F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet47/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Firma - bu tovar ishlab chiqaruvchi korxona. U nafaqat moddiy tovarlarini, shuningdek xizmatlarni ham yaratadi va qimmat bozorga chiqaradi.
Firma - iqtisodiyotimizning muhim boshlang'ich bo'g'ini bo'ib, unda ishlab chiqarish yuz beradi, ishlab chiqarish omillari harakatga keladi. Rivojlanayotgan tezkor davrda respublika- mizda yashayotgan har bir fuqaro keksa-yu yosh "biznes" degan terminga duch kelmoqda. Xo'sh, biznes so'zini qanday tarzda tashkil etish mumkin?
Biznes so'zi inglizchadan "ladbirkoriik harakati" deb tarjima qilinib, mulkka ega fuqarolarning daromad keltiruvchi faoliyatidir.
Biznes - bu harakat, ish demakdir. Bu oddiy va tekin ish bo'lmasdan, balki kishilar o'rtasidagi ishbilarmonlik munosa- batlari orqali yuzaga keladigan harakatdir.
Biznes - o'z ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.
Biznes uzoq davrni qamrab oluvchi taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. XX asrning o'rtalarida tizim tasnifiga ega bo'ldi.
HBiznes bu ishlab chiqarishni tashki etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, pul ishlab topishdir. Biznes - bu tijorat, savdo, ferma, ishbilarmonlik, epchillik demakdir. Biznes tizimi iqtisodiy tizimning tarkibiy qismi hisoblanib, davlat tomonidan taribga solinadi. Biznes ishi bilan shug'ullanuvchilar biznesmenlar deb ataladi. Yaqin davrlargacha biznesmen degan ishbilarmon kanitalist, har qanday ishdan o'zi uchun daromad qiluvchi o'zini boyitish uchun hech qanday yo'ldan qaytmaydigan kishilar shug'ullanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish natijasida bu kungacha boshqacha tus oldi va biznes deganda bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish va sotishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchilar tushunila boshlandi. XVII asr oxirida "biznesmen" so'zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida paydo bo'lib, u "mulk egasi" ma'nosini bildiradi.
11 Qodirov A., Mamaraimov Q., Tursunov I. Biznes va tadbirkorlik asoslari. Toshkent, 2011.41,90-bet
Biznesmen - bu dadil, muhim va murakkab maqsadiarni ro'yobga chiqarishga jazm etib, yangi g'oyalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan mas’uliyatni o'z zimmasiga olgan, tavakkal ish yurituvchi shaxsdir.
Biznesmen - bu doimo o'z ishining fidoyisi, bilimdon kishidir. U, avvalo, biznes ishini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to'siqlarni hal qilish yo'IIari va qanday yutuqlarga erisha olishni bilishi kerak. U ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotni sota bilish, bozor munosabatlari sharoitida vujudga keladigan sharoitlarni to'g'ri baholay bilishi, to'g'ri yo'l tanlay olishi lozim. Наг bir biznesmen faqat o'z kuchiga, bilimiga ishonishi va suyanishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasi "Tadbirkorlik to'g'risida’Jgi qonunga muvofiq "balog'at yoshiga yetgan bar bir fuqaro o'z mulkiga yoki mulk egasining vakolati asosida qonunga zid bo'lmagan faoliyat turi bilan shug'ullanishi mumkin.”
Biznes faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyati jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan ish bo'lib, u erkin tanlangan faoliyatdir.
Iqtisodiy tushunchalar: moddiy, mehnat, informat- sion resurslar, ishlab chiqarish, tadbirkorlik bozor, biznes, biznesmen, bank, pul, tovar, narx, finna.
Yuqorida ko'rib chiqilgan iqtisodiy tushunchlar negizida vaqt tushunchasi alohida o'rin egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni vaqt tushunchasi bilan tanishtirish asosan matematika mashg'ulotlarida amalga oshiriladi. Kattalar tomonidan ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi yuqori bo'lsa, vaqtning qadri oshadi, chunki vaqt birligida shunchalik ko'p mahsulot va xizmat yarataish shu tufayli ko'proq pul topish imkoniyati yaratiladi. Vaqt - bu pul demakdir, degan shiorning ham ma'nosi mana shunda.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

  1. Iqtisod tushunchasiga ta'rif bering va yoriting

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlarini me’yor- lashtirishda tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni izohlang.

  3. Iqtisodiy tushunchalarga ta'rif bering va misollar keltiring.

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning maqsad va vazifalarini yoriting.

  5. Sharq mutaffakirlarining iqtisodiy tarbiyaga oid falsafiy qarashlarining mohiyatini nimada deb bilamiz?

  6. Iqtisodiy tarbiya qaysi mashg'ulotlar tarkibida o'z aksini topgan? Misollar bilan tushuntirib bering.

  7. Iqtisodiy tarbiyaga oid o'yinlardan misol keltiring va izohlab bering.

  8. Maktabgacha ta’lim tizimida iqtisodiy tarbiya berish jarayonlarini tashkil etishda tarbiyachining vazifasini nimalarda deb bilasiz?

  9. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tushunchalar berish bo'Iimini o'rganib kelish.

  10. "Ilk qadam" tayanch dasturining iqtisodiy tarbiyaga oid bo'Iimlaridan konspekt va guruhlar bo'yicha jadval tuzing.

Mavzu yuzasidan test

  1. Iqtisodiy tushunchalarning ta'rifi qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan?

  1. Moddiy, mehnat, informatsion resurslar, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, bozor, biznes, biznesmen, bank, pul, tovar, narx, firma, plastik kartochka

  2. Mehnat va moddiy resurslar, ishbilarmonlik, Tovar, ta'lim muassasalarini boshqarish, nazorat, baholash

  3. Mamlakatni obodonlashtirishga ketadigan pul xarajatlari, qurilishi, rahbarlik qilish, suhbat, tekshirish, akt tuzish

  4. ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yoshlar ongiga milliy istiqlol g'oyalarini singdirish, oraliq va yakuniy nazoratlar o'tkazish

  1. O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorliking barka- mollik davri qaysi bo'limida to'g'ri aks etgan?

  1. XIX asrning uchinchi choragidan 1917-yilgacha

  2. 1985-1991-yillar

  3. 1918-1985-yillar

  4. 2005-yildan keyingiyillar

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tushunchalar berish qaysi me'yoriy hujjatda berilgan

  1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g‘risida”gi qonuni

  2. O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'limga qo'- yiladigan Davlat talablarida.

  3. O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim to'g'- risidagi nizomida

  4. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to- monidan tomonidan tayyorlangan "Ilk qadam" o'quv dasturida

  1. O'zbekiston Respublikasida milliy pul "ming so'm" ne- chanchi yildan boshlab joriy etilgan to'g'ri javobni belgilang.

  1. 1994-yil 2-iyuldan boshlab;

  2. 1992-yiI 2-iyundan boshlab;

  3. 1997-yil 8-avgustdan boshlab;

  4. 1995-yil 1-sentabrdan boshlab;

  1. O'zbekistonda tadbirkorlik turlarining to'g'ri ta’rifi qaysi bandda berilgan?

  1. Xalqaro tadbirkorlik, davlat tadbirkorligi, jamoaviy- guruhiy, xususiy, o'rta va kichik tadbirkorlik

  2. Xalqaro tadbirkorlik, kapital, eksport, import, marketing, soliqlar, sug'urtalash

  3. Xorijiy tadbirkorlik, xorijiy investitsiyalar, kichik tadbirkorlik

  4. Moddiy va ishlab chiqarish omillari, mehnat predmet va resurslari, mehnat shartnomasi, markaziy va davlat tadbirkorligi


  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling