F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Psixikaning muhit va a’zolar tuzilishiga bog’Iiqligi


Download 0.68 Mb.
bet16/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Psixikaning muhit va a’zolar tuzilishiga bog’Iiqligi
Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan. bu hoi organizmlaming differensiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi. O’z-o’zini boshqarish oddiy ta'sirlanuvchanlikdan boshlanib, o’zining yuksak taraqqiyotiga erishadi.
Aks ettirish usuli qanchalik yuksak bo’lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta'siridan shunchalik ozod bo’ladi. Muhitdagi haroratning o’zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaksiyalar tezligi ham o'zgaradi, harorat kotarilsa, reaksiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaksiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo’ladi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o’zgarishi bilan bir joydan ikkinchi joyga ko’chishga majbur bo’ladi. Masalan: kemiruvchilar yemi chuqur kavlab ichkariga kirib ketadi. Bunda instinkt ta'sir qiladi. Yozning issiq kunida fil o’ziga suv sepib turadi.
Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo’lgan bog’liqlikdan batamom qutula olmaydi.^Muhit tirik organizmning yashash sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir.j
Aks ettirishning adekvat (mos) bo’lisHTfavyalo psixikaning moddiy asosi, sezgi a'zolari va asab tizimining tuzilishiga bog’liqdir. Reseptor ma'lum bir turdagi qo’zg’atuvchilar ta'siriga qanchalik to’g’ri reaksiya qilsa, organizmning reaksiyasi ham shunchalik adekvat, ya'ni mos bo’ladi.
Reseptorlaming taraqqiyoti ma'lum darajada biron tipdagi asab tizimi taraqqiyoti bilan bog’liq. Sezgi a'zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi. To’rsimon asab tizimiga ega bo’lgan hayvonlar asosan tashqi ta'sirotlarga tug’ma ravishda javob qavtaradilar. Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi.
Taraqqiyotning navbatdagi pog’onasida asab tizimida bir qator sifat o’zgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha shaklidagi nerv hujayralari asab tizimining ko’proq miqdordagi qo’zg’atuvchilami qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatini beradi. Chunki bunday asab tizimi uchun muliit. qandaydir o’zgarmaydigan doimiy narsa emas.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling