F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin


Download 0.68 Mb.
bet69/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin:
Mazmuniga ко 'ra: shaxsiy va ijtimoiy;
Maqsadiga binoan-. bevosita va bilvosita;
Ко ’lamiga qaraganda: keng va tor;
Qiziqishlar darajasi bo’yicha: barqaror va beqaror va boshqalar.
Qiziqishning mazmun jihatidan o’zaro tafovutlanishi quyidagilarda mujassamlashadi: bilish ehtiyojlarining ob'ektlari qaysilar, bilimning mazkur faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi; shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan munosabati kabilar.
Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo’ladigan qiziqishlaming voqelik, jismlar va hodisalaming emosional jozibaliligi, his- tuyg’ularga ega bo’lishligi, tashqi ta'sirlarga beri-luvchanligi tufayli vujudga keladi. Bevosita qiziqishlar o’rganilayotgan narsaning ma’nosi bilan uning shaxs faoliyati
104
uchun ahamiyati mos tushgan taqdirda paydo bo’lishi mumkin. Psixologiyada bevosita qiziqishning yuzaga kelishi faoliyatning maqsadini anglash bilan bog’liq bo’lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. U yoki bu narsalami (hodisalar mohiyatini) bilish, ko’rish, idrok qilish, anglab etish uchun qiziarli tuyulgan ichki kechinmalar bevosita qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat laoliyati yoki ta'lim olish jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun sub'ektiv ahamiyati o’zaro mos tushganida bilvosita qiziqish yuzaga keladi. Mehnat faoliyati va ta'lim jarayonini ongli tashkil etish etakchi va ustuvor rol o’ynaydigan bilvosita qiziqishlami tarkib toptirish uchun maxsus tamoyillarga, omilkor yo’l- yo’riqlarga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Odamlarning qiziqishlari o’zining ko’lami bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat bir sohaga qaratilgan bo’ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator sohalarga, fanlarga, ob'ektlarga yo’naltirilganini uchratishimiz mumkin. Lekin turli sohaga nisbatan qiziqishlaming biri, agarda ulami oqilona boshqarish imkoniyatiga bo’lsa, ikkinchisiga salbiy ta'sir etishi mumkin emas. qiziqishning torligi ko’pincha salbiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog’da ularning kengligi ham nuqson tariqasida tahlil qilinsa bo’ladi. Biroq shaxsning barkamol shaxs bo’lib kamol topishi qiziqishlar ko’lamini tor emas, balki keng miqyosda bo’lishini taqazo etadi.
Qiziqishlar o’zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bo’lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan predmetlariga, ob'ektlariga, hodisalarga nisbatan o’z maylini hech o’zgarishsiz saqlab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o’zida mujassamlashtiruvchi, shaxsning nihiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar deyiladi.
Inson shaxsi xulq-atvorining o’z motivlari bo’ladi. Motiv - ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’li bo’lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini tashkil etsa motivlar bu mohivatning namoyon bo’lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar yoki ma'naviy ehtiyojlaming qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar bo’lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo’lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o’sha narsa nimaligini tasawur ila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq-atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sababdir. Xatti- harakatlaming muhim motivi e'tiqoddir. E'tiqod - shaxsning o’z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaklar ham xatri-harakat motivlari bo’lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo’lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o’z ifodasini topadi.
Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar borasida eng ko’p o’rganilgan masala ko’rsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N.Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Ko’rsatma berish deganda bilish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlarni ma'lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Talabalar o’qituvchilar beradigan topshiriqlami bajarishga doim tayyor turadilar.
105
Shaxsning malaka va odatlari
Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlami egallaydi. Malakalar bir necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir. Malaka - deb awal ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalami mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo’ladi.
Odat kishi qalbiga o’mashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi. Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlaming nerv-fiziologik asosiarini shartli refleksning hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya'ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar boqchasiga o’rganguncha qiynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo’ladi. Yangi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi. Ilgarigi malakalar yangisiga ijobiy ta'sir qilsa, malakalaming kuchayishi kuzatiladi. Masalan, chet tillaridan birortasini o’rgangan odam boshqa bir chet tilini o’rganishda qiynalmaydi.
Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta'sir qilsa malakalar interferensiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o’tsa qiynaladi. Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoh vaqt shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzatiladi. Bu malakalaming diavtomatizasiyasi deyiladi. Malakalaming hosil bo’lish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq, masalan tilga 4-5 yoshda tez o’rganiladi. hunar egallash 12-13 yoshda tez o’rganiladi. Malakalaming mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq, asab tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin hosil bo’ladi.
Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shaxsni individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi fikrlami keltirib o’tish joiz. Atoqli psixolog K.K. Platonov shaxsni "konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub'ektdir", L.I.Bojovich esa "odam o’zini anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda "men" degan tushuncha paydo bo’ladi" deb ta'kidlaydilar. A.N.Leontevning "Faoliyat, Ong, Shaxs" degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar mavjud. "Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’z ko’z o’ngida qoladi".
Mazkur fikrlardan ko’rinadiki, shaxs o’zini-o’zi anglashga qodir, ijtimoiy munosabatlaming sub'ekti, o’zini-o’zi anglash imkoniyatiga ega bo’lgan ongli mavjudot sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy jarayonlarining ta'sirida kamolga etadi.
106
Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasawurlaming yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bitdirilayotganligi keltirib chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning xilma- xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. B.G.Anan'evning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga ajratish jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning qaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olingan. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy hamda quvi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida ta'lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi o’zaro ta'sirining ifodalanishi yotadi.
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Ular shaxsning tuzilishiga ko’ra substansional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga ega bo’lib, u V.M.Banshikov tadqiqotlarida asoslaniladi.
Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomonini" irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan taqqoslaganda, mustaqil strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual voqelik ustida gap borayotganini bildiradi. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy xususiyatlaming muhimligini bildirib keladi.

  1. D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishiga quyidagilar kiradi:

  • Umuminsoniy psixologik xususiyatlar

  • Milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o’ziga xos

xususiyatlar.

  • Shaxsning individual betakror xususiyatlari.

Chet el psixologlarining shaxs tuzilishi mohiyatini ochib berishga qaratilgan ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu masalani yoritisb uchun keskin o’zgarish kiritolmadi. Olimlaming shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tuzish yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs "kundalik turmushimizda biz bilgan shaxsning aynan timsolidir" deb ta'riflanadi.
AQSH psixologi G.Olportning fikricha, shaxs: ichki tizim, "dinamik qurilma", "men", "qandaydir metapsixologik men", o’zida oldindan maqsad va dizpozisiyani va aks ettiruvchi inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir". Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy, tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o’mini psixologik talqin egallaydi.
107
Psixologlardan T.Parsond, G.Mid va boshqalar "shaxsning rolli tuzilishi nomli "konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub'ektiv dunyosini uning psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar.
Keyingi yillarda chet el psixologiyasida olimlar diqqatini shaxs modelining psixologik omillari tortmoqda. Ulaming asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell konsepsiyalari bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko’p yoki oz miqdordagi "omillar (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga asoslangan bo’lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikni yoki shaxs qiyofasini ifodalovchi psixologik xususiyatlami aks ettiruvchi ruhiy tizimni qayd qilishga asoslanadi. Ammo tub ma'nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi ham individuallik qiyofalarini haqiqiy ijtimoiy psixologik mohiyatini ochish imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlaming qonuniy ravishdagi o’zaro aloqalari tavsiflanmay qolgan.
K.K.PIatonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyliklarini qamrab oluvchi modelini yaratishga intiladi. Shaxs xususiyatlari, qiyofasi uning tuzilish elementlari bo’lib, xossalari hisoblanadi. K.K.PIatonov shaxs tuzilishini turli tomonlariga aloqador 4 tuzilmaga ajratadi:


  1. Download 0.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling