F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- © "Tafakkur" nashriyoti, 2019 yii. © F. Qodirova, Sh. Toshpolatova, M. Kayumova, M. Azamova, 2019 yii. «IRISH
Mas’ul muharrir:
Z.R.QODIROVA, Xalqaro pedagogika Akademiyasining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor Taqrizchilar: Pedagogika fanlari doktori, professor: Sh. Q. Mardonov Psixologiya fanlari doktori, professor: N. S. Safaev ISBN: 978-9943-24-220-3 etishga ruxsat berildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi "274" - sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr © "Tafakkur" nashriyoti, 2019 yii. © F. Qodirova, Sh. Toshpo'latova, M. Kayumova, M. A'zamova, 2019 yii. «IRISH Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida maktabga- cha ta'lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomil- lashtirish vazifalari belgilab berildi. Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-peda- gogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim aha- miyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ish- larni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu ta- lablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluq- li bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yanada takomillashtirishni taqozo etadi. “Maktabgacha pedagogika" fani bo'yicha tayyorlangan ush- bu darslikda ana shu nazariy-metodologik asoslarga tayanilgan holda asosiy e’tibor - maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari, maktabgacha ta'lim didaktikasi, O'zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari, ta'lim sohasi bo'yicha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy qonun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tar- biyalashning o'ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik alo- qalari, turli xil maktabgacha ta'lim muassasalari ishini tashkil etish, ularga rahbarlik qilish va maktabgacha ta’lim tizimi to- monidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan. Darslikda ilk bor maktabgacha pedagogika fanining vujudga kelish tarixi, maktabgacha ta’lim didaktikasi, Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyati, “Bolalar huquqlari to'g'risida Konvensiya”ni ta’lim-tarbiyaviy jarayonga qo'llashning na- zariy va amaliy jihatlari yoritilganligi ushbu manba nufuzini oshiradi. Shuningdek, mazkur masalalar bo'yicha chet davlatlarda pedagog-psixolog va olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bo'yicha fikr va mulohazalari ham o'rin egallagan. Darslikda ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan tarbiya an’analari va aqidalari, metodi va yo'l-yo'riqlari nazariy jihat- dan tahlil qilingan. "Maktabgacha pedagogika”ning nazariy asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan, Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog'liq hoi- da izchil tadqiq etilishi maktabgacha pedagogika sohasida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlar- ni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqozo etadi. Bu hoi asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy da- rajasini ta'minlashga, uning mazmunini umumiy pedagogika fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va nazariy qoidalar negizida talabalarni kasbiy tayyorlash va mal- akalarini o'zlashtirishga imkon yaratadi. "Maktabgacha pedagogika” fanini o'rganish orqali talabalar tug'ilgandan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni oilada va maktabgacha ta'Iim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlari mazmu- ni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, bolalarning maktabga tayyorgarligining samarali metodlari, maktabgacha ta’Iim tizimi shakllanishining tarixiy jihatlari, maktabgacha ta'Iim muassasalarini tashkil etish va ularga rahbarlik qil- ish tamoyillari, ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va nazorat qilish masalalari haqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Bu masalalarni chuqur va har tomonlama o'rganishda pedagogika fanlari asoslari va umumiy nazariy-metodologik qoidalarga tayanilgan. Maktabgacha pedagogika fanining g'oyaviy-nazariy darajasini ta'minlashga, uning mazmunini pedagogika fani sohasida qo'lga kiritilgan ilmiy-nazariy yutuq- lar xulosalar negizida yoritishga imkon beradi. Ushbu darslikning har bobida tayanch iboralar, nazorat va test savollari, zamonaviy pedagogik texnlogiyalar asosi- da yaratilgan ishlanmalar, ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar ro'yxati taqdim etilgani talabalarning har bir mavzuni chuqur o'zlashtirishi va mustahkamlashga, shuningdek, ularda o‘z us- tida mustaqil ishlash ko'nikmasining hosil bo'lishiga xizmat qiladi. Ushbu darslikni yaratishda mustaqillik yillarida mazkur so- hada faoliyat yuritgan yetuk olim va mutaxassislar tomonidan chop etilgan ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanildi. Darslik maktabgacha ta'lim yo'nalishi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha pedagoglar, maktabgacha ta'lim muassasalari, metodistlari, pedagogika universiteti, institut- lari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo'lib xizmat qiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling