F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya
Download 0.61 Mb.
|
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.R.Luriyaning
Analizatorlar - bu nerv fiziologik apparat bo’lib, periferiyadagi nerv uchidan (reseptor) sezuvchi nervdan( o’tkazish yo’li) va miya qobiqining tegishli qo’zg’atuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir.
I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal tizimlari to’g’risidagi ta'limoti ilmiy psixologiya uchun katta ahamiyatga egadir. Hayvonlar uchun borliq katta yarim sharlaridagi ta'sirlagichlar va ularning izlari bilan signallashib ular organizmning ko’rish, eshitish reseptorlariga bevosita kelib turadi. Bu birinchi signallar tizimi bo’lib, odam va hayvonlarda umumiydir. So’zlar ikkinchi, maxsus insoniy signal tizimini tashkil etadi. So’zlar narsa va hodisalardan kelayotgan signallarning o’rnini egallagani uchun I.P.Pavlov tomonidan "signallar signali" deb nomlangan. Ikkinchi signal tizimining faoliyati birinchi signal tizimidan ajralmagan holda bevosita bog’liq tarzda boradi. Ikkinchi signallar tizimi tafakkur va nutqning fiziologik asosi hisoblanadi. Refleksning klassik tushunchasi yordamida psixik faoliyat asoslarini tushuntirishdagi muhim kamchilik shundan iboratki, refleks tizimi inson psixikasining idora etuvchi va o’zgartiruvchi rolini tushuntirib bermaydi. I.P.Pavlovning shogirdlari va izdoshlari bu kamchilikni reflektor organik tizimi tushunchasini reflektor halqasi tizimi tushunchasiga o’zgartirish yo’li bilan yechishga intildilar. Nerv tizimining reflektorlik faoliyati borasida qator ishlar amalga oshirilgan bo’lib, ular tomonidan turli sxemalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Bernshteyn bo’yicha reflektor aylanasi quyidagi ko’rinishga ega. Psixikaning fiziologik asoslarini ochish muammolariga hayotining ko’p yillarini bag’ishlagan rus fiziologi P.K.Anoxin(1898-1974) qaytarma afferentasiya tizimlarini aniqladi, natijada harakat akseptori deb nomlangan harakatini rejalashtiruvchi va idora etuvchi o’ziga xos funksional organlarga ajratildi. Fanda ilmiy soha sifatida frenologiyaning asoschisi F.Gall XIX asrning boshlarida odamning turli qobiliyatlari, hatto kalla suyagining yuza qavatdagi turli nerv to’qimalari uchrab turadigan joyning kuchliroq rivojlanishi bilan bog’liq deb isbot qilishga harakat qilgan. Alohida psixik funksiyalarning bosh miyasini ma'lum bir qismlariga tegishli ekanini, uning lokal (joylashish) jarohatlanganligida kuzatishgan. Shu yo’l bilan chap yarim sharining uchinchi peshona burilishida nutq artikulyatsiyasini (talaffuzini) amalga oshiradigan Broka markazi (uni aniqlagan fransuz anatomi P.Broka nomi bilan atalgan) so’ngra esa o’sha chap yarim sharining yuqori chakka burmasining orqa qismida "nutqni tushunishini idora qiladigan" Vernike markazi (uni ochgan nemis psixiatri K.Vernike nomi bilan atalgan) ajratilgan. Mashhur neyropsixolog A.R.Luriyaning fikricha, aynan shuning uchun miyaning cheklangan sohalaridagi psixik funksiyalarni "lokalizasiyalash" vazifasi "ushbu funksional tizimni amalga oshiradigan birgalikda ishlovchi miya zonalarining o’sha tizimini tahlili, boshqacha aytganda qanday qilib funksional tizim bosh miya apparatlari bo’ylab, tegishli tizimlar bo’ylab, joylashganligini tahlili" vazifasi bilan almashtirilishi lozim. Inson miyasining funksional tuzilishini A.R.Luriya 3 ta blokka ajratadi: 1-blok - energetik blok, u miya po’stloq qismining normal ishlash tonusini ta'minlaydi. Miya po’stining yuqoridagi qismida joylashgan. 2-blok - axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (ikkala yarim sharlarning orqa qismiga tepa chakka va ensa qismlariga joylashgan). 3-blok - faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta'minlaydi (peshona qismida joylashgan). Odam va hayvonlar miyasining funksional tizimida muhim farqlar kuzatiladi. hayvonlarning ikkala yarim sharlari bir xil qiymatga ega bo’lgan bir vaqtda odamning chap yarim shari odamda dominanta (hukmron) bo’lib, o’ng miya yarim shari esa unga bo’ysungandir va bu o’ng qo’lning yetakchi roli bilan bog’langan (chapaqaylarda bunday dominantlik yoki o’chib ketadi, yoki o’ng yarim sharga o’tadi). Chap miya yarim sharida odamning xatti-harakati va faoliyatining murakkab shakllarini idora etish bilan bog’liq bo’lgan nutq markazlari joylashgan. Bu markazlarning buzilishi mantiqiy-grammatik operasiyalarning (semantik afaziya) va tafakkurning ijodiy shaklarini buzilishiga olib kelsa, ayni shu damdagi o’ng miya yarim shar xuddi shunday sohalarining buzilishi esa idrokning tasavvur komponentlarini va emosional jarayonlarini buzadi. To’plangan ilmiy ma'lumot asosida shuni ta'kidlash mumkinki, chap miya yarim sharining miya o’ng yarim sharining ishiga nisbatan differensiyalashganidir. Odam bosh miyasi, miya katta yarim sharlarining ixtisoslashgan funksiyalarining mavjudligi haqidagi ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling