F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Download 0.7 Mb.
bet89/230
Sana19.08.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1668238
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   230
Bog'liq
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya

Tayanch iboralar
Diqqat - ongimizning muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va unda to’planishidan iborat psixik holat.
Diqqatning barkarorligi - diqqatning ma'lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati.
Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha ob'ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi - diqqatning bir vaqtda bir necha ob'ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.
Diqqatning ko’chishi - diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob'ektdan ikkinchi ob'ekta ko’chirish.
Dominanta (lot. dorainans-hukmron) - markaziy nerv tizimining vaqtincha hukmron qismi bo’lib, boshqa qismlar faoliyatini tormozlaydi.
Orientasiya refleksi (lot. oriens - sharq reflexus - aks etish) - shartsiz refleksning bir turi, u har qanday yangi qo’zg’ovchi ta'siriga birinchi bo’lib javob beradi.
Taxistoskop (yunon. tachy tez, skopeo - ko’raman) - qat'iy belgilangan qisqa vaqt davomida ko’rish qo’zg’atuvchilarini namoyon qilish sababi. Idrok, xotira, diqqat va boshqa jarayonlarni tadqiqot qilishda ishlatiladi.
Tush ko’rish - uxlab yotgan odam bosh miya yarim sharlari qobiqidagi ba'zi nerv markazlari faoliyati natijasida uyqu vaqtida hosil bo’ladigan ma'lum darajadagi aniq obrazlar.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
1. Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqat turlari.
3. Diqqatning xususiyatlari.
4. Diqqatning rivojlanishi.
5. Parishonxotirlik tushunchasining mazmuni.
6. Jahon psixologiyasida diqqat nazariyalari.
Test topshiriqlari
1.Qaysi qatorda diqqat tushunchasiga to’g’ri tarif berilgan?
A) ongimizning muayyan obektga yo’naltirilishi va unda to’planishidan iborat psixik holat B) insonning amaliy faoliyatiga kiritilgan bo’lib, ularning muvaffaqiyatini taminlaydi V) ma'lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilishi G) bir vaqtda bir necha obektga yoki faoliyatga taqsimlanishi D) markaziy nerv tizimining vaqtincha hukmron qismi bo’lib, boshqa qismlar faoliyatini tormozlaydi

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling