F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet33/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

BOB. AXLOQIY TARBIYA

Axloqiy tarbiyaning nazariy asoslari
Axloq so'zi - lotincha «myeros», ya'ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat'iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalari- dan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma'naviy motivlar shakllan- gan bo'ladi. Bu motivlar esa o'sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnat- ga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ong- li ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishi­lar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.

Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, muayyan jami- yatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo'Igan ma’lum xat- ti-harakat qoidalari yig'indisidir.
Axloq odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xat- ti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'ladi.
Axloq - kishining ichki olami, e'tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo'lsa, odob - shaxsning ko'zga tashlanadigan muloza- mati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo'ladi.
Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o'rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning har bir a'zosining xulqi-odobiga alohida e'tibor bilan qaraladi.
Muqaddas Qur’oni Karimda va payg'ambarimiz Muhammad Alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari o‘z ifodasini topgan.
Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobi- ni ham yaxshilangizlar», «Men barcha yaxshi axloqni takomil- lashtirish uchun yuborilganman», «Mo'min kishida quyidagi ikki xislat bo'lmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik».
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilm-u ma’rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar.
Albatta, ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya'ni xalq ma'naviyatini boyitadigan eng muhim omildir»8.
Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oila- viy va fuqarolik axloq asoslarini o'z ichiga olgan. U 40 bob- dan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va'daga vafo qilish masalalari haqida so'z yuritadi.
Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy muammolar, ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sinolar- ning axloqiy ta'limotlaridan foydalangan. Risola uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida xulqiy tarbiya va axloqiy xislat- larni egallash haqida so'z yuritib, axloqning asosiy tushuncha- lari: donolik, adolat, iffatga mufassal to'xtalgan, axloq ilmining maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Ikkinchi qism oila va oilaviy hayot masalalariga bag'ishlangan. Unda bolalarni tar- biyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash yoriti- ladi. Uchinchi qism ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan.
Ahmad Yugnakiyning «Hibbat-ul-haqqoyiq» asari ta'limiy- axloqiy yo'nalishda yozilgan bo'lib, bilimlilik, adolat, saxovat kabi xislatlar ulug'lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g'oyasi il- gari suriladi.
Amir Temur «Axloqiy Husniya» - yaxshi xulqlar ega- si bo'lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ish- ga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma- shosharlik va adolatsizlikka yo'l qo'ymagan. Amir Temur sin- gari jahon ma’naviyati saltanatida o'z o'rinlariga ega bo'lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go'zal xulq haqidagi fikr- lari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi.
Amir Temurning vasiyatlaridan xalqiga cheksiz sodiqligi- ni, millatini ulug'laganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloq­iy madaniyati yuksakligini ko'rish mumkin: «Millatning dardi- ga darmon bo'ling. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsinlarni boylar zul- miga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo'lsin».9
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan yodgorliklar orasida Xorazm vohasi hududida yaratilgan be- baho ma'naviy obida «Avesto» kitobi alohida o'rin tutadi. Ana shunday o'lmas asori-atiqalar bu ko'hna o'lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik beradi. «Avesto»ning tub ma’no-mohiyat- ini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ibrat bo'ladigan axloqiy saboqlar borligini ko'rish mumkin.
Ma'lumki har bir xalqning o'z afsonaviy qahramonlari, pahlavonlari bo'ladi. Shu ma'noda xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib ke- layotgan qahramonlik qo'shig'idir. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini saqlagan, el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi axloqiy faziiatlari o'z ifodasini topgan. Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlari- dan saboq beradi10.
Abdulla Avloniyning «Tbrkiy guliston yoxud axloq» kitobi- ning «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'riso'zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alo- hida e'tibor beriladi.
A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahami- yatberilgan.
«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy.
A.Navoiyning«Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g'oyalari ulug'langan.
Pedagogika fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida tarbi- ya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhi- yatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, Maktabga- cha ta'lim davri bolaning ma’naviy shakllanishida eng muhim bosqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim- tarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlay- di. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shak- li yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabat- larida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan
tarbiyalash vazifasi va amalga oshirish vositalari

Shaxsning muhim ma'naviy sifatlari bo'lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish, vatanparvarlik, vatanga mu- habbat, O'zbekiston gerbi, bayrog'i, madhiyasiga hurmat, in- sonparvarlik, mehnatga munosabat, jamoa bilan birgalikda qilinadigan izlanishlarga munosabat, ongli intizom va boshqa tuyg'ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning asosi hisobla- nadi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi.

Г\

IZ

Bolalarda axloqiy his- tuyg’ular, tasavvurlar va xatti-harakatlami tarbiyalash.

Xulq madaniyati va ijobiy
munosabatlami
tarbiyalash.

( 1

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling