F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet45/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Naqd pullar - bu aholi qo'lida aniq moddiy shaklidagi qog'oz va tanga pullar bo'lib, u qo'ldan-qo'lga o'tib yuradi.
Bank - bu pul bozorda faoliyat yurituvchi moliyaviy institutdir.
Biroq oldi-sotdi aloqalariga naqd bo'lmagan pullar ham xizmat qiladi. Bu - bankdagi ayrim kishilar, fermerlar yoki davlat tashkilotlari nomiga yozilgan puldir. Aholi naqd pul va bankdagi puldan tashqari plastik kartochkalardan ham foydalanadi. Biroq, ularning o'zini pul deb bo'lmaydi.
Plastik kartochka - pul borligini tasdiqlovchi vositadir. Asl pul kartochkaning o'zi emas, balki bankdagi pul egasi hisob varag'i yozilgan puldir. Pul qanday shaklda bo'lishidan qat'iy nazar kishilar va jamiyatga xizmat qiladi.
Narx - bozor aloqalarining asosiy iqtisodiy vositasi bo'lib, tovar va xizmat birligini sotib olish uchun to'lanadigan pul miqdorini bildiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga narx bozordagi oldi-sotdi aloqalarini ta’minlashi, pul bo'lgandagina bozordan narsa yoki tovar sotib olish mumkinligi, xaridor va sotuvchi o'rtasidagi kelishuv, sotuvchi bozorda o'z narxini taklif qilishi mumkinligi, savdolashuv asosida har ikki tomonga ma’qul narx paydo bo'lishi to'g'risida tushuncha beriladi. Buning uchun "Bozorda" o'yini hamkorlikda o'ynaladi.
Bolalarga xonadon byudjeti oilada jamg'ariladigan* va tejab qolingan pul, ya'ni oila daromadi va oila xarajati kabi tushunchalar berib boriladi.
Xarajat - bu har qanday narxning umumiy asosi bo'ladi, chunki xarajatsiz hech qanday tovar yoki xizmat yaratib bo'lmaydi.
Xarajat narx tarkibiga kiradi, chunki tovarlar sotilgach ular qoplanishi kerak.
Narx hech bo'lmaganda xarajatni qoplashga yetarli bo'lishi kerak.
Masalan, yosh tadbirkor milliy qo'g'irchoqni yasab uni bozorga olib chiqadi, har bir qo'g'irchoqning tannarxi ya’ni tadbirkor sarflagan xarajat taxminan 10.000 so'm, unga bozor narxi 12.000 so'm qilib belgilanadi. Tadbirkorning har bir qo'g'irchoqdan oladigan sof foydasi 2 000 so'm. Talabga qarab, narx-navoni oshirish yoki tushurish mumkin. Bu bolalar bilan o'ynaladigan “Biz bozorga boramiz” o'yinida aks ettiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga tadbirkorlik to'g'risidagi tushuncha berishda, tadbirkorlik mehnat faoliyatining bir turi ekanligt bu g'oyat mas'uliyatli mehnat turi ekanligi tushuntiriladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling