F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Download 0.68 Mb.
bet147/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Ixtiyorsiz xayol deb - odam o’zining oldiga hech qanday maqsad qo’ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o’z-o’ziga obraz va tasawurlami yaratishiga aytiladi.
Ixtiyorsiz xayol shu topdagi kuchli ehtiyoj tufayli maydonga keladi. Masalan: odam juda tashna yoki juda och bo’lgan paytida uning xayolida har turii taomlar, daryo va buloq suvlari paydo bo’la boshlavdi. Odamning ayni shu chog’dagi hissiy holati, ya'ni his-tuyg’ulari ham ixtiyorsiz xayolning maydonga kelishiga sabab bo’ladi. Chunonchi, vahima yoki qo’rqinch hissi paytida odamning xayoliga qo’rqinchli narsalaming obrazlari kela boshlavdi.
Odamning tush ko:rishi ham ixtiyorsiz xayol faoliyatiaridan hisoblanadi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, odam uxlay boshlagan paytda bosh miya po'stining hamma joylari tormozlanmay, ayrim joylari ishlab turadi. Ana shu ishlab turgan joylaridagi nerv hujayralarida ilgari hosil qilingan obraz va tasawurlar qayta tiklanib, odam tush ko’ra boshlaydi. Bunda miya po’stining eng asosiy markazlari (ikkinchi signallar tizimi) tormozlangan bo’lgani tufayli hech qanday nazorat bo’lmaydi. Natijada obraz va tasawurlar bir-biri bilan allaqanday munosabatlarga kirib, odam palapartish tush ko’ra boshlaydi.
Ixtiyoriy xayol jarayonlari betaitib ravishda. emas balki muayyan bir jarayonda o’tadi. Bu tartib odamning ehtiyojlari, maqsadlari, hissiyotiari fikr hamda maslaklari bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy xayol deb oldindan be!gilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga solib muayyan obraz va tasawurlami yaratishga aytiladi. Demak, ixtiyoriy xayol hamisha ma'lum maqsad va vazifalami bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday maqsad va vazifalar boshqalar tomonidan qo’yilishi mumkin. Masalan, rassom o’zi
220
ishlamoqchi bo’lgan suratning mavzusini o’zi belgilaydi. Yozuvchi yozmoqchi bo’lgan asarning mavzusini o’zi tanlaydi va o'zi badiiy obrazlami yaratadi. Umuman san'at asarlarining hammasi ixtiyoriy xayol natijasida maydonga keladi.
Biroq shuni ham aytib o’tish kerakki, ixtiyoriy xayol ba'zan ixtiyorsiz xayolga o’tib ketishi mumkin. Shuning uchun ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayoldan batamom ajralgan holda ro’y bermaydi. Ixtiyoriy xayol jarayoni hamisha beixtiyor qilinadigan xayol daqiqalarini o’z ichiga oladi. Masalan, rassomlar yoki kompozitorlar o’zlarining biror yangi asarlarini ixtiyoriy tarzda yaratayotganlarida ba'zan ixtiyorsiz ravishda ayrim fikrlarga berilib ketishlari mumkin.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling