F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Axloqiy tarbiya metodlari
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoa - shaxs axloqiy kamolotining asosi
- Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy sifatlarni tarbiyalash
- Bolalar jamoasi shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar
- Tayanch tushunchalar
Axloqiy tarbiya metodlari. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari - bolalarning axloqiy tasavvurvabilimlarni egallab olishga qa- ratilgan faoliyat usulidir.
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o'rgatiladi. Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bn guruh metodlariga qo'yiladigan asosiy talablar: Bolalarning yaxshilik, yomonlik to'g'risidagi tasavvurlarini e'tiborga olish; axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qi- lish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o'zlarini faol qatnashtirish; harbirbolaninghis-tuyg'usiga ehtiyotlikbi- lan munosabatda bo'lish. Bolani noo'rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nis- batan e'tiborsizlik qilish qat'iyan man qilinadi. Hamma metod- lardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi. Jamoa - shaxs axloqiy kamolotining asosi Jamoa so'zi lotincha «kollektivus» so'zining tarjimasi bo'lib, omnia, birlashma, yig'ilma, guruh ma’nolarini anglatadi. Aniq- roq aytiladigan bo'lsa, jamoa bu kishilardan iborat guruh de- makdir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi ahami- yati to'g'risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridanoq bildirilgan. Kishilarning jamiyatda birga yashashi, o'zaro bir-birini qo'llab-quvvatlashi, ozchilikdan-ko'pchilikning afzalligi haqi- da Payg'ambarimiz s.a.v.ning hadislarida: «Ikki kishi bir kishi- dan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to'rt kishi uch kishi- dan yaxshi, ko'pchilik bilan birga bo'linglar. Tangri ummat- larini faqat to'g'ri yo'lda borishlikka birlashtiradi», deyilgan. Kishilarning boshiga yaxshi kun ham, yomon kun ham tush- ganda, albatta, mahalla, qarindosh-urug' madadkor bo'ladi. Buni biz urf-odatlarimizda ko'rishimiz mumkin. M: hasharlar, to'yga to'yona bilan kelish va hokazo. Shaxsni shakllantirishning muhim omillari bo'lgan jamoa to'g'risidagi ta'limot axloq tarbiyasida muhim o'rinni egallay- di. Buning uchun bolalarni asta-sekin, avval bir necha kichik- kichik guruhlarda uyushtirib, so'ng birgalikda biron ishni ba- jarishga tortish kerak. Bunda qo'yilgan maqsad bolalarga tu- shunarli bo'lishi kerak. Umumiy ish har bola ozgina bo'lsa ham ishtirok etadigan qilib tashkil etilishi lozim. Bunday xususi- yatlarni tarbiyalashda san'at, bolalar bayramlari, birgalikdagi mehnat va faoliyatlarning tutgan o'rni kattadir. Bolalar o'yinlari va mehnatining jamoa tusida bo'lishi alo- hida ahamiyatga ega. Bular bolalarni birga harakat qilishga, o'z intilishlarini umumiy maqsadga yo'naltirishga, o'z ishini va maqsadini boshqarish ishi va harakatiga bo'ysungan holda boshqarishga o'rgatadi. Bola yoshlikdan boshlab, o'zida boshqalar bilan, bolalar ja- moasi bilan muloqotda, birgalikda bo'lishga ehtiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani o'zi tanlay olmaydi. U biron ja- moaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. Yashab turgan joy- dagi yoki ota-onasini ish joyidagi maktabgacha ta'lim muas- sasalariga qatnay boshlaydi. Bu muassasalarga bola o'z xohi- shi bilan bormaydi. Shunga qaramay bola bu jamoaning qonun- qoidalariga bo'ysunishi, uning tartiblariga rioya qilishi shart. Aks holda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o'zi yashayot- gan axloq, odob tajribalarini egallashga majbur bo'ladi. Shu- riing uchun buyuk mutafakkir A.Navoiy bola yoshligidan oqil va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning suhbatlaridan bahramand bo'lishlarini tavsiya etadi. Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ich- ki jihatlariga katta ahamiyat bergan. U jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko'rsatgan edi: Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyor- Hgi; O'z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun g'ururlanish asosida o'z qadr-qimmatini anglash; Uning a'zolari o'rtasidagi do'stona birlik; Jamoaning har bir a'zosidagi do'stona birlik; Tartibli, ishchan harakatga yo'llovchi faollik; O'z hissiyot va so'zlarini boshqara olish ko'nikmasi. Bolalar o'zaro yashayotgan jamoaga bo'lgan munosabatiga qarab bir necha guruhga bo'linadi. Birinchi guruh ijobiy xulq- li bolalar bo'lib, ularni jamoa a'zolari hurmat qiladilar. Bu toi- fadagi bolalar jamoasining faollari bo'lib, tarbiyachi jamoa mu- nosabatlarini o'rnatishda ularga suyanadi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollartashabbusiga qo'shiladi, ammo barqaror bo'lishadi. Uchinchi guruhdagilar tortinchoq bo'lib, o'yinda qatnash- maydi, mashg'ulotlarida ham sust bo'lishadi, bunday bolalarga alohida e'tibor va yordam berish zarur. Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy sifatlarni tarbiyalash Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoi- dalari orasida insonparvarlik muhim o'rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va qoidalarini o'rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o'rgatib bo- rish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e'tiborga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi bo'l deganingiz bi- lan yaxshi bo'lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomon- likni to'g'ri tahlil qilish hayotiy tajribasi yetishmaydi. Bu yosh- da bolalar yaxshi ishlar qilishga o'rgatiladi: yiqilib tushgan bo- lani turg'azib qo'yishga yordam berish, uning ustki kiyimlar- ini qoqib qo'yish, yupatish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o'yinchog'ini o'rtog'iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko'rsatish, eng muhimi boshqalarga ko'rsatilgan xizmatdan xursand bo'lishga o'rgatish. Kamtarlik, to'g'rilik, halollik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash. Bu xususiyatlar sog'lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Kamtarlik har bir kishining eng muhim va olijanob fazilat- laridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab, bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo'qotib borish zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar o'zlarini boshqa bolalar- dan ustun qo'yishga urinadilar, ba’zan ota-onalarining kas- bi bilan ham maqtanadilar. Bunday holatda bolalarning ota- onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurli- gi va muhimligi to'g'risida aniq misoliar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bo- lalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o'rtog'iga o'rgatish kerakligini, o'z-o'zini maqtash yarashmas- ligini tushuntiradi. Sofdillik va rostgo'ylikni tarbiyalash yolg'onchilik va vijdon- sizlik paydo bo'lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog'liqdir. Ba'zi bolalar o'zlari to'qigan, kattalardan eshitgan ertaklari- ni tushlarida ko'rgandek qilib ko'rsatishga urinadilar. Bunday holda ham urushmasdan «Ertak» to'qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak. Shunday qilib, bolalardagi xarakterning ijobiy namunalari- ni, ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda axloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib boril- sa, ijobiy natijalarga erishish mumkin. Vatanparvarlikni tarbiyalash. Vatanparvarlik ijtimoiy, tar- ixiy va axloqiy his-tuyg'ular sifatida odamning ijtimoiy taraq- qiyoti davomida paydo bo'ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida vatanparvarlik faqat o'z urug'doshlariga, ona yeriga, urf-odatlari- ga bog'liq his bo'lgan bo'lsa, sinflar paydo bo'lishi bilan vatanparvarlik g'oyalari chuqurlashib, ijtimoiy hayotning tobora ko'proq sohalariga chuqurroq kirib bordi. Davrlar o'tishi bilan bu tuyg'u buyuk qudratga aylandi. Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Vatanga muhabbat - eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg'unlashib ket- gan. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalar tomonidan oolalarning ruhiy taraqqiyotini va ular ta- lakkurining aniq va obrazliligini e’tiborga olgan holda ma'lum izchillik bilan tarbiyalanib boriladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda vatanga muhabbat hissi ularga yaqin va tanish bo'lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi. Baynalminal tarbiya. Bizning respublikamiz o'z mohiyati bi- Ian baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bo- lalarda baynalminalchilik, xalqlar do'stligi hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga egadir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosa- bat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsa- di yotadi. Bunday his-tuyg'ularni rivojlantirish asosan taqlid qilish orqali mukammallashib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga baynalminalchilik his-tuyg'ulari asosini shakllanti- rishda qardosh jumhuriyatlarda yashaydigan har bir millat va- killari bilan uchrashuvlar o'tkazish; maxsus mashg'ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san'ati, tabiati to'g'risidagi adabiyotlarni o'qib berish, suhbat o'tkazish, rasmlar ko'rsatish, filmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to'g'risidagi hikoyalarni o'qib berish foydali bo'ladi. Bolalar jamoasi shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart-sha? roitlar zarur. MTM xodimlarining ahil jamoasi mavjud bo'lishi; Bolalar hayotini to'g'ri tashkil etish; O'yinchoqlarning bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi; Bolalarda o'zaro ahillik, g'amxo'rlik, jamoatchilik, insoni- ylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg'ulotlar; Har xil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish; Oila bilan mustahkam aloqa o'rnatish; Bolalarni axloq normalari va qoidalarga o'rgatib borish; Bolalar muassasalarida ijobiy xayrixohlik muhitini yara- tish. Har bir yosh guruh bolalarining jamoatchilik munosabatlar- iga rahbarlik qilish «МТМ ta’lim tarbiya dasturi» da belgilab berilgan. Dasturda har bir yosh guruhi uchun jamoadagi axloq normalari va qoidalari belgilangan. Bolalar jamoasini shakllantirishda an'analar muhim aha- miyat kasb etadi. Jamoa an'analari - bu barqarorlashgan odat bo'lib, ularni jamoa a’zolari birdek qo'llab-quvvatlaydilar. Jamoa a'zolari mazmunida munosabatlar xususiyati hamda ja- moaning ijtimoiy fikri ifodalanadi. Jamoa an'analari shartli ravishda ikkiga bo'linadi. Bular, a) kundalik faoliyat an'analari, b) bayram an'analari. Kundalik faoliyat an’analari bolalarning faoliyatlari (mashg'ulotlar, sayr, mehnat, o’yinjni o'z ichiga oladi. Bayram an'analariga turli voqea-hodisalar bilan bog'liq sanalarni nishonlash: «Navro'z» bayrami, «Mustaqillik bayrami», «Hosil» bayrami va boshqalar kiradi. An'anaviy bayramlar MTMlarda turlicha o'tkaziladi. Bolalar an'analar mohiyatini anglasalar, uning ta'sir kuchi yuqori bo'ladi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi bo'lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan, umumiy maqsadni amalga oshi- rishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etadi; jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo'ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayondir; jamoani shakllantirish o'ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan ta- lablarning qo‘y ilishi jamoa faolini tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir. Jamoaning mustahkam bo'lishi a'zolari o'rtasida o'zaro hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim aha- miyat kasb etadi. Tayanch tushunchalar: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling