F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Rejalashtirishning asosiy bosqichlari bo'yicha Venn diagrammasini to'ldiring
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy rejalashtirish
- Yozgi soglomlashtirish tadbirlarini otkazish uchun sarf qilinadigan xarajatlar
Rejalashtirishning asosiy bosqichlari bo'yicha Venn diagrammasini to'ldiring.
Rejalashtirishning asosiy bosqich va turlari Rejalashtirishda istiqbolli va joriy turiar farqlanadi. Istiqbolli rejalashtirish bu - Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat boshqarmalari, tuman va shahar moliya iqtisod bo'limlari tomonidan uzoq muddatga (5-10 yilga) mo'ljallab tuziladigan re- jalar tushuniladi. Joriy rejalashtirish - har yili amalga oshiriladigan moliyaviy- xo'jalikishlari rejasidir. SMETA - DAVLAT MOLIYAVIY HUJJATI SIFATIDA Smeta maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag'larini aks ettiradigan moliyaviy-me'yoriy hujjatdir. Maktabgacha ta’lim muassasasida yozgi hordiq va sog’lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar, bolalar soni, ularning muassasada qancha vaqt bo'lishi, muassasa xodimlarining necha soat ishlashi va ishning turiga ham alohida e'tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo'yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar», «Ma'muriy va xo'jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajatlari», «Adabiyotlar, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash xarajatlari», «Boshqa xarajatlar». Bolalarni «Ovqatlantirish xarajatlari» moddasi asosida taomnoma tuzish: «Ovqatlantirish xarajatlari» moddasiga bolalarni ovqatlantirishga mo'ljallangan mablag'lar kiritiladi. Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul me'yori va yil davomidagi tushumlar asosida tuziladi. Bunda maktabgacha ta’lim muassasasining turi, ish vaqti e'tiborga olinadi. Ovqatlantirish me'yori Sog'liqni saqlash, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan belgilab beriladi. Ovqatlanishga ajratiladigan mablag' miqdorini aniqlash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha jami bola soniga ko'pay tiriladi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasasi smetasiga barcha xodimlarning ovqatlanishi uchun mablag' ajratish ham ko'zda tutiladi. Bu maktabgacha ta’lim va moliya bo'limlari tomonidan alohida ro'yxat bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar haq to'lash hisobiga maktabgacha ta'lim muassasalarida ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va muassasa qaysi byudjet hisobidan mablag' bilan ta’minlanishi qayd etiladi. Yozgi dam olish va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish sarf-xarajatlari maktabgacha ta’lim muassasasi xarajat smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o'tkaziladigan hollarda ularni amalga oshirish bilan bog'Iiq qo'shimcha xarajatlar uchun alohida smeta tuziladi. Shuningdek, bolalar bog'chalarida ota-onalar mablag'lari hisobga olingan alohida smeta ham tuziladi. Smeta byudjetida qayd etilgan xarajat moddalari Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida tuziladi. Smetada muassasaning kelasi yil uchun hisoblab chiqilgan jami hamda har bir modda bo'yicha xarajatlar miqdori joriy yilga tasdiqlangan xarajatlar summasi smeta qachon tuzilayotgani va o'tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori e'tiborga olingan holda kiritilgan o'zgarishlar bilan taqqoslab keltiriladi. Ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqqoslashda smetani ijro etish jarayonida undan chetga chiqish hollarining yuz bergani va ularning sababini aniqlash asosida kelasi yilgi xarajatlar miqdorini to'g'ri belgilash talab etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalari smeta tuzish ~ vaqtida kelgusi yilgi ish ko'rsatkichlarini (guruhlar va tarbiyalanuvchilar sonining ortishi, bolalarning muassasada bo'lish vaqti va hokazo) belgilashda o'zi bo'ysungan yuqori tashkilotning me'yoriy hujjatlari, buyruq va ko'rsatmalariga amal qiladi. Smetaga kiritilgan xarajatlar smeta blankasiga keltirilgan aniq hisob-kitoblar bilan asoslangan bo'lishi shart. Smetaga hisob-kitoblar bilan birga, maktabgacha ta'lim muassasasi egallab turgan bino haqida umumiy ma'lumotlar (uning hajmi, maydoni, isitish tizimi, elektr, gaz, vodoprovod, kanalizatsiya tarmog'ining mavjudligi], shuningdek, muassasaning ko'lamiga oid ko'rsatkichlar (guruhlar hamda bolalar soni va h.k.) ham aks ettiriladi. Bundan tashqari, smetaga maktabgacha ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, tarbiyachilar, enagalar, hamshiralar va boshqa xodimlarning ikki nusxada tuzilgan tarifikatsiya ro'yxati ilova qilinishi shart. Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan belgilangan muddatda yuqori tashkilotlarga ikki nusxada, zarur hollarda esa uch nusxada taqsim etiladi. Yuqori tashkilot maktabgacha ta'lim muassasasining smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo, smetaning to'g'ri tuzilganini aniqlab, uning to'liq to'ldirilgani, alohida moddalar bo'yicha xarajat summalari aniq hisob-kitob qilingani, binoning hajmi va maydoni to'g'ri ko'rsatilgani, shuningdek, xodimlarning tarifikatsiya ro'yxati ilova qilinganini tekshiradi. Barcha hisob-kitoblar ko'rib chiqilgacn, har bir modda bo'yicha xarajatlar aniqlanadi va byudjet hisobidan aj- ratiladigan xarajatlar unda aniq maqsadlar uchun belgi- langan summaga tenglashtiriladi. So'ng maktabgacha ta'lim muassasasining smeta blankasiga jami xarajatlar (alohida modda bo'yicha va umumiy summaj, shuningdek, byudjet hamda ota-onalar mablag'lari hisobiga ajratiladigan xarajatlar kvartallar bo'yicha tasdiqlangan taqsimotga binoan yozib qo'yiladi. Smeta yuqori tashkilot tomonidan qabul qilingach, maktabgacha ta’lim muassasasi boshqa xarajatlar va ota- onalardan tushadigan mablag'larni har bir kvartal bo'yicha taqsimlab, hisob-kitob qilib qo'yadi. Xarajatlarni taqsimlashda ba’zilarining mavsumiy xarakterda bo'lishi (yoqilg'i tayyorlash, sabzavot jamg'arish, ta’mirlash ishlari va hokazolar] hisobga olinishi lozim. Agarda joriy yilda bolalar sonini ko'paytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, bu bilan bog'liq sarf-xarajatlar (ish haqi, bolalarni ovqatlantirish uchun sarflanadigan qo'shimcha mablag'Iar va h.k.) tegishli kvartallar xarajatlari ko'rsatkichlarida aks ettirilishi kerak. Smetaning bir nusxasi muassasada qoladi, ikkinchi nusxasi yuqori tashkilotga, uchinchi nusxasi esa markazlashgan buxgalteriyaga, qishloq kengashiga, moliya bo'limi va boshqalarga taqdim etiladi. Smeta tasdiqlanish blankasining old tomonidagi maxsus yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarajatlarning jami miqdori, xodimlar ish haqi jamg'armasi, smeta tasdiqdangan sana qayd etiladi. So'ngra smetani tasdiqlagan yuqori tashkilot boshlig'i imzo chekadi va uning imzosiga idora muhri bosiladi. Ta'kidlash joizki, smetani tasdiqlagan tashkilot unga o'zgartish kiritishga haqlidir. Bunday o'zgartishlar yuqori tashkilotning maktabgacha ta'lim muassasasiga yuborgan yozma xati bilan rasmiylashtiriladi. II. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlash. Maktabgacha ta'lim muassasalarining xarajatlar hajmi asosan undagi guruhlar va bolalar soniga, har bir bolanius maktabgacha ta'lim muassasasida qancha vaqt bo'lishiga bog'liq. Bunda bolalarning umumiy soni va ularning har biri muassasada qancha vaqt bo'lishiga oid ko'satkichlar (9-10.5, 12 va 24 soat) maktabgacha ta’lim va yasli guruhlari bo'yicha alohida qayd etiladi. Muassasada sog'lomlashtirish guruhlari mavjud bo'lsa, ulardagi bolalar soni ham alohida ko'rsatilishi lozim. Bu bo'limda guruhlar va bolalarning yil boshi va yil oxiridagi hamda o'rtacha yillik soni ko'rsatiladi. Rejalashtirilayotgan yil boshida maktabgacha ta'lim muassasalarida smeta tuzilayotgan vaqtda haqiqatda mavjud guruhlar miqdori va bolalarning ro'yxatdagi soni keltiriladi. Bu ro'yxatda yuqori tashkilot yo'llanmasi bilan muassasaga qabul qilingan barcha bolalar qayd etiladi. Agar joriy yil smetasida maktabgacha ta'lim muassasasini kengaytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, u holda «Yil boshida» grafasida guruhlar miqdori va bolalar sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar aks ettiriladi. O'zgarishlar bo'lmasa, «Yil oxirida» grafasiga yil boshida keltirilgan ma'lumot yozib qo'yiladi. Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi ma’lumotlar, shuningdek, o'tgan yillar rejasining ijrosini tahlil qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan muassasada qancha vaqt bo'lganiga qarab aniqlanadi. Yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun sarf qilinadigan xarajatlar Yozgi hordiq va sog'lomlashtirish tadbirlari vazirliklar va idoralar tomonidan respublika byudjetida ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan mablag'lar doirasida amalga oshiriladi. Binobarin, bu tadbirlarni o'tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Korxonalar qoshidagi maktabgacha ta'lim muassasalarida yozgi sog'lomlashtirish tadbirlari rag'batlantirish fondi hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda ovqatlantirish me'yorlari ko'paytiriladi, ish vaqti uzaytiriladi, ota-onalardan olinadigan haq miqdori ham oshiriladi. Shu munosabat bnlan, smetada xodimlarning ish haqi, tashkiliy- xo'jalik ishlari, bolalarni ovqatlantirish uchun qo'shimcha xarajatlar ko'zda tutiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling