F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet50/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Huquqiy madaniyat - daviat tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga rioya etishdagi shaxsning xulqi, munosabati tushuniladi. Bir so'z bilan aytganda huquqiy madaniyat ongli ravishda huquqiy me'yorlarga rioya qilish va bo'ysunishdir.
Huquqiy ong - huquqiy madaniyatning ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. Наг bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun me’yorlariga munosabatidan, uiarni qabul qilish xususiyatlaridan, o'rnatilgan qonunni qo'llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. Jamiyat hayotini huquqiy tartib asosida tuzish to'g'risidagi tushunchalar tizimi, ijtimoiy ong shakli - huquqiy ong deyiladi. Ijtimoiy ong o'z navbatida quyidagi guruhlarga bo'linadi:

  • Siyosiy;

  • Axloqiy;

  • Diniy;

  • Huquqiy.

Huquqiy ong - O'zbekiston davlati va uning organlari tomonida qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga rioya etish, ulardan ongli ravishda foydalana olish qobiliyatidir.
Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan va qarori bilan tasdiqlangan: "Ta'lim to'g'risidagi qonun”, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi", O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarori qonunlar hisoblanadi.
Xo'sh qonunning o'zi nima?
Qonun deganda davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan qabul qiiingan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi oliy yuridik kuchga ega normativ huquqiy akt tushuniladi. Qonunning asosiy jihatlari quyidagilar:

  1. Qonun davlathokimiyati yuqori vakillik organi tomonidan chiqariladi;

  2. Qonun yuqori yuridik kuchga ega;

  3. Me'yoriy-huquqiy xarakterga ega;

  4. Unda turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.

  5. QonunJar davr talablarining bajarilishiga qaratiladi.

  6. Qonun xalqning irodasini mujassamla-shtiradi.

Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qo­nunning 4-moddasi fuqarolarning bilim olish huquqiga bag'ishlanib, unda jinsi, tili, yoshi, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chikishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, O'zbekiston hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O'zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega, ular bilim olishda O'zbekiston fuqarolari bilan teng huquqlarga ega deyiladi,
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijobiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ta’minlash, uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirish nazarda tutiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish nafaqat oila va Maktabgacha ta’lim muassasalarida beribgina qolmasdan, balki bunda mahalla, ko'cha-ko'y, qo'ni-qo'shnilar, kattalar, qolaversa, butun jamiyat a’zolari qatnashishi lozimdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, huquqiy tarbiya berish shakilarini quyidagicha ifodalash mumkin:

  1. Huquqiy bilim;

  2. Huquqiy ma'naviyat;

  3. Jamoatchilikbilan olib boriladigan ishlar;

  4. Huquqni himoya qiladigan davlat organlari bilan tanishtirish.

Demak, huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan maxsus tarbiya tizimlaridan tashkil topadi va aniq maqsadni ko'zda tutadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling