolish yo’li oqilona yo’l bo’iib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan o’zining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi.
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalami xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotirnizda kitob, jumal, gazeta o’qiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning ma'nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada tushunarli bo’lmasa, u taqdirda ulami esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. O’rganilayotgan materialning mazmuni va ma'nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta'kidlaganidek, materialni o’zlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Mualliflaming shaxsiy fikriga ko’ra o’zlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi sababli ulami tushuna olmaslikdir. Tushunib olisbning esda olib hoiishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi.
Jahon psixologiya fani to’plagan ma'lumotlarga qaraganda o’zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma'nosini tushunib o’zlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda olib qolish jarayonida o’zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi muhimdir. Assosiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo’lib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo’lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko’lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo’nalishini ishlab chiqdi. Xotirani "sof' ko’rinishda
177
o’rganishga harakat qilib ma'no kasb etmaydigan bo’g’inlardan foydalandi. Lrning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo’llanishiga xos to’g’ri yo’nalishdir.
G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o’z-o’zini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qo’yilgan ilmiy tajribaviy metod yutuqi sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda o’z oldiga 38 ta ma'no anglatmaydigan bo’g’inlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo’ygan. Bu materialni o’zlashtirish o'rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so’zdan, 11 ta so’z o’zaro bog’liq bo’imagan so’zlardan foydalangan. Bu materialni o’zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga to’g’ri keladi.
Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma'noga ega bo’Jgan materialni o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikmi tasdiqlaydi. A.N,Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalaming xotira faoliyatini o’rganganlar. Shuningdek, ular o’qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o’quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar.

  1. P.Zinchenko. M.N.Shardakov, A-I.Lipfcinalar tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bag’ishlangan bo’lib, turli materialni esda olib qolishda tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga to’g’ri yo’nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to’liqligi ta'minlanadi.

A.A.Smimovning ta'kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o’quvchilariga ahamiyatli bo’lgan materialni mexanik tarzda esda olib qolishlari ko’rsatilmagan.
Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham ma'nosiga tushunib o’zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to’g’ri, Meymon fikriga ko’ra, inson ulg’ayishi bilan ma'nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma'noga ega bo’lgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o’xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to’plangan bo’lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o’z aksini topgan.
A.A.Smimov ma'no anglatmaydigan bo’g’inlarda va ma'no kasb etuvchi so’zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o’tkazgan. Katta va kichik yoshdagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida mazmunli va mazmunsiz materiallami esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo’yilgan.
Ma'no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda ustunligi lekin, ma'nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma'nosiz bo’g’inlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o’zlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilaming ma'nosiz bo’g’inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta'kidlangan. Katta yoshdagilar ma'nosiz bo’g’inlami qandaydir mazmun bilan tez va oson bog’lay oladilar. Shuning
178
uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma'no kasb etadi. Shuningdek, ma'no anglatmaydigan materialni o’zlashtirish jarayoni tez ko’chadi, mahsuldorroq bo’ladi. Ma'nosiz materiallami egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yo’nalish berilmay, materialni yaxshi olib qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog’liq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smimov ma’noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun yengil ko’chishi ulaming yosh xususiyatlariga bog’liq narsa emasligini ta'kidlab o’tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go’yo ma'nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma'nosining noma'lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish rnazmunini izlashga talabchar.likni uyg’otadi. Odatda ma'nosiz so’zlami laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi.
Qator psixolog olimlaming mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog’liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) so’zlami esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling