F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet104/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Tamoyil - biror bir sohada, jumladan, ta'lim sohasida ilmiy- amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
Boshqarish usuli - boshqaruv subyektining (bizning holatimizda bu - maktabgacha ta'lim boshqaruvi idoralari, muassasa rahbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan holda boshqaruv obyektiga (bizning holati­mizda bu - maktabgacha ta'lim muassasasi, tarbiyalanuvchilar va h.k.) ta'sir etish usul hamda vositalarining majmuyi.
Boshqarishning psixologik uslublari - bu shaxsnihg mustahkam psixologik xislatlari - diqqat, idrok, tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmuyi.
Bu tushunchalar o'zaro bir-birlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, bularning barchasi kishilar o'rtasidagi munosabatlarda kuzatiladi.
Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot- kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqda.
Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo'ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo'lmaydi.
Albatta, rahbar shaxs muayyan sohani, kopcona yoki
tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, yetarli malaka va bilim, rahbarlik salohiyati, ko'plab ma’naviy-axloqiy xislat va fazilatlar sohibi bo'Iishi darkor. sohasi, jumladan,
maktabgacha ta’lim muassasalarini bqshqarish ham bundan istisno emas.
Ushbu muassasalardagi boshqaruv f^oliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va ko'nikmalarni o'zato uyg'un holda qo'llash ta'lim-tarbiya bilan bog'liq masalalarni talab darajasida hai etish, bu jarayonda foydalaniladigan usqi va uslublarni uzluksiz takomillashtirib borish, umuman olganqa, maktabgacha ta'lim- tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shu ma'noda, kadrlar tanlash, tayyOrlash, malakasini oshirish barobarida ularning rahbarlik salohiyati va ma'naviyatini yuksaltirish g'oyat muhii^ ahamiyat kasb etadi.
Munozara texnologiyasi
Munozara qatnashchilariga eslatma:

  1. Munozara - masalani hal etish, yechish usul va uslublarini izlab topishga qaratilmog'i lozim.

  2. Ko'p gapirmasdan, boshqalarning so'zlashiga imkon ber!

  3. Maqsadgaerishishyo'lidahissiyothnngni jilovlab, pishiq- puxta o'ylagan holda so'zla!

  4. Raqiblarning fikr-mulohaza va tlalillarini diqqat bilan tingla!

  5. Raqiblarning fikr-mulohazalariga tanqidiy munosabatda bo'l!

  6. Munozara mavzusi doirasidan chetga chiqmagan holda fikrlaringni bayon et!

Munozarani boshqarish subyektlari
Boshlovchi - munozarani oqilona olib borish, ishtirokchilar tomonidan javoblarning asoslanishi, at:ama va tushunchalar- ning o'rinli qo'llanganini izohlab boradi, ishtirokchilar o'rtasidagi muloqotni, taqdimotlar taqsimotini to'g'ri boshqaradi.
Taqrizchi - tomonlarning ma'ruzalarini yo'nalishlar bo'yicha tahlil etib, masalaning dolzarbligi, aniq qo'yilgani, ilmiy jihatdan asoslanishi, fikr-mulohazalarning mantiqiyligi hamda xulosalarning asosli va to'g'riligini baholab boradi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling