Reja: Mexanik ishlov berishda bazalar va bazalash haqida tushuncha. Detal yuzalarining turlari
Download 201.17 Kb. Pdf ko'rish
|
3 курс МСТА 3 маъруза (1)
3-ma‘ruza. Mexanik ishlov berishda zagotovkalarni bazalash asoslari Reja: 1. Mexanik ishlov berishda bazalar va bazalash haqida tushuncha. Detal yuzalarining turlari. 2. Bazalar klassifikatsiyasi. Bazalar birligi va qo‘shilishi tamoyillari. 3. Bazalarni tayyorlash va almashtirish. Texnologik va o‘lchov bazalarini tanlash asoslari. Tayanch sо’zlar: baza, yig’ish bazasi, кonstruktorlik baza, texnologik baza, o‘lchov bazasi, o‘rnatish, olti nuqta, еrkinlik daraja, ochiq baza, yashirin baza, bazalar birligi prinsipi, bazalar doimiyligi prinsipi, bazalar almashuvi, bazalar sinfi. 1. Mexanik ishlov berishda bazalar va bazalash haqida tushuncha. Detal yuzlarining turlari Bu bazalar sinfi ochiq va yashirin bazalarga farqlanadi (3.1-rasm). - Ochiq baza-zagotovkani yoki mahsulotni real yuza, belgilanuvchi chiziq yoki chiziqlar kesishgan nuqtasi kо’rinishidagi bazalarga tushuniladi (3.1-rasm, ochiq baza Ι-yassi sirt). - Yashirin baza-zagotovkaning yoki mahsulotning hayoliy tasavvurimizdagi yuza, о’q, nuqta kо’rinishidagi bazaga tushunamiz (3.1-rasm, yashirin bazalar; ΙΙ va ΙΙΙ- hayolan o‘tkazilgan simmetrik tekisliklar). 3.1-rasm Masalan, 3.1-rasmda: I-ochiq о’rnatuv bazani bildiradi; II-yashirin yо’naltirgich bazani va III-yashirin tayanch bazani bildiradi. 2. Bazalar klassifikatsiyasi. Bazalar birligi va qo‘shilishi tamoyillari Zagotovkalarga aniq ishlov berish uchun texnologik bazalarni tayinlashda shunday yuzalarni qabul qilish kerakki, qaysilar bir vaqtning о’zida detalning ham konstruktorlik, texnologik va ham о’lchov bazasi bо’lib xizmat qilsin va mahsulotlarni yig’ishda ham baza sifatida ishlatilsin, shunda bazalar birligi prinsipiga amal qilgan bо’lamiz, bazalash xatoligi ham nolga teng bо’ladi. Zagotovkalarni ishlashda texnologik, konstruktorlik va о’lchov bazalarni bir yuzadan olish, ishchi chizmada qо’yilgan о’lchamlar bо’yicha konstruktor tomonidan kо’zda tutilgan о’lcham uchun dopusk maydonini hammasini ishlatish bilan amalga oshiriladi. Agarda texnologik baza, konstruktorlik yoki о’lchov baza bilan bir yuzada yotmasa, texnolog, ishchi chizmada konstruktorlik yoki о’lchov bazalardan qо’yilgan о’lchamlarni, bevosita texnologik bazadan qо’yilgan texnologik о’lchamlarini ishlash uchun qulayroq bо’lgan о’lchamlar bilan almashtirishga majbur bо’ladi. Bu holda zagotovkani tegishli о’lchamlik zanjirlarining va konstruktorlik bazadan qо’yilgan dastlabki о’lchamlarini dopusklar maydonlarining uzayishi sodir bо’ladi, texnologik bazani konstruktorlik baza bilan va ishlanuvchi yuzalar bilan bog’lovchi, ya’ni kiritilgan oraliq о’lchamlari orasida taqsimlanadi. Natija oxirida, bu zagotovkalarni ishlashda ushlanuvchi о’lchamlari dopusklariga bо’lgan talabchanlikni oshirishga, ishlov berish jarayonini qimmatlashuviga va uning unumdorligini pasayishiga olib keladi. Aytilganlarni quyidagi misol bilan tasvirlab berish mumkin. Download 201.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling