F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Turli tipdagi maktabgacha ta'lim muassasasining tashkiliy tizimini belgilab beruvchi Davlat instruktiv hujjatiari
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat maktabgacha talim muassasasida talim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
Turli tipdagi maktabgacha ta'lim
muassasasining tashkiliy tizimini belgilab beruvchi Davlat instruktiv hujjatiari Maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi15. Quyidagilar: davlat boshqaruvi organlari; mahalliy davlat hokimiyati organlari; davlat korkabinetlari; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasalari o'z ishiningo'ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo'linadi: umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasalari; ixtisolashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo'lgan bolalar uchun); - sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asosratlarga ega bo'lgan bolalar uchun); Maktabgacha ta’lim muassasasi o'z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi ko'rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko'rsatilgan shtampga ega bo'ladi. Maktabgacha ta'Iim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi belgilangan davlat me’yorlariga va maktabgacha ta'Iim muassasasiga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog'lomlashtirishni ta’minlaydi. Maktabgacha ta'Iim muassasalarida ta'Iim mazmuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'Iim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta'Iim muassasasi o'z (muallifiik) dasturidan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Maktabgacha ta'Iim muassasasining ish kun tartibi iva u yerda qancha vaqt bo'lishi Maktabgacha ta’lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi (guruhjning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kecha-yu kunduz faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni o'qitish va tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi. Maktabgacha ta'Iim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'Iim muassasasiga yuklanadi hamda O'zbekiston Respubliksida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish ham, shtatdagi tibbiyot xodimlari ham Maktabgacha ta'Iim muassasalariga biriktirilgan sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta'minlanadi, ular Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya-gigiyena me’yorlariga, ovqatlanish kun tartibi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog'liqni saqlash organiariga yuklanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi uchun tegishli lozim-sharoitlar yaratadi. Maktabgacha ta’lim muassasasining shtatdagi xodimlari sog'liqni saqlash organlarida bepul tibbiy ko'rikdan o'tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan ajratilgan mablag'lar doirasida belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida qayd etilgan o'z maqsadlari va vazifalarini bajarish uchun ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan tuzilgan lozimnomalar asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda asosiy ta'lim dasturlaridan tashqari qo'shimcha pulli ta'lim xizmatlari ko'rsatishga haqlidiriar. Pulli ta'lim xizmatlari muassis tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ta'lim faoliyatini uning doirasida ko'rsatilishi mumkin emas. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a'zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida belgilanadi. Davlatmaktabgachata'limmuassasasivasiylikkengashining faoliyati O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi. Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim muas- sasasi ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta’lim muassasasidabo'lishivaqtini, ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi. Ota-onalar: o'z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash; davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta'lim- tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiiishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qilish; muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'Iishlari mumkin. Ota-onalar quyidagilarga majbur: belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovini o'z vaqtida to'lash; bolalarning to'laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko'nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladL Tegishli pedagogik ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo'lgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo‘1 qo'yilmaydi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi. Xodimlarning vazifalari lavozim yo'riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasida belgilab qo'yiladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega: davlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarishda o'z ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish; o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish. Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish; ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish; bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish; pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma- tini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash; o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomdlashdrish hamda beJgjJangan muddatlarda o'z malakasini oshirib borUh. Pedagog xodimiar qonun hujjatlarjga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling