F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya
Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar
Download 1.86 Mb.
|
UMUMIY PSIXOLOGIYA 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Martin Xaydeger
- K.R.Megrelidzening
- O.Kyulpe
- X.Erenfels
- V.Kyoler M.Vertgaymer, K.Dunkerlarning
- Dj.Uotson
Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar
Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma'lumotlar zahirasi to’plangan. Aynan keltirilgan ma'lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi. Ekzistensializmning asoschisi bo’lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta'limotni logika, mantiq deb ataydi. K.R.Megrelidzening ta'kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to’g’ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emas. Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyasida ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy sharoitdadir. Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo’ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo’yicha emas, balki ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar yo’lida harakatlanadi. Insonning fikrlash usuli avvalo ijtimoiy hodisadir. Fikr hech qachon o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, fikr biror narsa haqida, biror predmet haqida bo’lishi mumkin. Predmetsiz fikrning bo’lishi mumkin emas. Tafakkurning funksiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub'ektiv psixologik jarayonlar bilangina chegaralanmaydi: Birinchidan, ongning sub'ektiv holatinigina ifodalamasdan, balki ob'ektga ham tegishli bo’ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi. Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi, balki faqatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlang’ich bosqichi bo’lib, g’oyaning sub'ektiv holatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi. Uchinchidan, alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy ko’rinishidir. Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. K.R.Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta ta'kidlaydi. Fikrlar va g’oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o’zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va usullari haqidagi jumboqning yechimini mantiqiy izlanishlardan an'anaviy psixologiyadan emas, balki avvalo bu g’oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda yetilgan ijtimoiy g’oyalarning tasodifiy ifodalovchisi bo’lib qoladi. Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson faqat tashqi dunyo bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informasion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. Informasion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur". Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma'lum darajada hissa qo’sha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya'ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o’rganishda rasional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo’l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o’zlarining ustilarida o’tkazib, natijalarni ob'ektiv bo’lishiga kamroq e'tibor berganlar. Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktidir deb qaray boshlaydilar. O’z-o’zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma'nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko’pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma'qul ko’radilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o’rnatish qism, yaxlit, tur, jins ob'ektning nisbati va o’zaro munosabatlarini ushbu munosabatlarning aniq a'zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning bilan birga ularning barcha tadqiqotlari ob'ektiv metodlarni izlashga oid faoliyatlarida avj oldi. Jumladan, N.Ax tomonidan sun'iy tushun-chalarning shakllanishi bo’yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog’lab, tafakkurni munosabatlarning birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma'lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko’tarib chiqib, o’sishning fikrlarni faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo’ydilar. Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o’z-o’zini kuzatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib qaralganda ushbu pozisiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida aniq ko’rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat'iy ajratib tashladilar. Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni intellektual operasiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o’z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo’sinda shakllanishini kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko’rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko’rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini qo’ydi. O.Zels masala yechish jarayonini o’rganishda umumiylikka ega bo’lgan masalani vujudga keltirish bosqichlariga alohida e'tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib ko’rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo’ladi. Kompleks o’z ichiga ushbu jihatlarni qamrab olishi nazarda tutilgan: a) ma'lumning tavsifnomasini bo’laklarga ajratish; b) qidiriluvchi noma'lumning o’rnini aniqlash; v)noma'lum qidiriluvchi bilan ma'lum o’rtasidagi munosabatlarni ajratib ko’rsatish. Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels psixologiya tarixida birinchi bo’lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operasiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jihatdan ta'riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o’rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo’nalishi vujudga keldi. Uning, ko’zga ko’ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan ko’lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtaltchilarning aksiomatik xarakterga ega bo’lgan ushbu tezislari mazkur ta'limot g’oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va elementlarning yig’indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yaxlit tuzilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi. Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning bosh mohiyati ularning sezgilarga o’xshash alohida elemetlari emas, balki konfigurasiya shakl yoki geshtaltchilarning yaxlit yaratishidan iborat. Geshtaltpsixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng qamrovli tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o’rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos o’xshashlik borligi to’g’risida xulosa chiqaradi. V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya'ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog’liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo’luvchi geshtaltchilar muammosi vaziyatda organizmda ba'zi bir zo’riqishlar ta'sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi. Geshtaltchilarning ayrimlari "yo’nalish" atamasini qo’llab, uni o’tmish tajribasi bilan bog’lashga intiladilar. Shuningdek, ular "tafakkurning evrestik metodlari" to’g’risidagi tushunchadan ham foydalanadilar. Bunda materialni, qo’yilgan maqsadni, konfliktli holatlarni tahlil qilishni nazarda tutadilar. Geshtaltchilar tafakkur psixologiyasining qator muammolarini ko’tarib chiqadilar, chunonchi ijodiy tafakkurning o’ziga xosligi, tafakkur jarayonida yangilikning vujudga kelishi, bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish jarayonida asta-sekin va birdaniga yechish yo’lini qo’llash kabilar. Tafakkurni psixologik o’rganishda funksional rivojlanish g’oyasini amaliyotga tadbiq qilish ham ma'lum darajada geshtaltpsixologiya namoyondalarining xizmati hisoblanadi. Shunga qaramasdan V.Kyoler M.Vertgaymer, K.Dunkerlarning eksperimental tadqiq otlari tafakkurning asosiy mexanizmlaridan biri bo’lgan predmetlarni yangi aloqalar va munosabatlarga fikran jihatini ochishni aniqladilar. Ammo ular ham mazkur muammoli vaziyatda individning amaliy va nazariy aqliy faoliyatlari rolini mutlaqo tan oladilar. Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi oqimi o’tgan asrning oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayk. (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular qatoriga K.Levin (1890-1957) A.Vays (1974-1931) va boshqalar kelib qo’shiladilar. Ma'lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynaydi. hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umumiy formula S-R, ya'ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmoqda. Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikasiya, muloqotni birga qo’shib, keng ma'noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o’rganadi. Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataladi. Bu she'rni yoki sitatani aniq esga tushirishda o’z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub'ekt uchun yangi bo’lmagan topshiriqni so’z yordami bilan yechish, yarim-yortisi unutilgan she'rni eslashga harakat va nihoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so’z yordami bilan yechish Dj. Uotson uchun malaka u individual egallagan va o’rganilgan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib qo’yiladi, chunki she'rni esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi. Dj. Uotson tilni o’zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga olmagan, nutqning tuzilishi va rivojlanishiga sira e'tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to’g’risida tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq ko’rinishi sifatida olib qaralgan. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling