F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet94/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Davomat daftari.
Davomat daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan bo'lishi kerak. Kundalik davomat tarbiyachi tomonidan bolalarning soni yozilgandan so'ng tasdiqlanadi, imzolanadi. Davomat har oyda yopiladi.
Filtr daftari.
Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, imzolangan bo'lishi kerak.

Boianing is mi, familiyasi

Haro- rati

Terisi

Ogiz bo‘shlig‘i

Pedi- kulyoz

Ota- onalar bilan suhbat

llova











































Ota-onalar haqida ma’lumot daftari.

Bolaning ismi, sharifi

Tug4ik gan yi!i

Otasining F.l.Sh., ish joyi

Onasining F.l.Sh., ish joyi

Manzili

Telefon
























































Patronaj daftar.
Patronaj daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan,
imzolangan bo'lishi kerak.



Bola- ning ismi, fam i li­
ras’

MTMga oxirgi kelgan kuni

Patronaj

"Й л <Л се

MTMga kelgan kuni

1
, Imzo

3 kunda h-J

Saba- bi

II

III

7 kunda
1 (sababi)

1 14 kunda
1 (sababi)






























































O'z ustida ishlash daftari.
O'z ustida ishlash daftari uch yo'nalishda olib boriladi:

  1. Siyosiy o'qish.

  2. Yangi metodik qo'llanmlar bilan tanishib borish.

V) Ilg'or ish tajribani o'rganish.
Tayanch tushunchalar:
Sayr - bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish.
Ekskursiya - bolalarga ta’lim berish shakli, bolalarni tevarak-atrofdagi hayot to'g'risidagi tasavvurlarini shakllantirish.
Nazorat uchun savollar:

  1. MTMda ta'lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish komil inson tarbiyasida tutgan o'rnini ifodalang.

  2. Mustaqil reja turlaridan birini tayyorlang va tahlil qiling?

  3. Yilliy rejada nimalar aks etadi?

  4. Ertalabki soatlarda qanday ishlar rejalashtiriladi?

  5. Sayr qanday rejalashtiriladi?

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:

  1. MTMda qanday rejalar tuziladi?

  1. yillik reja, istiqbol reja, kalendar reja

  2. yillik reja

v) mujassam reja
g) kompleks reja

  1. Yillik reja qancha muddatga tuziladi, unda nimalar aks etadi?

  1. MTMda o'tkaziladigan barcha ta'Iimiy, tarbiyaviy, moliya- viy, malaka oshirishlar aks etadi

  1. bir yilga mo'ljallanadi, guruhlagi ta'Iimiy ishlar rejalash­tiriladi

v) bir yilga tuziladi, metodik ishlar rejalashtiriladi
g) 6 oyga tuziladi, moddiy ta'minot masalalari rejalashtiri­ladi.

  1. Kalendar tematik reja qancha muddatga tuziladi va unda nimalar aks etadi?

  1. bolalarning ruhiy rivojlanishi - 20 kun

  1. bolalarning jismoniy rivojlanishi - 10 kun

v) kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining mazmuni - 10-12 kun
g] bolalarning ma’naviy rivojlanishi - 3 oy

  1. Kechki sayrda qanday ishlar amalga oshiriladi?

  1. ijodiy, didaktik o'yinlar, tinch harakatli o'yinlar

  2. kuzatish, qo'l mehnati

v) mustaqil tasviriy faoliyatlar, ko'ngil ochishlar
g) hamma javoblar to'g'ri

  1. Running ikkinchi yarmi necha qismdan iborat?

  1. 2 qism - guruhdagi va sayrdagi ishlar

  1. 1 qism - guruhdagi ishlar

v) 4 qism - guruhdagi, sayrdagi, ekskursiyadagi, mashg'ulotlardagi ishlar
g) hamma javoblar to'g'ri.
4-BO'LIM. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARINI
TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH


  1. BOB. Ijtimoiy maktabgacha ta'limni tashkil qilish
    vazifalari va rivojlanishming asosiy bosqichlari


Maktabgacha ta'Iimning mazmun-mohiyati
va ta'lim tizimida tutgan o'rni

Maktabgacha ta'lim - bolalarning individual va yosh xususiyatlarini, qiziqishi, moyilligi, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, bola shaxsining jismoniy, intellektual, ijtimoiy-axloqiy va ruhiy rivojlanishini ta'minlovchi, shuningdek maktabga tayyorlab, hayotga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo'naltirilgan yaxlit jarayondir.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang'ich, bo'g'ini sifatida O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari, ta'lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keying! o'rinlarda bolalar deb ataladi] jismoniy rivojlanish, o'z-o‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o'qish va chet tillarni o'rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta’lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedago- gik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi va vazifalari

  • Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:

  • bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy estetik va jismoniy rivojlantirish;

  • ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;

  • bolalarni maktabgacha ta'lim bilan gamrab olish.

Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:

  • bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;

  • bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg'ularini shakllanti- rish;

  • bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang'ich ta’limni olishga tayyorlash;

  • bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko'rishida, eshitishida] yengil nuqsonlarni korreksiyalashni am alga oshirish;

  • ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo'llanadigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy ma'naviy va intelluktual jihatdan maktabda o'qishga tayyorlashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning barcha bo'g'inlari bilan mustahkam aloqa va uzviy bog'liqlikda olib boriladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega» degan qoida mustahkam- Iab qo'yilgan, 45-moddasida voyaga yetmaganlar davlat himoyasida ekani, 64-moddasida esa «Onalikva bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi», deb qayd etilgan.

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI

O'z nizomida nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilmagani uchun mas'uldir

Ta'Iim dasturining to’liq hajmda bajarilmagani, amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlarining sifati uchun mas'uldir

Ta'Iim jarayonini tashkil etishda qo'llanilayotgan shakllar, metodlar va vositalar holalarning yosh, ruhiy-flzicilogik xususiyatlari, qobi- liyati, layoqati, qizi- qishlari va ehtiyoj- lariga muvofiqligini ta'minlashga mas’uldir

Muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim jarayonida hayoti va sog’ligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi


Maktabgacha ta’lim muassasasi ana shu huquqiy asoslarga tayangan holda oila va jamiyatning bolalarga g'amxo'rlik qilish, milliy va mintaqaviy xususiyatlarni e'tiborga olib, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.
Ijtimoiy maktabgacha ta'Iim bu davlat tomonidan tashkil etiladigan muassasa bo'lib, unda maktabgacha ta’ lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya beriladi.
Maktabgacha ta'Iim uzluksiz ta'Iim tizimining boshlang'ich bo'g'inisifatidaO'zbekiston Respublikasining «Ta'Iim to'g'risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'Iim sogTom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'Iim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta'Iim bola 6~7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'Iim muassasalarida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy maktabgacha ta'lim bu - davlat tomonidan tashkil etiladigan muassasa bo’lib, unda maktab- gacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi.
Maktabgacha ta'limning ustuvor vazifalari
Maktabgacha ta'lim bolaningsog'lom, hartomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta'limni rivojlantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur:

  • yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tay- yorlash;

  • maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;

  • bolalarni oilada tarbiyalashning tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy zamonaviy o'quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqdar va o'yinlar yaratish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;

  • bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

  • maktabgacha ta'lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo'yicha malakali maslahat ko'rsatish imkoniyatini yaratish;

  • maktabgacha ta'lim va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'Uab-quvvatlash va rivojlantirish texnolo- giyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling