F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


BOB. MAKTABGACHA TA'LIMNI REJALASHTIRISH, MOLIYAVIY TA'MINLASH, BOSHQARISH TAMOYILLARI


Download 0.84 Mb.
bet98/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

BOB. MAKTABGACHA TA'LIMNI
REJALASHTIRISH, MOLIYAVIY TA'MINLASH,
BOSHQARISH TAMOYILLARI


Xalq xo'jaligini ilmiy asosda rejalashtirish -
iqtisodiy taraqqiyot asosi

Maktabgacha ta’lim muassasalarini loyihalashtirish, reja­lashtirish ishlari respublika xalq xo'jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi shu asosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi,
O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiril- gan va o'z nomi davlattilidayozilgan muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisobvaraqla- riga ega bo'ladi. Unda maktabgacha ta'lim muassasasi yo'nalishi bo'yicha faoliyat natijalarini aks ettiruvchi va bolalarning o'rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo'Iib xizmat qiladigan nazorat raqamlari, ko'rsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya me'yorlari orqali muassasani saqlab turish va rivojlantirishga ajratilgan mablag'lardan foydalanishda:
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan mol- mulk uning operativ boshqarish huquqida bo'ladi. Muassasa o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi bo'yicha o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag'larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat* maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling