F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Ongning uchinchi xossasiga


Download 0.61 Mb.
bet10/230
Sana21.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1106295
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   230
Bog'liq
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya

Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko’zlash faoliyati ta'minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning vazifasiga kiradi. Bunday faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko’riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo’llari hisobga olinadi.
Ongning to’rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his-tuyg’ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir.
Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinasiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o’ziga xos shakli bo’lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o’rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma'lum qonuniyatlarga bo’ysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni mohiyatini ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini o’rganishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri olib borishga yordam beradi.
Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar
1 - Topshiriq
Quyidagi hukmlardan qaysi biri psixikaning tabiatini idealistik nuqtai nazardan va qaysi biri materialistik qarashda tushuntiradi?
a) psixika o’zga alohida bir olamdir. U tashqi sabablarga bog’liq emas;
b) psixika eng yuqori darajada tashkil topgan materiya ya'ni - miyaning xususiyatidi;
v) psixikani faqat o’z-o’zini kuzatish orqali o’rganish mumkin;
g) psixika - ob'ektiv olamning in'ikosidir.
2 - Topshiriq.
Rossiyalik psixolog - idealist A. Y. Vvedinskiy bunday yozgan edi: "Boshqa kishilarning ruhiy hayotini idrok qilishimiz mumkin emas, chunki u har qanday tajriba o’tkazish imkoniyatidan chetdadir". Ko’rinib turibdiki, A. I. Vvedinskiy psixik hodisalarni fa qat bevosita bilish mumkin, deb hisoblaydi.
1. Aytingchi, boshqa kishilarning ruhiy hayotini idrok qilishimiz mumkin emas, deb aytilgan A. I. Vvedinskiyning fikri to’g’rimi?
2. Shu bilan A. I. Vvedinskiy psixik hodisalarni bilishning qaysi usulini inkor etadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling