F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili


Download 2.12 Mb.
bet71/229
Sana31.01.2024
Hajmi2.12 Mb.
#1829454
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   229
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA Хайдаров, Халилова (3)

Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari
fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. B.G.Anan'evning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga ajratish jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning qaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olingan. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida ta'lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi o’zaro ta'sirining ifodalanishi yotadi.
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Ular shaxsning tuzilishiga ko’ra substansional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga ega bo’lib, u V.M.Banshikov tadqiqotlarida asoslaniladi.
Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomonini" irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan taqqoslaganda, mustaqil strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual voqelik ustida gap borayotganini bildiradi. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy xususiyatlarning muhimligini bildirib keladi.
B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishiga quyidagilar kiradi:

  • Umuminsoniy psixologik xususiyatlar

  • Milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o’ziga xos

xususiyatlar.

  • Shaxsning individual betakror xususiyatlari.

Chet el psixologlarining shaxs tuzilishi mohiyatini ochib berishga qaratilgan ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu masalani yoritish uchun keskin o’zgarish kiritolmadi. Olimlarning shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tuzish yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs "kundalik turmushimizda biz bilgan shaxsning aynan timsolidir" deb ta'riflanadi.
AQSH psixologi G.Olportning fikricha, shaxs: ichki tizim, "dinamik qurilma", "men", "qandaydir metapsixologik men", o’zida oldindan maqsad va dizpozisiyani va aks ettiruvchi inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir". Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy, tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o’rnini psixologik talqin egallaydi.
Psixologlardan T.Parsond, G.Mid va boshqalar "shaxsning rolli tuzilishi nomli "konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub'ektiv dunyosini uning psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar.
Keyingi yillarda chet el psixologiyasida olimlar diqqatini shaxs modelining psixologik omillari tortmoqda. Ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell konsepsiyalari bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko’p yoki oz miqdordagi "omillar (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga asoslangan bo’lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikni yoki shaxs qiyofasini ifodalovchi psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni qayd qilishga asoslanadi. Ammo tub ma'nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi ham
individuallik qiyofalarini haqiqiy ijtimoiy psixologik mohiyatini ochish imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o’zaro aloqalari tavsiflanmay qolgan.
K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyliklarini qamrab oluvchi modelini yaratishga intiladi. Shaxs xususiyatlari, qiyofasi uning tuzilish elementlari bo’lib, xossalari hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishini turli tomonlariga aloqador 4 tuzilmaga ajratadi :
1.Shaxsning axloqiy munosabatga yo’nalganlikni birlashtiruvchi ijtimoiy shartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy mayllarga bevosita bog’liq bo’lmay, tarbiyaviy yo’l bilan shakllantiriladi.
2.Tajriba osttuzilishi, unga ta'limiy yo’l bilan egallagan bilimlar, malakalar, ko’nikmalar, odatlar kiradi. Ammo bu narsa shaxs qiyofasining biologik shartlangan ta'siri ostida kechadi. Ushbu ost tuzilish orqali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi bilan bog’liq bo’ladi.
3.Shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba'zi psixik jarayonlar kiritiladi. Bunda biologik shartlangan xususiyatlarining ta'siri aniqroq ko’zga tashlanadi.
4.Biologik shartlangan osttuzilish bo’lib, biopsixik xususiyatlarni fazilatlar temperament, jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik o’zgarish birlashtiradi. Bu ost tuzilish mashq orqali shakllantiriladi.
K.K.Platonov "shaxsning tomonlari va uning ost tuzilishi" tushunchalarini sinonim sifatida qo’llanilganligini quyidagicha izohlab beradi: shaxsning moddiy jabhalari emas, balki funksional tomonlarining o’zaro ta'siri to’g’risida to’xtalish muhimdir".
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, shaxsning qismlarga ajratib talqin qilinmaydigan jabha bu uning xislatidir, ularning har biri muayyan yo’nalganlik mohiyatini mujassamlashtirgan bo’lib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shaxs tuzilishi deganda V.S.Merlin bo’yicha insonning o’z-o’ziga, o’zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatni o’zida birlashtiruvchi shaxs xususiyat-larining tashkiliy aloqadorligini anglatuvchi "simptokomleks" - ni tushuniladi. Tadqiqotchi N.I.Raynvaldning fikricha, shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (timsoli) uch mezon asosida tahlil qilinishi lozim:
1.Orientirovka darajasi va anglanganlik xususiyati;
2.U yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda tashkiliyligi;
3.Insonning emosional irodaviy bilishga oid sifatlarini namoyon bo’lishining jadalligi, jiddiyligi va zo’riqishi va boshqalar
N.I.Raynvaldning izohlashicha, faollikning regulyasiyasida psixik funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish uch o’lchovli (mezonli) tasnifi aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi, shaxs tuzilishini temprament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa ekstroversiya, introversiya omillariga ajratilishiga barham beradi.
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyani miya faoliyatining uch blokli rolli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi aql (intellekt) ko’p qollarda informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkililik) programmalashtirish bloki bilan bog’liq, xilma-xil emosional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida "energetik" blok yotadi.
Aql, hissiyot, iroda va ularni ro’yobga chiqaruvchi miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatining uch tomonini anglatadi. Keltirilgan fikr mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning tuzilish tarkibi, uning o’ziga xos individual xususiyatlari bilan belgilansa, ayrim olimlar tomonidan tashqi ob'ektiv omillar asosida yuzaga kelishi ko’rsatib o’tilgan.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling