Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovi miqdori va uni to'lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
To'lov banklar orqali tegishli g'aznachilik bo'limlarida ochilgan shaxsiy g'aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o'tkazishyo'li bilan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro'yxatdan o'tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga byudjetdan tashqari qo'shimcha mablag'larning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida zarur moddiy- texnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bo'lgan taqdirda, ta'lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta’lim- tarbiya xizmatlari ko'rsatiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida pullik qo'shimcha ta’lim-tarbiya xizmatlari ko'rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq to'lash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |