F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Mashg'ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roll va uni o'tkazishga tayyorgarligi


Download 0.84 Mb.
bet31/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Mashg'ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roll va uni o'tkazishga tayyorgarligi. Tarbiyachi MTMda asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g'oyaviy-tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bi- lish darajasi tarbiyachining g'oyaviy-siyosiy va ilmiy-pe- dagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo'lgan ijodiy munosabatiga bog'liq.
Bolaning o'quv faoliyatiga bo'lgan munosabati ko'proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.

  • Tarbiyachining o'ziga xos xususiyati - uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi - bolaning ruhiyati- ni, yosh va o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlari- ni bilishdir.

  • Bolalar bog'chasi dasturi bolalarning yoshini, jis- moniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzil- gani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyat- ning qay vaqtda va qanday namoyon bo'lishini oldin- dan ko'ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlan- gan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.

  • Tarbiyachi o'z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoli- yati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uc- hun yaxshi shart-sharoityaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o'ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan hob da undagi o'ziga xos xususiyatlarni (zararli bo'lsa) yo'qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo'yadi.

  • Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo'lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoni- yatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha ta'lim yo- shi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta'siri ju- da katta bo'ladi. Chunki, bu davrdagi har bir taas- surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.

Bolani tushuna bilish va uning ma’naviy dunyosiga ki- ra olish tarbiyachidan zo'r kasb tayyorgarligini talab eta- di. Bola bilan jonli munosabatda bo'lish - fikrlar manbayi, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib bo'lmaydi.
Mashg'ulotda tarbiyachi o'z ovozidan qurol sifatida foy- dalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq ta'sir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga qattiqroq va qat'iy gapirish mumkin, ammo bunda so'z ohangi bolaga tinchlantiruvchi ta'sir etishi lozim.
Tarbiyachi asosan bolaning normal ruhiy taraqqiyoti asosi bo'lgan jismoniy rivojlanishiga alohida e'tibor beri- shi lozim.
Bolaning ko'p vaqt harakatsiz o'tirishi uning sog'lig'i uchun juda zararli, u bolaning har tomonlama rivojlanishi- ni sekinlashtiradi.
Bolaning ko'p harakatlarni o'tirib bajarishi ham gavda tuzilishining noto'g'ri o'sishiga olib keladi. Shuning uchun faoliyat turlarini almashtirib borish maqsadga muvofiq- dir.
Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch, quvnoq muhitni tashkil etish lozim. Bolani: «Tezroq yuvi- ninglar - nonushtaga kech qolyapmiz», «O'yinchoqni tez­roq yig'ishtiringlar, sayrga yoki mashg'ulotga kech qol­yapmiz» va hokazo deb shoshiltirish kerak emas.
Ta’lim berganda uni shunday tashkil etish kerakki, har bir bola faol ishlasin va har biri ijobiy natijaga erishsin.
Bolalarning mashg'ulotda olgan bilim va malaka- lari boshqa faoliyat turlarida qo'llanilishi mumkin. Bo- lalar olgan bilimlarini qo'llay olishlari ularning yaxshi o'zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya'ni ular hech qanday qiyinchiliksiz bu bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ta'limning amaliy ahamiyati ham ana shundan iboratdir.
Agar bolalar yetarlicha bilim va malakalarga ega bo'lsa, ular bilan xilma-xil mashg'ulotlar o'tkazish mumkin, bu mashg'ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan ijodiy foy- danishlari: bemalol rasm chizishlari, biror narsani qur- ish yoki yasashlari, hikoya qilib berishlari mumkin. Bu mashg'ulotlar odatdagi mashg'ulotlardan boshqacharoq qilib tashkil etiladi: bolalar ixtiyoriga har xil material- lar beriladi va ularga rasm mavzusini o'zi belgilash, qu- rilishni o'zi o'ylab topish, hikoya tuzish imkoniyati yara- tiladi. Bunday mashg'ulotlar dasturning ayrim bo'limlari bo'yicha ta'limning yakunlovchi bosqichlarida o'tkaziladi.
Bolalar olgan bilimlaridan o'z o'yinlarida keng foydala- nadilar: rasm chizish, qirqib olish, qurish-yasash soha- sidagi malakalarni qo'llab zarur jihozlarni tayyorlaydilar, inshootlar barpo etadilar va hokazo. Olingan bilimlar turli xil o'yinlarning mazmunida aks ettiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi
Hissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida aha- miyatga ega. Fikrlash va nutq yetakchi o'rin tutadigan manti- qiy bilish hissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hi- soblanadi.
Tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asosla- nadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to'laligi sensor ja- rayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tar- biya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan hoida rivoj- lantirishdir. '"Sensor” so'zi lotincha "sensus" - "tuyg'u", "sezgi”, "idrok", "sezish qobiliyati" ma’nolarini anglatadi. Borliqni bi­lish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.
Inson ko'rish, sezish va hokazolar yordamida tevarak - atrofdagi narsa va hodisalar to'g'risida bilimga ega bo'ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayon- lari hosil bo'ladi.
Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo'lsa, insonning tevarak- atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo'ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivoj­lanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.
Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.
Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlanti- rish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o'rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta'sir sistemasidir.
Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg'a su- ruvchi usullar majmuyi bo'lib, ma'nan yetuk, mustaqil fikrlov- chi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Shi- fokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan Maktabgacha ta’lim metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida- gi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-ona- lar o'z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg'ularini uyg'ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odam- larga, balki o'z ota-onasiga ham hissiz bo'lib qoladilar. Monte­sori metodikasi bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sen­sor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak:

  1. Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish.

  2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to'liq shakllan- magan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunk! diqqat, intellekt va iroda to'liq rivojlanmagan bo'ladi.

  3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo'lish.

  4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so'z boyliklari- ni oshirish.

  5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o'z-o'ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlan­tirish.

Yuqorida ko'rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullari- ni tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa, aqliy faoliyatni ri- vojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sensor tarbiyaning vazifasi va mazmuni
Sensor tarbiyaning maqsadi Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o'stirishdan iborat.
Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi ye- tarli bo'lib qolmay balki ular buyumlarni chuqurroq idrok eti- shi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo'lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbi- yachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e'tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo'yishda ularning og'irligini his qi- lish, buyumni qo'lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini - is- siq yoki sovuqligini ana shunga o'xshashlarini aniqlashi kerak.
Bolalarning yoshi ulg'ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoit- larningo'zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo'yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar tarelkalarning kat- ta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlar- ning og'irligini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuqroqligi- ni, plastmassa buyumlarning yengilligini his qiladilar. Stollar- ni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo'yish boshqa harakat sezgilarini uyg'otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlar va hokazolarni idrok qilishni talab etadi.
Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi:

  • Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish.

  • Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabati to'g'risidagi umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shakl­lantirish.

Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qil- ingan namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, no- talarda ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shunday etalonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og'zaki ifodalanishi bilan tanish bo'lsa, uning te- varak-atrofni bilishi oson bo'ladi, u o'zi uchragan buyumlarni ma'lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini ay- tib beradi.
Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasi- ni shakllantirish.
Sensor tarbiyaninng mazmuni o'z ichiga tevarak-atrofda- gi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadir.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga o'rgatiladi, ularda rang tuslari ha- qida, bo'yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tus- lar paydo bo'lishi to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi, shuning- dek ular (nutqning tovush tomonlarini, so'zning tovush tu- zilishini tahlil qilish qobiliyatini] va musiqa tinglash o'quvini rivojlantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning sifati- ni paypaslab, ko'rib farqlash va ularni to'g'ri aytish (silliq, ma­yin, dag'al, yumshoq, og'ir, yengil, sovuq, issiq va boshqalar) ko'nikmalarni rivojlantirish ham sensor tarbiya vazifalaridn biridir.
Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda vaqt tushunchasini o'zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va davomliligini anglaydilar. Dastlab bolaning "kecha” "bugun", "ertaga" tushunchalarini nisbiyligini, vaqtning davomliligini (bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo'ladi. Bunga tajribaning to'planib borishi va biror maqsadga qaratil- gan ta'lim natijasida erishiladi.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalar­ning hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mum- kin.
Sensor tarbiya usuli
Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgi- na qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olish- ga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizish- dan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o'rgatiladi, suratlarni ko'zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini ko'rish qobiliyati rivojlanadi.
MTMda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o'simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish top- shiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib, bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo'lish tufay- li gul, toshlarning nomini osongina va bajonudil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini sil- liqligi va mayinligiga qarab topadilar.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar "oldinga”, "orqaga” "tepada - pastda", "uzoq-yaqin” "chapda-o'ngda" kabi fazoviy tasavvurlarni o'zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o'lchamining farqiga yetadilar, ularni o'zaro taqqoslaydilar.
Bolalar tabiat bilan tobora ko'proq aloqada bo'lishlari tufay- li taassurotlari, eshitib ta'sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, sham- olningguvillashi, yomg'irning shatir-shuturi va momaqaldiroq- ning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o'rgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir. Tekshirish - buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo'lib, uning natijalaridan keyinchalik ma'lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayoni- da bolalar katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatish va farqlashga o'rganadilar.
Mashg'ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol o'ynaydi. Holbuki shu mashg'ulotlarda bo­lalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni tarbiyalashga jonli rah- barlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiklab qarash, ba'zi tovushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganla- ridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil bo'ladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalar- ni narsa va hodisalarni idrok qilishga o'rgatib, ular qiladigan ishlarning ma'nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagi- na ular ancha tushungan holda idrok qiladilar va biror maqsad- ga qaratilgan bo'ladi: axir, daraxt shoxlari yaxshilab ko'zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo'ladi.
Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko'rishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi.
Masalan, qog'oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi bolalarga qog'oz va gazlamani g'ijimlaganda ni­ma bo'lishini eshitib ko'rishni, qog'oz va bir parcha gazlamani yirtib ko'rishni, qog'oz va gazlamadan qilingan qo'g'irchoq ko'ylagini suvda yuvishni taklif etadi.
To'plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisa- larga ko'chiradilar, undan kundalik hayotlarida foydalanadi- lar: "Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo'ladi, biz undan tunnel quramiz”, "Bu chelakni ko'tarma, unda qum bor, u juda og'ir".
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta’rifini aniqlash, ularni ma’lum bir xossalarga ko'ra taqqoslash uchun didaktik o'yin va qo'llanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bo­lalar bilan olib boriladigan xilma-xil mashg'ulotlar, mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo'shimcha material hisoblanadi.
Tayanch tushunchalar:

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling