F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


UZLUKSIZ TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI


Download 0.84 Mb.
bet96/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

UZLUKSIZ TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA
RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI

Uzluksiz ta’lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- ta'limning ustuvorligi - mazkur sohani izchil va uzluksiz rivojlantirish, bilim, aql-zakovat va yuksak intellektning nufuzi ustuvor ahamiyatga ega ekani;
ta'limning demokratlashuvi - ta'lim-tarbiya texnologiyalari, uslub va tamoyillarini belgilash va qo'llashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat- jamiyat tizimining joriy etilishi;
ta'limning insonparvarlashuvi - bola manfaatlari, huquq va erkinliklarini kafolatlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojlantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini, insonning jamiyat va atrof-muhit bilan o’zaro munosabatlari uyg'unligini ta’minlash;
ta'limning ijtimoiylashuvi - ta’Iim oluvchilar dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirish, ularda erkin, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini qaror toptirish;
ta'limning milliylashuvi - ta'limning tariximiz, milliy an'ana va urf-odatlar bilan uzviy bog'liqligi, O'zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar tarixi va madaniy qadriyatlarini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning eng muhim omili sifatida e'tirof etish;
ta'Iim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi - bu jarayonning har tomonlama barkamol insonni shakllantirishga yo'naltirilgani;
iqtidorliyoshlarni aniqlash - yoshligidanoq har bir bolaning qobiliyati va qiziqishlarini e'tiborga olib, asta-sekin muayyan sohaga yo'naltirib borish, mukammal bilim olishi uchun zarur shart-sharoit yaratish.
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi

  1. Ma'ruza matnini o'qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo'yib chiqing:

ft./ В. /В. texnologiyasi
В - bilaman
В - men uchun yangi ma’lumot
В - men bilgan ma'lumotni inkor etadi
? - noaniq (aniqlashtirish talab etiladigan] qo'shimcha ma’lumot.

  1. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.

Mavzu savollari

В

В

В




1. Maktabgacha ta’Iimning mazmun- mohiyati va ta’Iim tizimida tutgan o'rni













2. O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta'Iimning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari













3. Mustaqillikyillarida maktabgacha ta'Iim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo’nalishlari













4. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari.















Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling