F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Tropizm turiari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga


Download 0.68 Mb.
bet13/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Tropizm turiari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga:





  1. Fototropizm - bu tirik organizmning yomg’lik ta'sirida harakatga kelishidir. Masalan,'yoz kurii tungi chiroq yorug’Iigiga mayda chivinlaming uchib kelishi.

  2. Termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, bahor kelishi bilan qashoratlaming jonlanib harakatga kelishi.

  3. Xemotropizm - tirik organizmning fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo’lgan moyilligidir. Masalan, achigan, qatiq, mevalarga mayda chivinlaming yig’ilishi. .

  4. Topotropizm - tirik organizmlaming mexanik qo’zg’atuvchilar ta'siri ostida harakat qilishiga moyiligidir. Masalan, chirigan olmaga tegilsa, unga yig’ilgan mayda hashoratlaming hammasi uchib ketadi. Mimoza o’simligiga tegilsa, u darhol yaproqini yopib oladi.

  5. Gemotropizm - tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, kungaboqar o’simligining quyosh nuri tomon harakatlanishi.

  6. Barotropizm - tirik organizmning havo bosimi ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, havo bulut bo’lganida, havoda uchib yurgan hashoratlar yerga pastga qarab uchadilar.

  7. Gidrotropizm - tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat qilishiga moyilligidir.

O’simliklarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat bo’lib, bu harakatlar o’simliklarga o’z-o’zini boshqarishiga yordam beradi, ya'ni ular o’zlari uchun foydali bo’lgan manbaga qarab intiladi yoki o’zini himoya qilishga doir
26
Doshqacha harakat qiladi. Masalan, nornozshomgul kechki payt ochilib, kunduzi ('oruqlikdan yopiladi..
Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Sezuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o’simliklarga nisbatan ancha ko’p ta'sirotlami aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. hayvon nerv tizimi va miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo’lsa, uning psixikasi ham shunchalik yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Odamda psixikaning rivojlanishi eng yuqori bo’lib, ong darajasiga ega.
/Hayvonlarning instinktlari Hjistinktlar - hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan mirakkab tug’ma harakatlaridir^ Qushlar juda ustalik bilan in yasar ekanlar. material tanlash va inni pishiq qilib qurish yo’lida xilma-xil harakatlami bajaradilaryMasalan, qaldirg’ochlaming in qurishi, Kalyushka deb ataluvchi baliqning erka^Tsuv tagida yerdan chuqurcha kovlab, uni mayda suv o’simliklari bilan to’sadi, inning yon devorini quradi va ustini berkitadi buni u yirik’roq o’simliklardan o’z tanasidan slimsimon modda chiqarib yasaydi. Shunaan keyin erkak baliq urg’ochi balqni urug’ qo’yish uchun haydab kirgizadi va to urug’dan baliqchalar ochib chiqqunga qadar in atrofmi qo’riqlab turadi. Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg’ochi o’rgimchakning nomaqul bo’lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti- tiarakatlarini kuzatgan va tasvirlab bergan edi.
Chunonchi. ko’pincha o’rgimchak pillasining ichidagini zararkunandalar yeb ketgan bo’ladi. Lekin urg’ochi o’rgimchak bo’shab qolgan piilani qo’riqlashda va u yoqdan-bu yoqqa ko’chirishda davom etadi. Shunday hoilar ham bo’ladi-ki, urg’ochi o’rgimchak piilani yasab va odatda tuxum qo’yish chog’ida bajariladigan harakatlami bir necha marta takrorlab, amalda tuxum qo’ymasligi ham mumkin. Shunday bo’lsa- da, u kelgusi bosqichga, ya'ni bo’sh piilani qo’riqlashga va uni u yoqdan - bu yoqga ko’chirishga o’tadi. Asalarilar reaksiyasining maqsadga muvofiqligi ham nisbiydir. Agar miunkatakning orqa tomoni teshib qo'yilsa, asalari yaroqsiz uyaga ma'lum miqdordagi shirani to’kib bo’lgach, garchi uning ikkinchi tomonidan shira oqib ketadigan bo’lsa ham mum bilan berkitib ketadi. Fransuz tadqiqotchisi K.Fabri yer arisining bir qolipdagi maqsadga muvofiq bo’lmagan xatti-harakatini kuzatgan edi. Yer arisi uyasining oldiga chalajon chigirtkani keltirib, barcha arilar singari uyasini tekshirish uchun kirib ketganida tadqiqotchi uning o’ljasini yiroqqa surib qo’yadi. Ari uyasidan chiqib, uni izlab, snoshib yana uyasining oldiga qo’yadi va tekshirish uchun yana uyasiga kirib ketadi. Fabri arining uyasi oldidan chigirtkani qirq marta chetga surib qo’yadi va ari qirq niartasida ham o’ljasini topib, uni olib kirish uchun uyasini tekshirgan. Bu misollar instinktning cheklanganiigini ko'rsatadi. (Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat’iy bog’liq bo’ladi. Instinktning amal qilish mexanizmi shundan iborat-ki, tashqi shart-sharoitlar reflektor munosabatni bildirishga undaydi, eng oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun qo’zg’aydi va hokazo/ Shu tarzda reflekslaming butun bir zanjirini harakatga keltirad; va nasliy yo’l bilan mustahkamlangan dastumi amalga oshiradi. Instinktiv harakatlar standart shart- sharoitlar o’zgarishi bilanoq o’zining maqsadga muvofiqligini yo’qotadi. Shunday qilib, xatti-harakatlaming instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir.
27

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling