F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet48/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

BOB. HUQUQIY TARBIYA

Huquqiy tarbiya haqida tushuncha
Bugungi kunda ijtimoiy adolatni o'rnatish, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatimizning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Har bir davlat o'z fuqarosining har tomonlama o'qimishli, ongli, tarbiyali bo'lishini istaydi. Bunda yosh avlodda huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalariga katta e'tibor qaratadi.
Huquqiy tarbiya - umum tarbiyaning ajralmas qismi bo'lib, barcha fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish borasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy me'yorlarni hurmat qilishga erishiladi.
Huquqiy tarbiya - muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko'zlagan va shaxs (guruhjda huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo'ldir. Huquqiy tarbiya haqida fikr yuritilar ekan, avvalambor, huquq so'zining ma’nosi nima va u nimani anglatishini bilishimiz lozim.
Huquq - jamiyat a'zolari rivojlanishini, jamiyatda tartib o'rnatishni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasidir.
Huquq - ijtimoiy va yuridik mazmunga ega shaxsning xulq-atvori, axloq, urf-odatlar, an'analar nuqtayi nazaridan asoslangan hollarda umum ijtimoiy ma'nodagi huquq tushuniladi. Bunga millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi ham kiradi.
Huquq to'g'risida yuridik hodisa sifatida fikr yuritilganda davlat hokimiy atining qonunlari, hujjatlari, shaxsning erkinligi, xulq-atvor majburiyatlari majmuasini nazarda tutamiz.
Huquqning vujudga kelishi to'g'risida turli xil nazariy va qarashlar mavjud. Insoniyat vujudga kelishi bilan jamiyatda o'zini tutish qoidalari vujudga kela boshlagan. Davlatgacha bo'lgan davrda bu urf-odat, diniy me’yorlar shaklida bo'lib, jamiyat a'zolari bularga rioya qilgan. Jamiyatdagi o'zaro munosabatlarning shakllanishini amalga oshirish yo'lini ko'rsatib beruvchi qoidalar, me’yorlar - huquq deb atala boshlandi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling