F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet69/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Tasviriy faoliyat mazmuni yanada murakkablashadi. Inson qiyofasi detallashtirilgan holati, san'at asarlari bilan tanishtiriladi. Bunda predmetli va voqeaband rasm chizish, bezakli rasm, plastilin (loy) bilan ishlash, aplekatsiya, qurish- yasash, qurilish materiallarini konstruksiyalash, qog'ozdan konstruksiyalar hosil qilish, tabiiy materiallardan, qurish- yasash materiallaridan, konstruktorlik detallarni, qurilish materiallaridan konstruksiyalar hosil qilish va badiiy qo'l mehnati o'rgatiladi.
Musiqa mashg'ulotlarida: musiqa tinglash, musiqiy-ritmik harakatlar, qo'shiq aytish, bolalar cholg'u asboblarida chalish, turli harakatli o'yinlar o'rgatiladi.
Shuningdek, Ona Vatan, mashhur sarkardalar, buyuk siymolar, xalq amaliy san'ati, an'anaviy bayramlar, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalari, buyumlar haqida bola o'z tanasining qismlarini o'rganish orqali boshlang'ich sinf ta'limiga tayyorlanadi. Bu bilim va ko'nikmalar bolalarni 1-sinfdagi tegishli o'quv fanlarini egallashlari uchun tayyorgarliklarini tashkil qiladi.
Ko'pchilik psixolog-pedagog olimlarning (A.M.Leushina, D.B.Elkonin, L.E.Jurova, F.R.Qodirova) ta’kidlashicha, maktab- gacha ta’lim muassasasida va maktab ta’limidagi o'qitishdagi bog'liqlik maktabda fanlarni o'qitish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi. Shunday qilib maktabdagi o'qishga aqliy tayyorgarlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning o'zarp bog'langan tarkibiy qismlaridan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof-olam haqidagi anglangan, tizimlashtirilgan tasavvurlar hamda elementar tasavvurlar, nutq va elementar o'quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o'quv materialini egallashga aqliy tayyorgarlikni vujudga keltiradi.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabda o'qishga jismoniy tayyorgarligi

Maktabda o'qishga tayyorgarlik bu - bolani maktabda muvaffaqiyatli o'kishi uchun asosiy negiz hisoblanadi. Maktab- ga borish munosabati bilan bolaning kun tartibi, turmush tarzida jiddiy o'zgarishlarning paydo bo'lishi, darslarning davomiyligi jismoniy zo'r berishni keltirib chiqaradi. Maktabga jismoniy tayyorgarlik quyidagi omillarga bog'liq:

  • Bola salomatligining yaxshi bo'lishi;

  • Bola organizmining chiniqqanligi;

  • Ma’lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati;

  • Kasalliklarga qarshiiik ko'rsata olish xususiyatlariga bog'liq.

Bu bolaning jismoniy va nerv-psixologik uyg'un rivojlanganligi, morfologik va fiziologik rivojlanishining yosh ko'rsatkichlariga muvofiqligi (yoki birmuncha ilgariligi).
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda:

  • Jismoniy mashqlar va jismoniy o'yinlar;

  • Ertalabki badantarbiya mashqlari;

  • Asosiy harakatlar (yugurish, sakrash, tashlash, ilib olish, irg’itish, emaklab yurish, tirmashib chiqish, muvozanatni saqlash) mashqlari;

  • Umumrivojlantiruvchi mashqlar (qo'l va yelka, oyoq, gavda uchun mashqlar, saflanish va qayta saflanish, velosipedda uchish va suzish);

  • Chiniqtirish va sog'lomlashtirish - gigiyenik badantarbiya mashqlari, chiniqtirish, qomatni to'g'ri tutish ko'nikmasini tarbiyalash;

  • Ochiq havodagi sport o'yinlari (sakrab o'ynaladigan, irg'itib, ilib olib o'ynaladigan o'yinlar);

  • Ermak o'yinlar;

  • O'zbekxalq harakatli o'yinlari o'ynaladi.

Shuningdek, gigiyena va o'z-o'ziga hurmat:

  • Uxlash gigiyenasi;

  • Shaxsiy gigiyenasi;

  • Ovqatlanish gigiyenasi;

  • Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni aniqlash va o'z-o'zini hurmat qilish (o'ziga xos gigiyena, shikastlanishni oldini olish).

Maktabga tayyorlashda maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda matorikani rivojlantirish (ushlash, yopish, qirqish, bo'lish), qo'l barmoqlari va qo'llarni ishlatish alohida o'rin egallaydi. Bu bolani maktabda yozuvni muvaffaqiyatli egallashi
uchunzaminhozirlaydi. Jismoniy tayyorgarlikboladamaktabga yetuklikni shakllantirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Maktabgacha yetuklikni aniqlashda bola sog'lig'ining holati va organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik ko'rsatkichlarga: suyak, mushak, nafas olish va yurak-qon tomir tizimining] rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko'p omilli tahlil, fiziologik funksiyalarning rivojlanishi darajasini baholashdan iborat. Bularga:

  • Partada uzoq vaqt o'tirish uchun zarur bo'ladigan tormozlash qobiliyatining rivojlanganligi;

  • Harakatlarini yaxshi boshqara olish (yozish, rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda barmoqlarning mayda harakatlari);

  • Ijobiy va tormozlanishga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash;

  • Ikkinchi signal tizimining yetarlicha rivojlanganligi.

Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'lishi jismoniy norma hisoblanadi.
Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya mashg'ulotlari, xilma-xil harakatli o'yinlar va jismoniy mashqlar faol harakat tartibi bolalarni maktabda o'qishga jismoniy tayyorgarligini ta'minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi.
Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling