F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
UZLUKSIZ TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi
UZLUKSIZ TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA
RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI Uzluksiz ta’lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: - ta'limning ustuvorligi - mazkur sohani izchil va uzluksiz rivojlantirish, bilim, aql-zakovat va yuksak intellektning nufuzi ustuvor ahamiyatga ega ekani; ta'limning demokratlashuvi - ta'lim-tarbiya texnologiyalari, uslub va tamoyillarini belgilash va qo'llashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat- jamiyat tizimining joriy etilishi; ta'limning insonparvarlashuvi - bola manfaatlari, huquq va erkinliklarini kafolatlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojlantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini, insonning jamiyat va atrof-muhit bilan o’zaro munosabatlari uyg'unligini ta’minlash; ta'limning ijtimoiylashuvi - ta’Iim oluvchilar dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirish, ularda erkin, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini qaror toptirish; ta'limning milliylashuvi - ta'limning tariximiz, milliy an'ana va urf-odatlar bilan uzviy bog'liqligi, O'zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar tarixi va madaniy qadriyatlarini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning eng muhim omili sifatida e'tirof etish; ta'Iim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi - bu jarayonning har tomonlama barkamol insonni shakllantirishga yo'naltirilgani; iqtidorliyoshlarni aniqlash - yoshligidanoq har bir bolaning qobiliyati va qiziqishlarini e'tiborga olib, asta-sekin muayyan sohaga yo'naltirib borish, mukammal bilim olishi uchun zarur shart-sharoit yaratish. Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi Ma'ruza matnini o'qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo'yib chiqing: ft./ В. /В. texnologiyasi В - bilaman В - men uchun yangi ma’lumot В - men bilgan ma'lumotni inkor etadi ? - noaniq (aniqlashtirish talab etiladigan] qo'shimcha ma’lumot. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling