F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Ped agogikaning asosiy tushunchalari
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqitish
- MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOGLIQLIGI
MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI Maktabgacha pedagogika fani jamiyat va insonni o'rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o'rganar ekan, sotsiologiya, anatomi- ya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiya- ning maqsadi va vazifalarini o'rganish metodologiyasini belgi- laydi. Jamiyat to'g'risidagi materialistik falsafa tarbiya masala- siga asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiya- tini ochib berish, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivoj- lanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didak- tik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariya- siga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o'rgatishda pedagogika etikaning axloq to'g'risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo'llarini, metodlarini belgilashda etika fa- niga asoslanadi. Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirish- da axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi. Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabat- larni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, nafo- sat tarbiyasining ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo'lib, u bi- rinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabi- larning rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarga tayanadi. Hozir- gi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolar- ni to'g'ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlari- ni shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta'siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O'sib bo- rayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyat- larining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to'g'risidagi xulosalarni pedagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiq- ishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratish- da yordam beradi. Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois, pedagogika uchun pedagogik psixoiogiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida- gi ma’lumotlar muhimdir. Shunga ko’ra pedagogikaning psi- xologiya fani bilan bog'liqligi an’anaviy tus olgan. Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, av- valo, u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o'rin tutadi. Umumiy pedagogika guruhi - uzluksiz ta'lim jarayonining o'ziga xosligini asoslab beruvchi oila pedagogikasi, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi tarmoqlarga bo'Iingan. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling