Bozor - bu xaridor bilan sotuvchilar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biri bilan bog'laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi sotish uchun, xaridor narsa sotib olish uchun chiqadi.
Bozordagi sotuvchi va xaridorlar kimlar?
Sotuvchilar - bu tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermalar, termer xo'jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi kishilardir.
Xaridor esa barcha aholi, davlat idoralari va iste molchilar- dir.
Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya'ni oldi-sotdi munosabatlari paydo bo'ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga boshqa narsa sotib olinadi. Ya’ni, bog'bon o'zyetishtirgan ho'l meva mahsulotlarini sotib, o'rniga o'ziga kerakli mahsulot sotib oladi.
Bunda: tovar pulga sotiladt yana boshqa tovar sotib olinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga bozor turlari va asosiy vazifalari haqida ma’lumot beriladi.
Bozorlar mazmuni va ishlatilishiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
Iste’molchilar bozori - bunda iste'mol uchun zarur bo'lgan barcha tovarlar sotiladi;
xizmat ko'rsatish bozori bunda asosan zarur bo'lgan xizmatlar ko'rsatiladi. Bu bozorning rivojlanishi aholining iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilab berish bilan bog'liqdir.
uy-joy bozori - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan bo'lib, asosan uy-joylarni xususiylashtirish va ularni sotib olish bilan bog'liq bo'lgan hujjatlardan tashkil topadi;
innovatsion bozor - ilmiy yangiliklarni texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarini, turli ixtirolarni o'zida jalb etadi;
Shuningdek, mahalliy, milhy, asosiy, qo'shimcha chakana, ulgurchi, mayda-ulgurchi davlatlararo, jahon bozor turlari mavjud.
Xaridor bozordan o'ziga kerakli ehtiyoj narsalarni pulga sotib oladi. Xo'sh, pulning o'zi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |