F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti


Download 0.84 Mb.
bet100/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti:

  • Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol- mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.

  • Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.

  • Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.

  • Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moddiy- texnik jihatdan ta'minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim niuassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xo'jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqishda sohaga oid me’yoriy- huquqiy hujjatlar: qonunlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi o'z huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish, xalq deputatlari mahalliy kengashlari bilan kelishgan holda hal etishlari lozim
Maktabgacha ta’lim muassasalarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejasi hamda byudjet yoki tarmoq moliyaviy me’yorlari Maktabgacha ta’lim, Sog'liqni saqlash, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, boshqa respublika tashkilot va idoralari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarinii^ ilmiy jihatdan asoslangan metodik tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini mablag' bilanta'minlashda hisob birligi sifatidan o’rtacha yillik hisobda bir bola olinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadiganboshqamasalalarni,xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qflish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish borasidagi rejalarini xalq deputatlari mahalliy kengashlari o'zaro kelishgan holda hal etishlari lozim.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling