F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet34/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Axloqiy tarbiya
vazifalari
L_.


Bolalarda axloqiy his- tuyg’ulami tarbiyalash.

\

T --

Xulqdagi salbiy sifatlami В barham toptirish. H

< . .■ . . - ‘ -л..' 'Ч





Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni ba- jaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar beradi. Axloqiy tasav­vurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e’tiqodni yuksaltirish- ga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni:
Bolalarni o'zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilish- lari va boyitishlariga yordam beradi;
Shaxsni o'zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi.
Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma'ruzalar, kecha- lar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bi- lan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda ta'lim berish orqali amalga oshiriladi.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabi- yoti, musiqa, o'yin materiallari, ommaviy axborot vositalari - oynayi jahon, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiya- siga katta ta'sir ko'rsatadi.
Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar to- monidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ong- li ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, ke- yinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, must’aqil faoli­yatlar orqali amalga oshiriladi.
Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari (tamoyillari)
va metodlari

Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • g'oyaviy va tarbiya ishining ma'lum maqsadga qaratilgan- Hgi;

  • ta'lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;

  • axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib bo- rish;

  • bolalarning faolligi;

  • oila va MTMlarining tarbiyaviy ta'sirining birligi;

  • bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;

  • bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko'zda tutish.

Axloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan qo'shib amaga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga sama- rali ta’sir etadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling